Vazirlik – o`ziga tegishli tarmoqning xo`jalik tizimida boshqarishning eng oliy
bo`g`ini hisoblanadi. U tarmoqning ahvoli, rivojlantirish istiqbollari, fan-texnika
taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi, mahsulotning sifati va
uning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo`lgan talabni qondirish
uchun mas`uldir. Vazirlikka O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlangan vazir rahbarlik qiladi.
Davlat qo`mitalari – vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat
qilish va muvofiqlashtirish yo`li bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga
mo`ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir. Kontsern – ishlab chiqarishning
diversifikatsiyasi (o`zgarishi, xilma-xilligining ko`payishi) asosida tarkib topadigan
ko`p tarmoqli korporatsiyadir.
Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli
korxona va muassasalar ixtiyoriylik asosida kiradi.
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlik jamiyatlari va trestlar birlashmasidir.
Korporatsiyalarning negizi bo`lib aktsionerlik jamiyatlari hisoblanadi. Ular muayyan
mahsulotlarning
asosiy
ishlab
chiqaruvchilarini
birlashtiradi.
Korporatsiyalar
sarmoyalar kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga
turtki bo`ladi, mahsulotning raqobatbardoshligi va hayotiy tsiklini uzoq davom etishini
ta`minlaydi.
Konsortsium - aniq vazifalarni, ya`ni fan-texnika, qurilish, tabiatni muhofaza qilish
bo`yicha va boshqa yirik dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan
birlashmadir. U mustaqil firmalarning vaqtinchalik ittifoqi yoki moliyaviy
muammolarni hamkorlikda hal qilish maqsadida tuzilgan banklararo va sanoat
korxonalariaro bitim ko`rinishida bo`lishi mumkin. Konsortsium ko`pincha aviatsiya,
kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta sarmoyali sohalar
34
bo`yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so`ng konsortsium o`z faoliyatini
to`xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi.
Assotsiatsiya – korxonalarning paychilik asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir.
U bir yoki bir necha ishlab chiqarish-xo`jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish
maqsadida korxonalarning shartnoma asosida birlashishi natijasida tashkil topadi.
Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan hududda joylashgan va turdosh kasbga i
xtisoslashgan k orxonalar kiradi.
Xolding kompaniyasi – bu, eng avvalo, moliyaviy jamg`arma bo`lib, korxonalarni
emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi
aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketi kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi.
Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va
dividentlar ko`rinishida foyda olishdir. Har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiyotning
birlamchi va asosiy bo`g`ini korxona va firmalar hisoblanadi. Shuning uchun
iqtisodiyotni boshqarish deganda, eng avval shu korxona va firmalar faoliyatini
boshqarish tushuniladi. Bozor munosabatlari sharoitida boshqarish tushunchasi xo`jalik
sub`ektlari faoliyatini faqat yuqori tashkilot va organlar tomonidan tartibga solishni
qamrab olmaydi.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi bozordagi talab va taklif asosida ularning
o`zini-o`zi boshqarishidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, korxona va firmalar
boshqaruv tizimida shunchaki ijrochigina emas, balki shu tizimning faol ishtirokchisi s
ifatida m aydonga chiqadi.
Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan xo`jalik sub`ekti bo`lib, o`ziga tegishli
mulk asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar b ajaradi, x izmat
ko`rsatadi.
Firma - korxonadan farqli o`laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi
turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi
yoki davlat muassasasi uchun ham, savdo-vositachilik faoliyati uchun ham, sayyohlik
va boshqa tashkilotlarga nisbatan ham qo`llash mumkin.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |