Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligida yer resursidan foydalanish samaradorligini



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

4. Qishloq xo‘jaligida yer resursidan foydalanish samaradorligini 
yanada oshirish yo‘llari. 
Mamlakatimiz aholisining soni so‘nggi yillarda 600-650 ming 
kishiga oshayotganligi, shu bilan birga sanoat korxonalari soni va ishlab 
chiqarish quvvatlarining ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlariga 
bo‘lgan talabni oshirmoqda. Ushbu talabni qondirish va mamlakatimizda 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun mavjud qishloq xo‘jalik 
yerlaridan samarali foydalanish talab etiladi. 
Yer resursidan foydalanishni yanada takomillashtirishda rivojlangan 
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish sohasida Xitoy tajribasi. 
Xitoy Xalq Respublikasining hayratlanarli iqtisodiy o‘sishi aynan 
qishloq xo‘jaligidan boshlangan.
 
1978-yilning dekabr oyida Xitoyning 
Anxuey provinsiyasidagi Syaogang nomli qishlog‘ida 21 ta oila yashar 
edi. Boshqa qishloqlar kabi bu yerda ham ocharchilik hukm surmoqda 
edi. Qishloq faollari tajriba o‘tkazishadi: jamoa bo‘lib ishlatilayotgan 
umumiy yerlarni o‘sha 21 oilaga bo‘lib berishga qaror qilishadi – har bir 
oila o‘ziga biriktirilgan yerda dehqonchilik qilishi uchun.
Kichkina qishloqda o‘tkazilgan mazkur kichkina islohot yaxshi 
natija berdi. Bu ijobiy natija xabari hokimiyat tepasiga kelgan va
“Islohot va ochiqlik siyosati”ni e’lon qilgan Den Syaopinga yetib boradi. 
1979-yilda mamlakat rahbarlari o‘rtasida turli fikr va qarashlar 
to‘qnashadi va natijada hamma narsani jamoalashtirish, davlatlashtirish 
siyosatidan chekinib, qishloqlarda oilaviy dehqon va hunarmandchilik 
xo‘jaliklarini tiklash, shaxsiy manfaatdorlik omilini kuchaytirish 
tarafdorlari ustun keladi – islohot o‘tkazishga qaror qilinadi. 
Kichkinagina Syaogang qishlog‘i tajribasi dastlab Xitoyning bir 
provinsiyasida sinab ko‘rilib, yaxshi natijaga guvoh bo‘lingandan keyin 
uni butun Xitoy miqyosida qo‘llashga kirishiladi. 180 million oilaga 
avvaliga 1-3 yilga, keyin 50 yil va undan uzoq muddatga ijaraga yer 
ajratib beriladi. Natijada, 180 million oila iqtisodiy faol qatlamga aylana 
boshladi. Aynan shu omil barchasidan yuqori qo‘yildi.
 
Saldan keyin “dehqon xo‘jaliklari mas’uliyati siyosati” deb nom 
olgan tadbirlar amalga oshirildi. Bu tadbirlar doirasida dehqonlar o‘zi 
yetishtirgan mahsulotning bir qismini erkin narxda sotishi mumkin 
qilindi. Qishloqlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorlari vujudga 
keldi. Biroq bu boshlanishi edi. 1981-yilga kelib, 98 foiz ekin yerlari 


116 
dehqon oilalari tasarrufida edi. Xitoy Konstitutsiyasida fuqarolarning 
xususiy mulkchilik huquqlari biriktirildi, bu ham qishloqlarda xususiy 
tashabbusni qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ldi. 
Dehqonlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, o‘z ixtiyorlari bilan kichik 
kooperativlarga, keyin esa assotsiatsiyalarga birlasha boshlashdi. 1985-
yilda Xitoy o‘zining ko‘p sonli aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta’minlab, don eksport qila boshladi.
Xitoy
 
dehqonlari boyigani sayin o‘z ehtiyojlari uchun moddiy-
texnika resurslarini, sanoat mollarini sotib ola boshlashdi. Sanoat 
mollariga talab orta boshladi va bu sanoat rivojiga turtki berdi. Xususan, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘paygani qayta ishlash sanoati 
rivojini ta’minladi – “zanjir”
 
ishga tushdi. Umuman olganda, Xitoy 
qishloqlarida o‘tkazilgan islohot kichik xo‘jaliklarni har tomonlama 
rivojlantirish zamirida ulkan salohiyat borligining yorqin namunasidir. 
Biz o‘rganayotgan holatda, agrar sohasi islohoti boshqa barcha 
sohalarning rivojiga xizmat qildi, Xitoyning og‘ir kunlarida siyosiy va 
ijtimoiy barqarorlikni ta’minladi. 2004-yilga kelib Xitoy qishloqlarida 
22 milliondan oshiq korxonalar yuzaga keldi, 138 million odam bu 
korxonalarda ish bilan band bo‘ldi. 
Xitoydagi qishloq xo‘jaligi islohotidan olinadigan muhim xulosalar 
bor va aynan shu xulosalarni anglash biz uchun muhimdir. Xitoy qishloq 
xo‘jaligida amalga oshirilgan ushbu islohot, ya’ni jamoa bo‘lib 
ishlatilgan yerlarning oilalarga bo‘lib berilishi ulkan o‘zgarishlarni 
keltirib chiqardi – “zanjirli reaksiya”ni paydo qildi. Yana shuni aytish 
kerakki, Xitoy hukumatidan qishloqlarni isloh qilish deyarli hech narsa 
talab qilmadi, shunchaki jamoa xo‘jaliklariga barham berilib, yerlar 
oilalarga bo‘lib berildi. Sohada ijobiy o‘zgarishlar esa o‘z-o‘zidan keldi 
– moddiy manfaatdorlikning yuksalishi hisobiga dehqonlarning 
faollashuvi orqali. 
Bu kabi islohot O‘zbekistonning yaqin tarixida ham amalga 
oshirilgan. Mustaqillikning ilk davrida yuzaga kelgan qiyin iqtisodiy 
vaziyatdan chiqib ketish uchun qishloq aholisiga shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklarini yo‘lga qo‘yish uchun tomorqa sifatida yer ajratib berildi, 
jamoa va davlat xo‘jaliklari yerlari oilaviy pudrat asosida oilalarga 
berildi. Aynan shu islohot natijasida iqtisodiy tang holatdan chiqib 
ketishga muvaffaq bo‘lingan edi. Chunki bir necha million oila o‘z 
yerida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtira boshladi, yetishtirgan 
mahsulotlarini o‘z iste’moli uchun sarfladilar, ortiqchasini mamlakat 
ichki bozorlarida sotdilar. Ayrim oilalar esa o‘zlari yetishtirgan qishloq 


117 
xo‘jaligi mahsulotlarini MDH mamlakatlari bozorlariga olib borib sota 
boshladilar. Qishloqlarda iqtisodiy hayot “qaynadi”, mamlakatga valyuta 
kira boshladi. Bu holat davlat tomonidan hech qanday mablag‘ 
sarflanmasdan, shunchaki yerda ishlashga xohish bildirgan oilalarga yer 
berish orqali amalga oshirildi. Tabiiyki, moddiy ahvoli yaxshilangan 
qishloq ahli o‘zlariga kerakli tovarlarni sotib ola boshladi, xizmatlardan 
foydalandilar. Bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari – sanoat va 
xizmat ko‘rsatishning rivojlanishiga turtki berdi. Xuddi Xitoydagi kabi 
zanjirli 
reaksiya 
ishga 
tushayotgan 
edi. 
Biroq, 
keyinchalik 
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tovar 
xo‘jaliklarini mustaqil dehqonlarga aylantirib borish, yer egalari sonini 
ko‘paytirish o‘rniga, aksincha, davlat buyurtmasi asosida faoliyat 
yurituvchi xo‘jaliklarga aylantirish yo‘lidan borildi. 
So‘nggi yillarda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 
qishloq aholisiga yerlarni ijara asosida berishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Jumladan, fermer xo‘jaliklari yerlaridan “Yoshlar daftari” 
va “Ayollar daftari”ga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarga yerlar qisqa 
muddatli 
ijaraga 
berilmoqda. 
Bundan 
tashqari, 
Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi 
chog‘ida Surxondaryoda boshlanayotgan tajriba asosida ishsiz aholiga 
qishloq xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonchilik qilish bilan 
shug‘ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilinishi, 2021-yildan 
boshlab qariyb 100 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari 
aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun berilishini ma’lum qildi. Bu 
kabi islohotlar yerdan foydalanish bo‘yicha rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga mos keladi va kelgusida o‘zining 
ijobiy natijalarini beradi. 
Ba’zi 
mamlakatlarda 
yer 
huquqlariga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
cheklovlardan tashqari bilvosita xarakterga ega, lekin undan kam 
bo‘lmagan samaraga ega chora-tadbirlar ham muvaffaqiyat bilan 
qo‘llanilmoqda. Masalan, ushbu maqsadlarda Angliyada quyidagi 
tartibga solish vositalari ishlatiladi: yer oldi-sotdi bitimlariga yuqori 
soliq stavkalari; yer sotib olishda kredit uchun yuqori foizlar; yerni sotib 
olish uchun kredit rasmiylashtirishda sezilarli byurokratik to‘siqlar va 
hokazo. 
Xorij mamlakatlarining yer resurslaridan foydalanish jarayonlarini 
boshqarish tajribalarini umumlashtirish quyidagi xulosalarni keltirib 
chiqarishga imkon beradi: 


118 
• dunyoning hech bir mamlakatida yerga cheklanmagan mulkchilik 
mavjud emas, har qanday mulk shaklining amal qilishi jamiyat va davlat 
manfaatlarining ustunligini ta’minlashni inobatga oladi; 
• barcha rivojlangan mamlakatlarda davlat yer munosabatlarini 
huquqiy va iqtisodiy tartibga solish, yer resurslaridan foydalanish va 
ularni saqlash bo‘yicha nazoratni amalga oshirish orqali yer 
munosabatlariga faol aralashadi; 
• yer bozori (ayniqsa qishloq xo‘jalik yerlariga nisbatan) davlat 
tomonidan qat’iy chegaralanadi va nazorat qilinadi, bu yer uchastkalari 
bozori aylanmasi tezligida namoyon bo‘ladi; 
• rivojlangan xorijiy mamlakatlarda yer resurslarini boshqarishda 
davlatning yetakchilik rolini saqlash uchun mulkchilikdan yer 
uchastkalari ijarasiga o‘tish ustuvorligiga erishish tendensiyasi 
shakllanmoqda; 
• dunyoning barcha mamlakatlarida unumli qishloq xo‘jaligi 
yerlarining 
noqishloq 
xo‘jalik 
ehtiyojlari 
uchun 
ajratilishidan 
himoyalash maqsadida qishloq xo‘jalik yer egaligi va yerdan 
foydalanishning ustuvorligi tamoyillari rasman e’lon qilingan va 
qat’iyan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish 
bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqishda rivojlangan davlatlarning 
ilg‘or tajribalari, xalqimizning milliy mentaliteti va mahalliy sharoitlarni 
inobatga olish yuqori samaraga erishish imkonini beradi.
Respublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega 
bo‘lib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi 
darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar “birlamchi 
sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik 
va boshqa antropogen omillarning salbiy ta’siri natijasida ayrim 
hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib, 45,7 foiz 
sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan. Yuqoridagilarni 
inobatga olgan holda yer resurslaridan samarali foydalanish talab etiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 
2020-yilda 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi

Yer resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish uchun quyidagi 
tadbirlarni amalga oshirish lozim: 
-
yer islohotlarini doimiy takomillashtirib borish; 
-
meliorativ holati yomonlashgan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya 
tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish; 


119 
-
zamonaviy, samarali texnikalarni, ilg‘or texnologiyalarni qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etish; 
-
ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni yo‘lga 
qo‘yish; 
-
ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda mahalliy va mineral 
o‘g‘itlardan oqilona foydalanish; 
-
agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish; 
-
ishchi va xizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish; 
-
yer munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish.
 
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish tadbirlarini 
quyidagi to‘rtta guruhga ajratish mumkin: 
1) tashkiliy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: 
- ilmiy asoslangan yer tuzish; 
- hududlar bo‘yicha ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish; 
- yagona yer monitoringi tizimini olib borish; 
- davlat yer kadastrini to‘liq amalga oshirish; 
- davlat va jamoat ekspertizasini yo‘lga qo‘yish; 
- yerdan foydalanish va uni muhofazalash nazoratini kuchaytirish va 
hokazo. 
2) huquqiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: 
- tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi normalarini takomillashtirish; 
- tabiiy resurslar qonunchiligi normalarini takomillashtirish; 
- yerdan foydalanish normalarini takomillashtirish; 
- ekologik huquqiy mexanizmni takomillashtirish; 
- yer huquqbuzarligiga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash va 
hokazo. 
3) iqtisodiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: 
- holati yomon yerlarni imtiyozli soliqqa tortish; 
- tuproq muhofazasi tadbirlarini kreditlash; 
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning yer va 
suvdan samarali foydalanish bo‘yicha manfaatdorligini oshirish; 
- yerlarni rekultivatsiya qilish(qayta tiklash) va meliorativ holatini 
yaxshi-lashga davlat tomonidan beriladigan ko‘makni takomillashtirish 
va hokazo. 
4) texnologik tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi: 
- yerlarni tubdan rekultivatsiyalash va meliorativ holatini yaxshilash 
texnologiyalarini ishlab chiqish; 
- almashlab ekish tizimini joriy etish va unga qat’iy amal qilish; 


120 

noqishloq 
xo‘jalik 
va 
sanoat 
o‘zlashtirishning yagona 
texnologiyasini yaratish; 
- yerlarni qayta tiklash texnologiyalarini joriy etish; 
- talab etiladigan joylarda ixotazorlar tashkil etish;
- erroziyaga qarshi kurash tadbirlari va sellarning salbiy oqibatlari 
oldini olish inshootlarini barpo etishni yanada rivojlantirish va hokazo. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish