Qorako‘l teri ishlab chiqarish (dona)
2016
2017
2018
2019
O‘zbekiston Respublikasi
1055428
1075064
1085224 1150742
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
81074
81164
81390
83222
Andijon
-
-
-
-
Buxoro
422009
434968
437274
496455
Jizzax
6070
409
3260
3554
Qashqadaryo
196067
208455
218000
218534
Navoiy
240137
248793
266550
280992
Namangan
-
-
-
-
Samarqand
94016
86348
59070
47991
Surxondaryo
8035
7872
11060
11030
Sirdaryo
-
-
-
-
Toshkent
-
-
-
-
Farg‘ona
-
-
-
-
Xorazm
8020
7055
8620
8964
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda
qorako‘l teri ishlab chiqrish ham so‘nggi yillarda ortmoqda. 2016-yilda
1055428 dona qorako‘l teri ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib
501
ushbu ko‘rsatkich 1150742 donani tashkil etgan. Qorako‘l teri ishlab
chiqarish bo‘yicha Buxoro va Navoiy viloyatlari yetakchi hisoblanadi.
Qorako‘lchilik
mahsulotlarini
qayta
ishlash
va
tayyor
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarning
modernizatsiya qilinmaganligi, ushbu sohada yangi zamonaviy
texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning barpo
etilmaganligi mazkur soha rivojiga salbiy ta’sir etmoqda. Bundan
tashqari, qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va aholi tomonidan yetishtirilgan qo‘y terisi, qorako‘l terisi
va junning bozori yaxshi rivojlanmagan. Ushbu muammolarni hal etish
maqsadida
2019-yil
16-avgustda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4420-sonli qarori qabul qilindi. 2018-
yil holatiga mamlakatimizda qorako‘l zotli qo‘ylar bosh soni 5870 ming
boshni tashkil etgan bo‘lib, ushbu qarorga ko‘ra 2021-yilga borib
qorako‘l zotli qo‘ylar bosh sonini 7346 ming boshga yetkazish, ya’ni
25,1 foizga oshirish nazarda tutilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2018-yil
holatiga 5870 ming boshni tashkil etgan.
2020-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6059-sonli farmoni qabul
qilindi. Unga ko‘ra, 2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga
ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shoxli
nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek mol so‘yish, teri va junni
qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha
qorako‘lchilik klasterlari tashkil qilinishi belgilangan. Klasterlarga
qorako‘l zotli qo‘ylarni boqishga mo‘ljallangan, shu jumladan o‘rmon
bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga berilishi
nazarda tutilgan. Ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq, respublikada
qorako‘lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari keltirilgan
(21.16-jadval).
502
21.16-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |