Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi Mundarija


Iqtisodiyotni tartibga solishda turli xil nazariya va qarashlar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,71 Mb.
#230924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi

1.1.Iqtisodiyotni tartibga solishda turli xil nazariya va qarashlar 

Milliy  iqtisodiyotning  samaradorligi  ko„p  omilli  ko„rsatkich  bo„lib,  bunda  uning 

erishilgan darajasi ko„p jihatdan iqtisodiyotda davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga 

bog„liq.  Chunki  ancha  yuqori  samaradorlikka,  birinchidan,  bozorning  tartibga  solish 

usullari  orqali;  ikkinchidan,  iqtisodiyotni  faqatgina  yagona  markazdan  markazlashgan 

boshqarish yo„li bilan; uchinchidan, iqtisodiyotga davlatning aralashuvini bozor usullari 

bilan uyg„unlashtirish orqali erishiladi. 

Kishilik  jamiyatining  ilk  davrlaridanoq  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi 

muammosi  paydo  bo„lgan.  Tovar  ishlab  chiqarishining  rivojlanishi  va  pulning  paydo 

bo„lishi sudxo„rlik kapitalini vujudga keltirgan. Sudxo„rlik o„zining yuqori foizlari bilan 

tovar ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilib, davlatni qashshoqlashishiga olib kelgan. 

Bu o„z navbatida davlatning o„zini va soliq to„lovchilarni himoya qilishga majbur etgan. 

Qadimgi  Bobilda  qabul  qilingan  Eshnunn  va  Xammurapi  qonunlari  bunga  misol  bo„la 

oladi.  Buyuk  jug„rofiy  kashfiyotlar  davrida  G„arbiy  Yevropa  mamla-  katlarining 

mustamlakalarni  bosib  olish  siyosati  ham  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini  taqozo 

qilgan.  Chunki  bunda,  birinchidan,  mustamlaka  aholisini  itoatda  ushlab  turish; 

ikkinchidan,  mustam-  lakalarni  boshqa  davlatlardan  himoya  qilish  zarurati  paydo 

bo„lgan

1



XX  asr  boshlarida,  ko„plab  mamlakatlar  birinchi  jahon  urushining  ishtirokchilari 

bo„lganligi  sababli,  davlat  iqtisodiyotni  boshqarish  bo„yicha  bir  qator  vazifalarni  o„z 

zimmasiga  olgan.  U  resurslar  va  ishchi  kuchini  taqsimlagan,  yirik  monopolistlarga 

mamlakat  uchun  zarur  bo„lgan  ko„plab  zaruriy  tovarlarni  ishlab  chiqarish  bo„yicha 

buyurtmalar bergan. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929-1933-yil- lardagi 

jahon iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan. U iqti- sodiyotga ta'sir ko„rsatishning har 

xil usullarini qo„llab, siklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan. Iqtisodiy tafakkur 

tarixidan  birinchi  marta  davlatning  iqtisodiyotdagi  roli  masalasi  A.Smit  tomonidan 

ilmiy asosda ko„rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq 

qilish haqida" (1776-yil) nomli kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o„z-o„zini 

tartibga  solish  zarurligi  ta'kidlab  o„tilgan.  A.Smitning  fikricha  xususiy  tovar  ishlab 

                                                           

1

 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: «O„zbekiston», 2017, 335-b 




 

chiqaruvchilar  bozori  davlat  nazoratidan  to„liq  ozod  bo„lishi  zarur.  Ana  shundagina 



ishlab  chiqaruvchilar  iste'molchilar  talabiga  mos  ravishda  ishlab  chiqarishni  tashkil 

qilish imkoniga ega bo„ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan 

aralashishsiz  ishlab  chiqaruvchilarni  butun  jamiyat  manfaatlari  uchun  harakat  qilishga 

rag„batlantiradi.  A.Smit  davlatning iqtisodiy  jarayonlariga  har  qanday  aralashuvi oxir-

oqibatda  faqat  vaziyatni  yomonlashtiradi  deb  hisoblaydi.  Masalan,  davlat  tomonidan 

belgilangan  tashqi  savdo  tartib  -  qoidalari  milliy  iste'molchilarga  faqat  zarar  keltirishi 

mumkin.  Haqiqatan  ham  importga  boj  to„lovi  milliy  ishlab  chiqaruvchilarga  ustunlik 

berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo 

bu  oxir-oqibatda  ishlab  chiqarishning  ancha  yuqori  xarajatlari  va  mahsulotning  past 

sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib 

olishga  majbur  bo„lgan  milliy  iste'molchilar  yutqazadi

2

.  A.Smitning  "Tinch  qo„yish" 



nazariyasi,  1923-1933-yillarda  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  deyarli  barcha 

mamlakatlarni  qamrab  olgan  iqtisodiy  inqiroz  davrida  tanqidga  uchradi.  Iqtisodiy 

tanazzul  va  ommaviy  ishsizlik  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga  aralashuvini 

kuchaytirishni  taqozo  qilishini  ko„rsatdi.  Davlatning  iqtisodiyotdagi  rolini  oshirish 

masalasi Dj.M.Keyns- ning «Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» 

nomli  kitobida  o„z  aksini  topdi  (1936).  U  davlat  fiskal  va  kreditli  tartibga  solish 

vositalaridan  foydalanib,  jamiyatning  yalpi  talabini  rag„batlantirishni  va  aholining  ish 

bilan  bandligini  ta'minlashi  zarurligini  isbotlaydi.  Urushdan  keyingi  davrda  Keyns 

nazariyasidagi  ko„rsatmalar  u  yoki  bu  darajada  bozor  iqtisodi  amalda  ustun  bo„lgan 

barcha  mamlakatlarda  foydalaniladi.  Shu  bilan  birga  davlatning  iqtisodiyot-  dagi 

rolining yanada ko„proq oshib borish holati ro„y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan 

tartibga  solishning  muhim  maqsadi  sifatida  nafaqat  siklga  qarshi  tartibga  solish  va  ish 

bilan bandlilikni ta'minlash, balki iqtisodiy o„sishning yuqori darajasini va yaxlit ishlab 

chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag„batlantirish tan olinadi. 

XX  asrning  70-yillariga  kelib,  iqtisodiy  qarashlarning  mone-  tarizm  va  uning 

«reygonomika», «tetcherizm» kabi ko„rinishlarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 

                                                           

2

 Alimov B., Shodiyev M., Rasulov T., «Sharqona bozor fazi- latlari». -T.: «Universitet», 2016,326-b 



 


 

cheklash g„oyasi ilgari surildi. Lekin bozorning o„z-o„zini boshqarishdagi kamchiliklari 



natijasida  2008-yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  bu  muammoga 

boshqacha ko„z bilan qarashga majbur qildi. Angliyaning London shahrida 2008-yilning 

2  aprelida  bo„lib  o„tgan  jahonning  eng  rivojlangan  20  ta  mamlakati  rahbarlarining 

sammitida  bir  ovozdan  davlat  iqtisodiyotga  aralashuvi  zarur  degan  fikr  o„z  tasdig„ini 

topdi.  Davlat  iqtisodiy  munosabatlar  ishtirokchisi  hisoblanadi  va  ayni  vaqtda  bozor 

tizimi  faoliyat  qilishiga  ta'sir  ko„rsatadi.  Bozor  iqtisodiyotida  bu  davlatning  iqtisodiy 

vazifalarida ifodalanadi

3

. Bular quyidagilar: 



bozor  iqtisodiyoti  me'yorida  faoliyat  qilish  uchun  huquqiy  asosni  vujudga 

keltirish va takomillashtirish; 

raqobatni himoya qilish; 



daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash

resurslarni qayta taqsimlash; 



iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ya'ni  inflatsiya  va  bandlik  darajasi  ustidan 

nazorat qilish hamda iqtisodiy o„sishni rag„batlan- tirish; 

tashqi samarani tartibga solish. 



Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishning shart- sharoiti hisoblangan 

huquqiy  asosni  ta'minlash  vazifalarini  o„z  zimmasiga  oladi.  Bozor  iqtisodiyoti  uchun 

zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqozo qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy 

mavqeini berish; xususiy mulkchilik huquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini 

kafolatlash;  korxonalar,  resurslarni  yetkazib  beruvchilar  va  iste'molchilar  o„rtasidagi 

munosabatlarni  tartibga  soluvchi  qonuniy  bitimlarni  ishlab  chiqish  va  shu  kabilar. 

O„zbekiston  Respublikasining  korxo-  nalar,  tadbirkorlik  va  aksionerlik  jamiyatlar 

to„g„risidagi qonunlari hamda ularga kiritilgan qo„shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat 

                                                           

3

 Vahabov  A.V. Bozor  munosabatlariga o„tish bosqichidagi ko„p ukladli iqtisodiyot va uning takroran hosil bo„lishi.  -T.: 



«Moliya», 2015,356-b 

 



 

tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  bo„yicha  tadbirlari  bozor  iqtisodiyoti  uchun 



zaruriy,  huquqiy  asosni  ta'minlashga  qaratilgan.  Davlat  tomonidan  ijtimoiy  muhitni 

ta'minlash  o„z  ichiga  ichki  tartibni  saqlash  mahsulot  sifati  va  og„irligini  o„lchashga 

andozalar  belgilash, tovarlar  va xizmatlar ayriboshlashini  yengillashtirish  uchun  milliy 

pul  tizimini  muomalaga  kiritish  kabilarni  oladi.  Monopoliya  raqobatning  o„rnini 

almashtirganda,  sotuvchilar  bozorga  ta'sir  ko„rsatishi  yoki  undagi  narxlarni  o„z 

manfaatlarini  ko„zlab  o„zgartirishi  mumkin.  Monopoliyalar  o„zlarining  takliflari 

umumiy  hajmini  tartibga  solish  layoqatidan  foydalanib,  mahsulot  hajmini  sun'iy 

cheklash  orqali  ularga  ancha  yuqori  narx belgilash  va  shu  orqali  ancha barqaror  foyda 

olishi  mumkin.  Bozor  munosabatlari  rivojlangan  sharoitda  monopoliyalar  ustidan  ikki 

usulda nazorat o„rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar “raqobatli 

bozor”  mavjud  bo„lish  imkoniyatini  yo„qqa  chiqaradigan  tabiiy  monopoliyalar  deb 

nomlanadigan  tarmoqlarda  davlat  narxlarini  tartibga  soladi  va  ko„rsatiladigan 

xizmatlarga andozalarni o„rnatadi. Transport, aloqa, elektr quvvati, ishlab chiqarish va 

boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma'lum darajada shunday tartibga solinadi. 

Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko„pchilik bozorlarda raqobat rivojining 

juda yuqori darajasida ta'minlanishi sababli davlat raqo- batini kuchaytirish va himoya 

qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi

4

.  



Bozor  tizimi  kishilarning  tabiiy  qobiliyati,  orttirgan  bilimi  va  malakasi  hamda 

mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta'minlaydi. Shu bilan 

birga  jamiyatning  moddiy  vositalarga  ega  bo„lmagan,  bilim  va  malaka  darajasi  past, 

layoqati  ham  yuqori  bo„lmagan  a'zolari,  qariyalar,  nogironlar,  ishsizlar,  yolg„iz  va 

qaramog„ida  bolalari  bo„lgan  ayollar  juda  kam  daromad  oladi  yoki  bozor  tizimi 

doirasida  ishsizlar  kabi  umuman  daromadga  ega  bo„lmaydi.  Qisqasi,  bozor  tizimi  pul 

daromadlarini  va  milliy  mahsulotni  jamiyat  a'zolari  o„rtasida  taqsimlashda  birmuncha 

tengsizliklarni  keltirib  chiqaradi.  Shu  sababli,  davlat  o„z  zimmasiga  daromadlar 

tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o„z 

                                                           

4

 Qobilov Sh.R. O„zbekiston demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish 



yo„lida. O„quv qo„llanma. -T.: “O„qituvchi” 2014,258-b 

 



 

ifodasini topadi. 



Birinchidan,  transfert  to„lovlari  orqasi  muhtojlarni,  nogironlarni  va  birovning 

qaramog„ida  bo„lganlarni  nafaqalar  hamda  ishsizlarni  ishsizlik  nafaqalari  bilan 

ta'minlaydi.  Ijtimoiy  ta'minot  dasturlari  orqali  pensionerlar  va  qariyalarga  moliyaviy 

yordam ko„rsatiladi. Bu barcha dasturlar davlat budjeti mablag„larini, jamiyatning kam 

daromad  olgan  yoki  umuman  daromadga  ega  bo„lmagan  a'zolari  hisobiga  qayta 

taqsimlaydi. 

Ikkinchidan, davlat bozorini tartibga solish yo„li bilan, ya'ni talab va taklif ta'sirida 

o„rnatiladigan  narxlarni  o„zgartirish  yo„li  bilan  ham  daromadlarning  taqsimlanishiga 

ta'sir ko„rsatadi. Me'yoridagi  oziq-ovqat  tovarlariga  o„rnatiladigan  imtiyozli  narxlar 

va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining 

ma' lum 

qatlami daromadlarini oshirishga  qaratilgan  tadbirlarining  yana  bir 

misolidir. Davlat  jamiyat  a'zolari  o„rtasida  daromadlarni  qayta  taqsimlashda  soliq 

tizimidan  ham  keng  foydalanadi  (soliq  imtiyozlari  orqali).  Bozor  mexanizmi-  ning 

resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqat- sizligi ikki holatda ko„ - rinadi, ya' ni raqobatli 

bozor tizimi: 

 1) ma'lum tovarlar va xizmatlarning kam miqdorini ishlab chiqaradi;  

2) ishlab chiqarishi o„zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslarning har 

qanday  turini  ajratish  holatida  bo„lmaydi.  Resurslarning  qayta  taqsimlanishi  tovarlarni 

ishlab chiqarish yoki iste'- mol qilish bilan bog„liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, 

ya'ni  bevosita  xaridor  yoki  sotuvchi  hisob-  lanmaganlar  tomonga  “joyini  o„zgartirsa” 

vujudga  keladi.  Bu  qo„shimcha  samara  deb  ataladi,  chunki  u  bozor  qatnashchisi 

hisoblanmaganlar hissasiga to„g„ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof-

muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o„zining sanoat 

chiqitlarini  ko„l  yoki  daryoga  oqizsa,  bu  cho„miluvchilar,  baliqchilar  va  atrofdagi 

aholiga zarar keltiradi

5



Ishlab chiqaruvchi esa muhofaza inshoot va uskunalar o„rnat- maganligi hisobiga 



ishlab  chiqarish  xarajatlarining  ancha  past  darajasini  ta'minlaydi.  Davlat  resurslarining 

                                                           

5

 Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. - T.: «Mehnat», 2014,267-b 



 


 

nomutanosib  taqsim-  lanishi  vujudga  keltiradigan  bu  holatlarni  tartibga  solish  uchun 



qonunchilik  tadbirlarini  qo„llaydi  yoki  maxsus  soliq  va  jarimalardan  foydalanadi.  

Masalan,  atrof-muhit  va  suv  havzalarining  ifloslanishini  taqiqlovchi  yoki  cheklovchi 

qonunlar,  ishlab  chiqaruvchilarni  o„zlarining  sanoat  chiqitlarini  ishlab  chiqarish 

jarayonida  ifloslan-  gan  suvni  tozalovchi  qurilmalar  sotib  olish  va  o„rnatish  bilan 

yo„qotishga  majbur  qiladi.  Boshqa  holda  davlat  maxsus  soliqlarni  kiritish  yordamida, 

atrof-  muhitni  ifloslantiruvchi  korxonalarga  boshqalarga  keltirishi  mumkin  bo„lgan 

zararni  yuklashga  harakat  qiladi.  Davlat  bir  qator  yo„llar  bilan  resurslarning 

nomutanosib taqsimlanishi  keltirib  chiqaradigan oqibatlarni  yumshatishga ham  harakat 

qiladi. 

Birinchidan,  iste'molchilarning  aniq  tovar  va  xizmatlarni  xarid  qilish  qobiliyatini 

oshirish  yo„li  bilan  ularning  talabi  kengaytirildi.  Masalan,  bizning  Respublikamizda 

islohotlarning  dastlabki  davrida  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo„lgan  talabni  oshiradi  va 

shu orqali resurslarning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qiladi. 

Ikkinchidan,  davlat  taklifini  oshirish  maqsadida  ishlab  chiqarishni  subsidiyalashi 

mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi va mahsulotlarni 

ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligi bartaraf qilinadi. 

Uchinchidan,  davlat  ayrim  tovarlar  va  ijtimoiy  ne'matlarni  ishlab  chiqaruvchisi 

sifatida  chiqadi.  Bunday  tarmoqlar  davlat  mulk-  chiligiga  asoslanadi  va  davlat 

tomonidan  bevosita  boshqariladi  yoki  ularni  moliyalashtirishni  davlat  o„z  zimmasiga 

oladi


6

Bular  fan,  ta'lim,  sog„  liqni  saqlash,  milliy  mudofaa,  favqulodda  ro„  y  beradigan 



tabiiy  hodisalarga  qarshi  kurash,  ichki  tartibni  saqlash  shular  jumlasidandir.  Davlat 

budjet mablag„lari hisobiga resurslarni xususiy sohada qo„llanilishdan bo„shatadi hamda 

ularni  ijtimoiy  ne'mat  va  xizmatlar  ishlab  chiqarishga  yo„naltirish  mumkin.  Shunday 

qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o„zgarishlarni amalga oshirish 

maqsadida  resurslarni  qayta  taqsimlaydi.  Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ya'ni 

iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta'minlash, to„liq bandlik va narxlarning 

                                                           

6

 Qarshiyev R.Q., Kamilova N.A. Iqtisodiyot nazariyasi. Uslubiy qo‟llanma.-C.: SamISI,2014,412-b 



 


10 

 

barqaror  darajasiga  erishishda  yordam  berish  hamda  iqtisodiy  o„sishni  rag„batlantirish 



davlatning  eng  muhim  vazifasi  hisoblanadi.  Iqtisodiyotda  to„liq  bandlikni  ta'minlash 

uchun  umumiy  sarflar,  ya'ni  xususiy  va  davlat  sarflarining  hajmi  yetarli  bo„lmasa, 

davlat  bir  tomondan  ijtimoiy  ne'matlar  va  xizmatlarga  o„z  xarajatlarini  ko„  paytiradi, 

boshqa  tomondan  xususiy  sektorning  sarflarini  rag„  batlantirish  maqsadida  soliqlarni 

qisqartiradi.  Agar  jami  sarflar  to„liq  bandlik  sharoitida  taklif  hajmidan  oshib  ketsa,  bu 

narxlar darajasining ko„tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha darajasi 

inflatsion  xususiyat  kasb  etadi.  Bunday  holda  davlat  soliqlarni  oshirish  orqali  xususiy 

sektor  sarflarini  qisqartirish  va  shu  yo„l  bilan  ortiqcha  sarflarni  tugatishga  harakat 

qiladi.  Iqtisodiyotda  ishsizlik  mavjud  bo„lganda  davlat  sarflarining  ko„payishi  jami 

sarflar,  ishlab  chiqarish  hajmi  va  bandlilikning  o„sishiga  olib  keladi.  O„z  navbatida, 

soliqlarning  qis-  qarishi  yoki  transfert  to„lovlarining  ko„payishi  daromadlarni 

ko„paytiradi.  Bu  daromadlar  shaxsiy  sarflarning  o„sishini  rag„batlantirishga  xizmat 

qiladi.  Davlat  o„z  ishlab  chiqarishini  moliyalashtirishdan  tashqari  ijtimoiy  sug„urta  va 

ijtimoiy  ta'minotning  bir  qator  dasturlarini  amalga  oshiradi, iqtisodiyotning  xususiy  va 

kooperativ  sektorida  daromadlarni  qayta  taqsimlaydi.  Davlat  tartibga  soluvchi 

xususiyatga  ega  bo„lgan  bir  qator  vaziyatlarni  ham  amalga  oshiradi.  Bularga  atrof-

muhitni himoya qilish, aholi sog„lig„ini saqlash, bo„sh ishchi o„rinlariga ega bo„lishning 

teng sharoitini ta'minlash va ma'lum sohalarda narx belgilash amaliyoti ustidan nazorat 

qilish  va  shu  kabilarni  kiritish  mumkin.  Tashqi  samara  ijobiy  yoki  salbiy  bo„lishi 

mumkin.  Bozor  iqtisodiyoti  nafaqat  ijobiy,  balki  salbiy  naflilikka  ega  bo„lgan 

ne'matlarni  ham  ishlab  chiqaradi.  Ulardan  foydalanish  yoki  iste'mol  qilish  atrof-muhit 

ifloslanishiga  olib  keladi  yoki  kishilar  sog„ligiga  zarar  yetkazadi.  Ijtimoiy  tavsifdagi 

ne'matlar  ham  borki,  ular  faqat  davlat  tomonidan  ishlab  chiqarilib,  butun  jamiyat 

a'zolari yoki alohida kishilar guruhi bahramand bo„lishi taqozo qilinadi. 

Davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  ikki  yo„nalishda  kechadi.  Birinchidan, 

iqtisodiyotning  davlat  sektorini  tashkil  etuvchi  korxona  va  tashkilotlar  milliy 

iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida tovar va xizmatlar yaratib bozor munosabatlarida 



11 

 

ishtirok  etadi



7

.  Ikkinchidan,  davlat  umumiy  manfaatlarini  ifodalovchi  kuch  sifatida 

milliy  iqtisodiyotni  tartiblashda  ishtirok  etadi.  Respublikamizda  yaqin  istiqbolda  ham: 

“iqtisodiyotda  davlat  ishtirokini  kamaytirish,  xususiy  mulkning  huquqlarini  himoya 

qilish  va  uning  istiqbolli  rolini  yanada  kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  rivojlanishining  rag„batlantirishga  qaratilgan  institutsional  va  tarkibiy 

islohotlarni davom ettirish” nazarda tutiladi. Bunda quyidagilarga ustuvorlik beriladi: 

davlat  mulkini  xususiylashtirish  tartib-tamoyillarni  yanada  kengaytirish  va 

soddalashtirish; 

xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning  ustav  jamg„armalarida  davlat  ishtirokini 

kamaytirish; 

davlat mulkini xususiylashtirilgan obyektlarning bazasida xusu- siy tadbirkorlikni 

rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; 

korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish

davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish; 

nodavlat,  jamoat  tashkilotlar  va  o„zini-o„zi  boshqarish  organ-  larining  rolini 

oshirish. 

Davlatning  turli  muassasalari  iste'molchi  sifatida  bozordan  resurslar  va  iste'mol 

tovarlarni  sotib  olganda  xaridor  sifatida  bozor  aloqalarida  ishtirok  etadi.  Davlat 

korxonalari bozorga o„z tovar va xizmatlarini taklif etadi va bozordagi resurslarga talab 

bildiradi.  Har  ikki  holatda  davlat  bozor  iqtisodiyotining  subyekti  vazifasini  o„taydi. 

Biroq  davlat  bozorga  nisbatan  tashqi  kuch  sifatida  ham  maydonga  chiqib,  butun 

iqtisodiyotni  tartiblashda  ishtirok  etadi  va  bunda  butun  jamiyat  nomidan  ish  ko„radi. 

Davlat korxonalari va uy xo„jaliklari o„rtasidagi iqtisodiy aloqalarni hamda tovarlar va 

resurslar  bozorini  tartibga  soladi.  Davlatning  oilalarga  beradigan  turli  transferlari 

ularning  xarid  qobiliyatini  oshiradi,  bu  esa  o„z  navbatida  talabni  shu  orqali  bozorni 

kengaytiradi.  Davlat  sektori  korxonalarida  yaratilgan  tovar  va  xiz-  matlar  taklifini 

oshiradi.  Davlat  sektori  butun  jamiyat  uchun  zarur  bo„lgan  xususiy  korxonalar  ishlab 

chiqarilmaydigan tovar va xizmatlarni yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori ishlab 

                                                           

7

 Qobilov Sh.R. Mustaqillik g„oyibdan kelgan emas. O„quv qo„llanma. -T.: “O„qituvchi”, 2015,376-b 



 


12 

 

chiqarish infratuzilmasi, yoqilg„i-energetika, transport, yo„l va suv xo„jaligi, aloqa kabi 



soha-  larni  qamrab  oladi. Ularning  xizmatlari  milliy  iqtisodiyotning  rivoji uchun  zarur 

bo„lganligi sababli shu sohalar xarajatini qoplashni davlat o„z zimmasiga olib, iqtisodiy 

o„sishga  turtki  beradi.  Davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  bozor  mexanizmining  amal 

qilishiga  xalaqit  qilmasligi,  aksincha  bunga  sharoit  yaratib,  zarur  bo„lganda  bu 

mexanizmni to„ldirib turishi ham talab qilinadi. 

Hozirgi  zamon  bozor  iqtisodiyotini  tartiblashda  bozor  va  davlat  mexanizmi 

birgalikda amal qiladi

8

. Biroq ularning nisbati iqtiso- diyotdagi vaziyatdan kelib chiqib, 



turlicha  bo„lishi  mumkin.  Masalan,  Italiya,  Yaponiya,  Avstriya,  Fransiya,  Shvetsiyada 

davlatning  roli  kuchli  bo„lsa,  AQSH  va  Germaniyada  bozor  mexanizmi  ustuvorlikka 

ega.  Davlatning  tartibga  solish  rolini  iqtisodiyot  rivojining  umumiy  holati  ham 

belgilaydi.  Iqtisodiyot  barqaror  o„sayotgan  va  bozor  mexanizmi  samarali  ishlab 

turganidan  davlat  iqtisodiyotga  kamroq  aralashadi.  Aksincha,  iqtisodiyot  inqirozli 

holatda bo„lganda davlat uning oqibatlarini yumshatishga qarata aralashuvi faollashadi. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish