Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


II–BOB. Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.04.2022
Hajmi1,09 Mb.
#576645
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Koranavirus pandemiyasi va global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish va inqirozga qarshi chora tadbirlar.

II–BOB. Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy 

tizimda yuzaga kelgan o’zgarishlar 

2.1.Dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyatga qaramasdan, 2020-yil 

O’zbekistonning ko’p tomonlama diplomatiyasi 

Dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyatga qaramasdan, 2020 yil 

O‘zbekistonning ko‘p tomonlama diplomatiyasi uchun samarali bo‘ldi 

TOSHKЕNT, 18 yanvar. /«Dunyo» AA/. Yangi O‘zbekistonning ochiqlik, 

pragmatizm va puxta o‘ylanganligi bilan ajralib turadigan tashqi siyosati dunyoning 

barcha mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan 

do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan. 
10 
Toshkentning bunday konstruktiv yondashuvi 2020 yilda jahon hamjamiyatining 
11 
diqqat markazida bo‘ldi. 
12 
Ko‘p tomonlama diplomatiyaning global markazi hisoblangan Jeneva shahrida 
13 
eng ko‘p, ya’ni 40 ga yaqin yetakchi ixtisoslashgan xalqaro tashkilot, shuningdek 250 
14 
ga yaqin nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) joylashgan. Ularning faoliyat doirasi 
15 
inson huquqlari, gumanitar soha, sog‘liqni saqlash, savdo, atrof-muhit muhofazasi va 
16 
barqaror rivojlanish, statistika, ta’lim, qurolsizlanish va ommaviy qirg‘in qurolini 
17 
tarqatmaslik, telekommunikatsiya, mehnat munosabatlari, intellektual mulk va 
18 
boshqa keng ko‘lamli masalalar o‘rin olgan. 
19 
«Dunyo» axborot agentligi muxbiri O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT 
20 
bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov bilan 
21 
2020 yil davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar 
22 
Jenevada joylashgan xalqaro tashkilotlarda qanday qabul qilingani haqida 
23 
suhbatlashdi. 
24 
– Ulug‘bek Xidirovich, butun dunyo uchun COVID-19 pandemiyasi va uning salbiy 
25 
ta’siri sababli murakkab bo‘lgan 2020 yilda O‘zbekiston xalqaro hamkorlikni 
26 
rivojlantirish borasida erishgan yutuqlari haqida o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan 
27 
o‘rtoqlashsangiz. 
28 
– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
29 
ta’kidlaganidek, dunyoda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar va global 
30 
iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimiz ochiq va pragmatik tashqi siyosat 
31 
yuritishda faol davom etdi. Amalga oshirilgan qat’iy sa’y-harakatlar natijasida 
32 
mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib bormoqda. 
33 
Murakkab epidemiologik vaziyat xalqaro munosabatlar jarayoniga ta’sir 
34 
ko‘rsatganiga qaramasdan, o‘tgan yil O‘zbekistonning ko‘p qirrali diplomatiyasi, 
35 
jumladan mamlakatimizning Jenevadagi missiyasi faoliyati uchun juda muhim va
36 
37 
29 
38 


samarali bo‘ldi. 

O‘tgan yil oktabr oyida O‘zbekiston o‘z tarixida ilk marotaba Birlashgan 

Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK) ga saylanganini 

alohida ta’kidlashni istardim. IHK BMTning inson huquqlari masalalari bo‘yicha eng 

nufuzli tuzilmasi bo‘lib, uning tarkibida 47 ta davlat vakillari faoliyat yuritadi. 

E’tiborlisi, saylov jarayonida O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasi 

mamlakatlari orasida eng ko‘p ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining bunday nufuzli tuzilmasi 

faoliyatidagi ishtiroki, avvalo, mamlakatimizning inson huquq va erkinliklarini 

targ‘ib etish, ularni himoya qilish bo‘yicha xalqaro va milliy tizimlarni 
10 
mustahkamlashga sodiqligini keng namoyish etish imkonini bermoqda. 
11 
Joriy yil respublikamiz mazkur tuzilma faoliyatida faol qatnashib, davlatimiz 
12 
rahbarining xalqaro tashabbuslari, jumladan, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi 
13 
konvensiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha taklifini ilgari suradi. 
14 
– Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish O‘zbekistonning BMT 
15 
ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorligi kun tartibidagi dolzarb masalalardan 
16 
biridir. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) respublikaning bu yo‘nalishdagi salmoqli 
17 
taraqqiyotini e’tirof etdi. XMT va BMTning boshqa tuzilmalari bilan munosabatlarni 
18 
rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar haqida so‘zlab bersangiz. 
19 
– O‘zbekistonda mehnat va bandlik sohasidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha 
20 
mislsiz choralar ko‘rilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev respublikamizda bolalar 
21 
mehnati va majburiy mehnatni bartaraf etishda erishilgan yutuqlarning e’tirofi o‘laroq 
22 
XMT Bosh direktori Gay Rayder tomonidan mehnat sohasida COVID-19ga qarshi 
23 
kurashishga bag‘ishlangan Global virtual sammitda qatnashish uchun shaxsan taklif 
24 
qilindi. 
25 
Davlatimiz rahbari aynan ushbu anjumandagi qutlov nutqida ilk bor BMT 
26 
shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi 
27 
xalqaro kodeksni ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur taklifning 
28 
dolzarbligi sammit ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi va to‘liq qo‘llab-
29 
quvvatlandi. 
30 
XMT rahbari Gay Rayder O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi 
31 
kengashining 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan VIII qurultoyiga murojaatida 
32 
o‘zaro hamkorlikning bugungi darajasi, shuningdek, respublikamiz tomonidan 
33 
bandlikni ta’minlash va majburiy mehnatni bartaraf etish borasida amalga 
34 
oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. 
35 
2021 yil respublikamizni mehnat munosabatlarini tartibga solishning global 
36 
jarayoniga faol jalb etish ishlari davom ettiriladi va shu maqsadda yaqin istiqbolda 
37 
mamlakatimiz nomzodini XMT Ma’muriy kengashi a’zoligiga ilgari surish 
38 
rejalashtirilmoqda. 
39 
30 
40 


COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida O‘zbekistonning Jahon 

sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan hamkorligi sezilarli darajada kuchaydi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida sog‘liqni saqlash sohasida amalga 

oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar JSST tomonidan yuksak qadrlanmoqda. 

Pandemiyaga qarshi kurashish avjiga chiqqan paytda JSST O‘zbekistondagi 

tibbiyot muassasalarini himoya vositalari bilan ta’minlashda ko‘maklashganini 

ta’kidlash joiz. 

2021 yil JSST ko‘magida Qoraqalpog‘istonning olis hududlarida tibbiyot 

muassasalari qurish, tashkilotning ekspert va moliyaviy-texnik yordamini jalb etish, 

shuningdek, Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi 
10 
xalqaro kodeks loyihasini ilgari surish rejalashtirilgan. 
11 
– Ma’lumki, O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish amalga 
12 
oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarda yetakchi mavqega ega va BMT bilan 
13 
munosabatlarning 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu sohadagi 
14 
hamkorlikning istiqbollari haqida nima deya olasiz? 
15 
– 2020 yil O‘zbekiston BMTning inson huquqlari sohasidagi shartnoma organlari 
16 
va xalqaro tuzilmalari bilan hamkorlikni izchil tarzda rivojlantirdi. 
17 
Xususan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining 128-sessiyasi doirasida 
18 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktni bajarish bo‘yicha davriy 
19 
hisobоt taqdim etildi. Qo‘mita respublikamizda gender tengligiga erishishda qo‘lga 
20 
kiritilgan yutuqlar, majburiy mehnat va bolalar mehnatini bartaraf etish yuzasidan 
21 
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning muammolarini hal 
22 
qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. 
23 
Shu ma’noda, O‘zbekiston erishayotgan yutuqlarning muhim ko‘rsatkichi 
24 
sifatida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi 
25 
bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid tomonidan berilgan ijobiy bahoni qayd 
26 
etish o‘rinlidir. 
27 
Joriy yil «Inson huquqlari sohasidagi ta’lim» global forumi, Yoshlar huquqlariga 
28 
bag‘ishlangan jahon yoshlar anjumani va diniy erkinlik masalalari bo‘yicha 
29 
mintaqaviy konferensiyani yuqori saviyada o‘tkazish jarayoniga xalqaro 
30 
tashkilotlarni faol jalb qilish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. 
31 
– 
O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda migratsiya jarayonlarini boshqarish 
32 
mexanizmlari isloh qilinmoqda. 2018 yil noyabr oyida mamlakatimiz Xalqaro 
33 
migratsiya tashkiloti (XMT)ga a’zo bo‘ldi. Ushbu tuzilma bilan hamkorlik doirasida 
34 
qanday natijalarga erishilmoqda? 
35 
– Bugun mamlakatimizda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini 
36 
joriy etishga doir chora-tadbirlar ko‘rildi. XMT rahbari Antonio Vitorino 
37 
mamlakatimiz aholisining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini himoya qilish
38 
31 
39 


borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qilinayotgan sa’y-harakatlarni yuqori 

baholadi. 

O‘zbekistonning ushbu tashkilotga nisbatan yaqinda a’zo bo‘lishiga 

qaramasdan, 
XMT 
bilan 
hamkorlikda 
salmoqli 
natijalarga 
erishilmoqda. 

Mamlakatimizda XMTning 12 ta loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, ular doirasida 5 

mingdan ortiq odam savdosi qurboni va og‘ir ahvolda qolgan muhojirga yordam 

ko‘rsatildi. O‘tgan yili XMT bilan imzolangan ikki tomonlama bitim tashkilotning 

Toshkentda vakolatxonasini ochish va u bilan bevosita aloqalarni yanada kengaytirish 

uchun huquqiy zamin yaratdi. 

– O‘zbekistonda parlamentning roli ortib borayotgani munosabati bilan parlament 
10 
diplomatiyasi haqida ko‘proq so‘z yuritila boshlandi. Mazkur yo‘nalishdagi 
11 
hamkorlikni rivojlantirish haqida nima deya olasiz? 
12 
– 2020 yilda ko‘p tomonlama parlament diplomatiyasi sezilarli darajada oshdi. 
13 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning e’tirofi sifatida 
14 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov 
15 
Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasi vitse-prezidenti etib tayinlandi, shuningdek, 
16 
moliya bo‘yicha quyi qo‘mitaga rahbarlik qilmoqda. 
17 
Qonunchilik organlarining bunday nufuzli forumi faoliyatidagi ishtirok Prezident 
18 
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar 
19 
ijrosini yanada samarali ta’minlash, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro 
20 
parlamentlararo 
hamkorlikning 
global 
kun 
tartibini 
shakllantirishda 
faol 
21 
qatnashishiga xizmat qiladi. 
22 
Parlament diplomatiyasi sohasidagi samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi 
23 
sifatida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Jenevaga uyushtirilgan 
24 
muvaffaqiyatli tashrifini qayd etish mumkin. Mazkur tashrif davomida 15 ga yaqin 
25 
rasmiy tadbir, shu jumladan, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya 
26 
tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Yevropa iqtisodiy 
27 
komissiyasi, Jahon intellektual mulk tashkiloti rahbarlari bilan uchrashuvlar 
28 
o‘tkazildi. Muloqotlar chog‘ida gender tengligi va munosib ish bilan ta’minlash, 
29 
bolalar mehnatini bartaraf etish, migratsiyani tartibga solish, korrupsiyaga qarshi 
30 
kurashish sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 
31 
Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol raislarining 13-
32 
sammitida birinchi marta Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning 
33 
ishtiroki tashkil etilganini mamnuniyat bilan ta’kidlash joiz. Tadbir ishtirokchilari 
34 
O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan gender 
35 
tengligiga erishish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi. 
36 
Joriy 
yil O‘zbekistonning Jenevadagi doimiy missiyasining mazkur 
37 
yo‘nalishdagi faoliyatining diqqat markazida Barqaror rivojlanish maqsadlariga 
38 
erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish to‘g‘risida
39 
32 
40 


BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi loyihasini ilgari surish joy oladi. 

– Respublikamizning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi 2017—2021 

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida

ustuvor deb belgilandi. Mazkur jarayon ko‘p tomonlama savdo tizimiga yanada 

integratsiyalashish 
maqsadida 
mamlakatimiz 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatini 

rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu boradagi ishlarni yanada 

faollashtirish uchun qanday sa’y-harakatlar qilinmoqda? 

– Qariyb 15 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston JSTga qo‘shilish jarayonini qayta 

boshladi. 2020 yil 7 iyul kuni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi 

guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
10 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, muzokara jarayonida uzoq tanaffusdan so‘ng 
11 
Ishchi guruh yig‘ilishi qayta tiklanishi natijasida O‘zbekistonning Faktologik 
12 
rezyume (xulosa) darajasiga o‘tishi MDH hududida misli ko‘rilmagan holatdir. 
13 
Odatda, ariza bergan mamlakatlarning bunga erishishi uchun bir necha yil vaqt 
14 
ketadi. 
15 
Respublikaning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha 
16 
kelgusi rejalar Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishlari, tashkilotga a’zo mamlakatlar 
17 
bilan tovar va xizmatlar bozoriga chiqishga doir ikki tomonlama muzokaralarni 
18 
yuqori darajada tashkil etishni o‘z ichiga oladi. 
19 
Shu o‘rinda O‘zbekiston va BMTning boshqa iqtisodiy tuzilmalari o‘rtasidagi 
20 
samarali hamkorlikka ham e’tibor qaratmoqchiman. 
21 
Xususan, o‘tgan yil BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi bilan munosabatlar 
22 
samarali rivojlandi. Komissiya bilan hamkorlikda «Barqaror taraqqiyot uchun 
23 
innovatsiyalar» milliy sharhini tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. 
24 
O‘zbekiston 
YEIK doirasida Xalqaro yuk tashish bo‘yicha bojxona 
25 
konvensiyasiga qo‘shimcha ilova ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etdi. 
26 
Mazkur ilova xalqaro yuk tashishni qog‘oz hujjatlarsiz amalga oshirish uchun 
27 
huquqiy asos bo‘ladigan XYQ daftarchasi (TIR karneti)ni qo‘llashga ruxsat beradi. 
28 
O‘zbekiston BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi 
29 
(SPECA)dagi ishtirokini sezilarli tarzda faollashtirdi. Mazkur dastur doirasida 
30 
mintaqamiz mamlakatlari bilan iqtisodiyot, savdo, atrof-muhit muhofazasi va 
31 
innovatsiya sohalaridagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda. 
32 
2021 yil Toshkent SPECAga raislikni o‘z zimmasiga oladi. 
33 
Respublikaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha 
34 
konferensiyasi (UNCTAD) bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston 
35 
Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning 
36 
UNCTAD Bosh kotibi Mukisa Kitui bilan uchrashuvi samarali bo‘ldi. 
37 
33 
38 


2020 yil BMTning Jenevadagi vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan 

hamkorlik doirasida O‘zbekistonga 93 million dollardan ortiq qiymatdagi texnik 

ko‘mak mablag‘lari jalb etildi. 


– Mazmunli suhbatingiz uchun minnatdorlik bildirgan holda, vakolatxonaning 

istiqboldagi rejalari haqida gapirib berishingizni so‘raymiz. 

– Joriy yil O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro 

tashkilotlardagi 
Doimiy 
vakilatxonasining 
faoliyati 
Prezident 
Shavkat 

Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan asosiy vazifalarni 

bajarish, BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbus va 
10 
bayonotlar, 
shuningdek, 
xalqaro 
tashkilotlar 
bilan 
hamkorlikni 
yanada 
11 
mustahkamlashga doir «Yo‘l xaritasi»da ko‘zda tutilgan ishlarni amalga oshirishga 
12 
qaratiladi. 
13 
Jenevada faoliyat yuritadigan 40 ga yaqin xalqaro va 250 ga yaqin nodavlat 
14 
notijorat tashkilot bilan bevosita aloqalarni yanada mustahkamlash, ular bilan 
15 
hamkorlikda amaliy natijalarga erishishga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, joriy 
16 
yil turli darajadagi 60 dan ortiq tadbir o‘tkazib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi 
17 
nufuzini yanada yuksaltirishga hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz. 
18 
19 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish