Iqtisodiyoti


O‘zbekistonning tabiiy ozuqa ekin maydonlarini yaylovlarning



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

O‘zbekistonning tabiiy ozuqa ekin maydonlarini yaylovlarning 
ayrim turlari bo‘yicha sifat jihatidan baholash
Yaylovlarning turlari
Ozuqa birliklarida 
hosildorligi, kg/ga
Bug‘doyning 
ekvivalent 
hosildorligi, 
sentner/ga
Yaxshi yaylovlar
Bug‘doyiqli yaylov 
230 
1,92 
Yirik o‘tli-shashirli yaylov
300 
2,50 
Archalar orasidagi har xil bug‘doyiq 
yaylov
260 
2,17 
O‘rtacha yaylovlar
Har xil o‘tli-betagali yaylov 
320 
2,67 
Qamishzor
200 
1,67 
Qashshoqlashgan yaylovlar
Har xil o‘tli-adirdagi shuvoqli yaylov
170 
1,42 
Har xil o‘tli, butazorlar orasidagi 
yaylov
180 
1,50 
Ko‘ng‘irbosh-toifalashgan yaylov 
140 
1,17 
Oq saksovulzor
100 
0,83 
Yantoqzor
180 
1,50 


106 
Yaylovlarning turlari
Ozuqa birliklarida 
hosildorligi, kg/ga
Bug‘doyning 
ekvivalent 
hosildorligi, 
sentner/ga
Sho‘rali-toifalashgan yaylov 
130 
1,08 
Qashshoq yaylovlar
Bir yillik sho‘razor yaylov 
130 
1,08 
Pastak har xil o‘tli-boshoqdoshli 
o‘simliklar o‘sadigan yaylov
120 
1,00 
Har xil o‘tli to‘qayzor
90 
0,75 
Qizilmiya o‘sadigan yaylov 
100 
0,83 
Manba: qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom

1 gektar ozuqa ekin maydonlarining me’yoriy qiymati haydov yerga 
o‘xshash tarzda aniqlanadi, bunda ozuqa ekin maydonlarining 
unumdorligi ular bilan bog‘liq bo‘lgan balandlik mintaqalarida 
joylashganligiga qarab foydaning hisoblab chiqilgan miqdori quyidagi 
miqdorlarda qabul qilinadi: 
cho‘l mintaqasida – 3,2 foiz; 
tog‘oldi mintaqasida – 4,1 foiz;
tog‘ mintaqasida – 7,0 foiz. 
Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan 
band bo‘lgan yerlarning me’yoriy qiymati faqat belgilangan mezonlarga 
muvofiq yer solig‘ining to‘lovchilari hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovar 
ishlab chiqaruvchilari bo‘yicha aniqlanadi. Bunda imoratlar, inshootlar 
va xonadonlar deganda ularning faoliyat ko‘rsatishi va xizmat ko‘rsatish 
uchun mo‘ljallangan imoratlar, inshootlar, omborlar, dala shiyponlari, 
bostirmalar, xonadonlar va maydonlar tushuniladi. 
Baliqchilik hovuzlari bilan band bo‘lgan yerlarning me’yoriy 
qiymati tuman bo‘yicha sug‘oriladigan haydov yerlarning o‘rtacha 
me’yoriy qiymati bo‘yicha aniqlanadi. 
Imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo‘lgan yerlarning 
me’yoriy qiymati joylashgan mintaqasi va ixtisoslashuviga qarab asosiy 
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymati bo‘yicha 2 
koeffitsiyentini qo‘llagan holda aniqlanadi. 


107 
Tuman bo‘yicha hisobotlar yer-kadastr axboroti sifatida har bir 
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha elektron shaklda 
me’yoriy qiymat taqdim etilgan holda tuman yer resurslari va davlat 
kadastrining tegishli bo‘limlariga topshiriladi. Har bir qishloq xo‘jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va 
boshqa 
baholangan 
yerlarning 
me’yoriy qiymati to‘g‘risida 
ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma qishloq xo‘jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchisiga topshirish uchun tuman yer resurslari va davlat kadastri 
bo‘limlariga taqdim etiladi. 
Tumanlar bo‘yicha dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga o‘rtacha yillik narxlar va 
sotish hajmlari, shuningdek paxta xomashyosi va boshoqli don 
ekinlariga o‘rtacha xarid narxlar davlat statistika kuzatishlari 
ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika 
qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish 
natijalari bo‘yicha olingan foydaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi 
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan oldingi yil 
yakunlariga binoan tumanlar bo‘yicha yalpi daromadga nisbatan 
foizlarda aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish davomida foyda 
miqdori o‘rtacha yillik narxlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
asosiy turlarini yetishtirishga me’yoriy xarajatlar hisobga olingan holda 
belgilanadi. Tumanlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy 
turlarini yetishtirishga me’yoriy xarajatlar bonitet baliga bog‘liq 
ravishda o‘simliklarni o‘stirishning agrotexnologik xaritalari asosida 
hisoblab chiqiladi, bunda issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish xarajatlari hisobga olinmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya 
vazirligi har yili 1-aprelgacha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy 
turlarini yetishtirish natijalari bo‘yicha olinadigan foyda miqdorlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi 
vazirligiga yuboradi. 
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini 
aniqlashning texnologik sxemasi quyidagicha: 
1. Tayyorgarlik ishlari. 
1.1. Ishlar mazmuni va dasturini ishlab chiqish. 


108 
1.2. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining hamda 
me’yoriy qiymatni aniqlash obyektlarining ro‘yxatini va joylashish 
chizmasini tuzish. 
1.3. Me’yoriy qiymati aniqlanadigan obyektlar bo‘yicha dastlabki 
yer-hisobga olish va statistik hamda natijali yer-baholash axborotlarini 
to‘plash, tahlil qilish va tayyorlash. 
1.4. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini 
aniqlashda dastlabki va qiymat ko‘rsatkichlarining avtomatlashtirilgan 
hisob-kitobi dasturini o‘rganish va o‘zlashtirish. 
2. Tuproq unumdorligi, tabiiy ozuqa ekin maydonlarining 
unumdorligi, sug‘orish uchun suv berish usuli bo‘yicha birlamchi 
ma’lumotlar bazasini tayyorlash va me’yoriy qiymatini aniqlash 
obyektlarining ko‘rsatkichlarini hisob-kitobi. 
2.1. Me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti tuproq unumdorligining 
o‘rtacha ko‘rsatkichini aniqlash. 
2.2. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha mahsulot 
yetishtirishdan foizlarda hisoblab chiqilgan foydani aniqlash. 
2.3. Me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti yaylovlarining ozuqa 
qimmatliligi ko‘rsatkichlarini aniqlash. 
2.4. Sug‘orishning ichki tizimida sug‘orish uchun suv berish usuli 
ko‘rsatkichini aniqlash. 
2.5. Zaharli kimyoviy dorilarni qo‘llash cheklangan maydonlarni 
aniqlash. 
3. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatining 
avtomatlashtirilgan hisob-kitobi. 
3.1. Birlamchi ko‘rsatkichlarni kompyuter dasturiga kiritish. 
3.2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining me’yoriy qiymati: me’yoriy 
unumdorlik, hisoblangan foyda va me’yoriy qiymat ko‘rsatkichlari 
hisob-kitobi. 
4. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini 
aniqlash materiallarini rasmiylashtirish. 
4.1. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq 
xo‘jaligi ekin maydonlari me’yoriy qiymatini aniqlashning hisob-kitob 
(jadval) va matnli qismini rasmiylashtirish hamda ma’muriy tumanlar, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va respublika bo‘yicha 
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash 
materiallarini umumlashtirish. 
4.2. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini 
aniqlash materiallarining jadvalli qismini rasmiylashtirish. 


109 
4.3. Ma’lumotnomalarni tayyorlash va qishloq xo‘jaligi tovar 
ishlab chiqaruvchilariga taqdim etish.
2020-yil 
24-avgustda 
normativ-huquqiy 
hujjatlar 
loyihalari 
muhokamasi portali bo‘lgan regulation.gov.uz saytiga O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ID raqami 21157 bo‘lgan 
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining 
normativ 
qiymatini aniqlash tizimini 
yanada takomillashtirish 
toʻgʻrisida”gi qarori

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish