Barcha turdagi parrandalar bosh soni (yil oxiriga, ming bosh)
2016
2017
2018
2019
O‘zbekiston Respublikasi
67037,7
74870,1
86374,8
87859,7
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3285,3
3871,4
4310,8
4524,8
Andijon
6682,0
7116,7
7478,9
8002,9
Buxoro
3774,5
4029,4
4695,1
5356,7
Jizzax
2641,6
2956,1
3285,8
3574,5
Qashqadaryo
5024,3
5710,6
6215,3
6049,1
495
Navoiy
2272,5
2234,8
2721,0
3031,9
Namangan
3839,8
4934,7
5708,7
5849,1
Samarqand
8941,6
11159,0
12755,1
12864,8
Surxondaryo
3985,8
4099,9
4808,5
4893,7
Sirdaryo
1936,2
1717,4
2619,9
2588,5
Toshkent
14242,8
16024,2
18229,5
17039,2
Farg‘ona
5356,5
6077,0
7988,7
8119,7
Xorazm
5054,8
4938,9
5557,5
5964,8
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda
barcha turdagi parrandalar soni ham so‘nggi yillarda ortmoqda. 2016-
yilda 67037,7 mingta parranda bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib ushbu
ko‘rsatkich 87859,7 mingtani tashkil etgan. Mamlakatimizda jami
parrandalar soni bo‘yicha 2019-yil holatiga Toshkent (17039,2 ming
bosh) va Samarqand (12864,8 ming bosh) viloyatlari yuqori
ko‘rsatkichga ega va ushbu viloyatlar parrandalar umumiy sonida
dehqon xo‘jaliklari ulushining pastligi bilan ham ajralib turadi. Ushbu
viloyatlarda
parrandachilik
asosan
parrandachilik
fabrikalarida
rivojlangan. 2020-yil 1-yanvar holatiga Toshkent viloyati jami aholisi
soni 2941,9 ming kishini, Namangan viloyatida esa 2810,8 ming
kishini tashkil etgan, shunga mutanosib ravishda ushbu viloyatlardagi
dehqon xo‘jaliklari soni ham bir-biriga yaqin, ammo Toshkent
viloyatida parrandalar soni Namangan viloyatidagi parrandalar soniga
nisbatan deyarli 3 barobar ko‘p. Bundan ko‘rinadiki, parrandachilikni
rivojlantirishda sanoat usulidan foydalanish yuqori samara beradi.
Chunki, dehqon xo‘jaliklarida parrandalar sonini keskin ko‘paytirish,
ularni ilmiy asoslangan ratsion asosida oziqlantirish, ish jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish, turli kasalliklarga qarshi kurashish imkoniyati
parrandachilikka ixtisoslashgan fermalarga nisbatan past bo‘ladi.
Mamlakatimizda jami parrandalar soni bo‘yicha 2019-yil holatiga Jizzax
(3574,5 ming bosh), Navoiy (3031,9 ming bosh) va Sirdaryo (2588,5
ming bosh) viloyatlari eng past ko‘rsatkichga ega. Aholining tuxum va
parhez taom hisoblanuvchi parranda go‘shtiga bo‘lgan talabini yanada
to‘liqroq qondirish uchun boshqa viloyatlarda ham parrandachilik
fabrikalari tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish lozim.
496
21.11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |