Iqtisodiyoti


Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki,
 
alohida 
xo‘jalik, u yoki bu soha, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish rejasi 
dastlabki balansni tuzishga asoslanadi. Mazkur balans resurslarga 
bo‘lgan talab va uni qondirish manbalari aks ettiriladi. Bu usulda yer, 
mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar balanslarini tuzish orqali 
rejaning ayrim bo‘limlari va ko‘rsatkichlari o‘rtasida muvofiqlik hamda 
mutanosiblik ta’minlanadi. 

me’yoriy usul. Bu usulga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonasining 
ishlab chiqarish resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari; barcha iqtisodiy, texnik-
iqtisodiy va balans hisob-kitoblari; rejalarning asoslovchi ko‘rsatkichlari 
ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan 
me’yorlarga asoslanadi. Me’yor deganda ma’lum bir texnikaviy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ilmiy jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin 
bo‘lgan chegaraviy miqdoriga aytiladi. 
Qishloq xo‘jaligida rejalar tuzishda quyidagi me’yorlardan 
foydalaniladi: 
a) asosiy vositalardan foydalanish (mashinalar unumi me’yorlari, 
transport vositalari tezligi, quvvatdan foydalanish me’yorlari va 
hokazo); 
b) aylanma vositalardan foydalanish (urug‘, ozuqa, o‘g‘it, yonilg‘i-
moylash materiallari sarfi me’yorlari); 
d) mehnat sarfi va mahsulotning mehnat sig‘imi – alohida ish turlari 
bo‘yicha mehnat sarfi me’yorlari va boshqalar; 
e) ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi – ta’mirlash uchun 
sarflanadigan vaqt sarfi, zahiralar, xomashyo, materiallar, yonilg‘i-
moylash materiallari qoldiqlari me’yorlari va boshqalar; 
f) mahsulot sifati – don tarkibidagi oqsil miqdori, sut tarkibidagi yog‘ 
miqdori va hokazo; 
g) kapital qo‘yilma ajratmalari (1 gektar ekinzorga va hokazo); 
h) ishlab chiqarish xarajatlari, rentabellik darajasi va hokazo.


394 

hisob-variantli usul. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, 
rejaning turli bo‘limlarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish tarmoqlarini 
bog‘lashning, 
ekin 
maydonlari 
tarkibining, 
chorva 
mollarini 
oziqlantirish 
ratsionining, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonini 
mexanizatsiyalshtirishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Reja 
variantlarni talashda ikki guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
birinchisi – mahsulot miqdori va sotish hajmi; ikkinchisi – qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi (mehnat 
unumdorligi, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi va hokazo). Ishlab 
chiqilgan reja variantlari orasidan eng maqbuli tanlab olinadi. 

iqtisodiy-matematik usul. Reja-iqtisodiy ma’lumotlarni qayta 
ishlash, reja topshiriqlarining optimal variantlarini iqtisodiy-matematik 
usullar va kompyuter texnologiyalarini larni qo‘llamasdan aniqlab 
bo‘lmaydi. Ushbu usul rejaning eng maqsadga muvofiq (optimal) 
variantlarini aniqlashda, iqtisodiy, tashkiliy hamda texnik jarayonlarni 
optimallashtirishda keng foydalaniladi. Masalan, ekin maydonlarini, 
poda strukturasini hamda mexanizatsiya ishlarini traktor markalari 
o‘rtasida taqsimlashning optimal yo‘llarini aniqlashda juda qo‘l keladi. 
Iqtisodiy-matematik usulni qo‘llashda kompyuter texnologiyalari bilan 
bir qatorda zarur dasturiy ta’minot ham muhim ahamiyatga ega. Katta 
hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda STATA, Eviews, SPSS kabi 
maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi. 

dasturiy-maqsadli usul. Ushbu usul muhim ilmiy-texnikaviy, 
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks dasturlar 
ishlab chiqish hamda ularning asoslanganligini va yakuniy natijaga 
yo‘naltirilganligini oshirishda ishlatiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol 
rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lad 
Rejalashtirish tamoyillari va uslubiyotidan foydalanib rejalashtirish 
tizimi ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi. Rejalashtirish uchun talab 
etiladigan dastlabki ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va 
biznes-rejalarni ishlab chiqish – rejalashtirish tizimini tashkil etadi. 
Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki (birlamchi) 
ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: 


395 
- xo‘jalikning o‘tgan yillarda erishgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
ko‘rsatkichlari; 
- davlat buyurtmalari bo‘yicha nazorat ko‘rsatkichlari; 
- ilmiy-ishlab chiqarish tavsiyalari; 
- ilmiy asoslangan limitlar, normalar va normativlar; 

istiqbolda 
rivojlanishning 
texnikaviy-iqtisodiy 
prognoz 
ko‘rsatkichlari; 
- hududiy xo‘jalik yuritish tizimining shart-sharoitlari va usullari. 
Rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar bazasi sifatida o‘tgan 
yillarda korxona erishgan ishlab chiqarish natijalari va boshqa ijtimoiy-
iqtisodiy ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi. Buning uchun o‘tgan yillar 
uchun statistik, moliyaviy va operativ hisobotlar ko‘rsatkichlari chuqur 
tahlil etiladi va ular asosida joriy yoki kelgusi yillar uchun reja 
ko‘rsatkichlari belgilab olinadi. 
Mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy, mehnat va 
moliyaviy resurslarni sarflash normativlari, ilmiy-ishlab chiqarish 
sohasida to‘plangan tajribalar va tavsiyalar, istiqbolda rivojlanishning 
prognoz ko‘rsatkichlari rejalashtirish jarayonining haqqoniyligi va ilmiy 
asoslanganligini ta’minlaydi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish