128
- suvdan foydalanish hisobi va hisobotini yuritishni ta’minlash;
- suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning
turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish
va ular amalga
oshirilishining monitoringini yuritish;
- mavjud me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish,
qonun buzilishi hollarida belgilangan tartibda chora ko‘rilishini
ta’minlash;
- suv xo‘jaligi uchun yangi inshootlar qurilishini va mavjudlarining
rekonstruksiya qilinishini ta’minlash;
- suvdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnomalar berishni va suv
inshootlarini ro‘yxatga olish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va
ularning boshqa birlashmalarini tashkil
etish va rivojlantirishda, ichki
xo‘jalik suv hisobini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam
ko‘rsatish;
- suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xo‘jaligini
va yerlarni melioratsiyalash bo‘yicha davlatlararo masalalarni
muhokama qilish va hal qilishda respublika nomidan ishtirok etish.
Mamlakatimizdagi mavjud suv xo‘jalik tashkilotlari va xizmat
ko‘rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo‘linmalari
negizida
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tuzilgan. Uning vazifasi xalq
xo‘jalik tarmoqlari hamda qishloq xo‘jalik korxonalarida mahsulot
yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo‘jaliklariga servis
xizmat ko‘rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi
sohasidagi hududiy organi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish va
foydalanishni amalga oshiradi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy vazifalari –
suvdan foydalanishning bozor mexanizmlarini
joriy etish asosida suv
resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish; suvni
tejash, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo‘jaligida yagona
texnika siyosatini yuritish; iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o‘z
vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
suv inshootlarining texnik
ishonchliligini ta’minlash; suv resurslarini oqilona boshqarish va
tezkorligini oshirish; suv iste’molchilari o‘rtasida yillik hisobotini
ta’minlashdan iborat.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy funksiyalari –
suvdan
foydalanish
bashoratini
umumlashtirib,
O‘zbekiston
Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo‘yicha
takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida magistral kanallar, suv
129
xo‘jaligi
obyektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo‘yicha
suv olish limitlarini belgilaydi, nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi.
Magistral kanallar boshqarmasi Irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmasining tashkiliy bo‘linmasi hisoblanib, suv resurslarini
tartibga solish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Magistral kanallar
boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar:
- magistral kanallar, inshootlar va suv resurslarini oqilona boshqarish,
uning tezkorligini oshirish;
- suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash, ishonchli
foydalanish uchun ish holatida saqlash;
- suv bo‘yicha hisob-kitob yuritish;
- suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag‘lar,
moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalardan samarali foydalanish.
Ayrim yillarda yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘lishi natijasida suv
resurslari taqchilligi kuzatilmoqda. Shu
sababli mamlakatimizdagi
sug‘orish tizimlarining holatini yaxshilash, mavjud suvdan oqilona
foydalanish va sug‘orishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy
etish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: