Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov


 
biznes-rejaning eng yirik bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo‘limda 
chorva mollarining turlari bo‘yicha bosh soni, mahsulotlarni 
yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag‘lari hajmi va 
qiymati, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va 
chorvalikchilik mahsulotlarining rejali tannarxi o‘z aksini topadi. Shu 
bilan birga chorva mollari turlari bo‘yicha rejalashtirilgan umumiy 
xarajatlar qiymati va bir sentner mahsulotning rejali tannarxi keltiriladi. 
8). Joriy yil uchun mahsulot balansi – xo‘jalikning yil davomida 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, ichki xo‘jalik 
ehtiyojlariga sarflash, chorva mollariga ozuqa sifatida sarflash, ish haqi 
sifatida va boshqa maqsadlarga sarflash rejasini aks ettiradi. 
9). Mahsulot sotish rejasi – xo‘jalikning yillik ishlab chiqarish biznes 
rejasining 
muhim 
tarkibiy 
qismidir. 
Rejaning 
bu 
bo‘limida 
rejalashtirilayotgan 
yilda 
realizatsiya 
qilinishi 
lozim 
bo‘lgan 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari o‘z aksini topadi. 

10). Xodimlar soni va iste’molga yo‘naltirilgan ish haqi


 
– ishchi 
xodimlar, mutaxassislar va rahbar xodimlarning o‘rtacha yillik soni, 
ularning tarkibi va yil davomida rejalashtirilgan ish haqi fondidan 
tashkil topadi. 


399 
11). Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari – xo‘jaligining chorvachilik va 
dehqonchilik 
tarmog‘i 
bo‘yicha 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishga 
sarflanadigan xarajatlarni aks ettiradi. 
12). Xo‘jalikning yalpi daromadi
– 
mahsulot sotishdan olinadigan 
yalpi pul tushumidan farq qiladi. Rejalashtirilgan yalpi daromad 
tarkibiga xo‘jalik a’zolari iste’moliga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa 
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ham kiritiladi. 
13). Qo‘shimcha va yordamchi tarmoqlarning ishlab chiqarish 
dasturi – ishlab chiqarish quvvatlari, xomashyo va materiallarga bo‘lgan 
talab, mahsulotlarni taqsimlash va hokazo. 

14). Moliyaviy natijalarning kutilayotgan rejasi - pul kirimlari va 


ularni taqsimlanish, kapital sarflar, ularning manbalari va yo‘nalishlari, 
maxsus fondlar, ularni tashkil qilish va foydalanish, foyda va sof 
daromadning taqsimlanishi, aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish 
masalalarini o‘z ichiga oladi. 
Korxonadagi ishlab chiqarish bo‘linmalariga beriladigan yillik 
topshiriqlar ishlab chiqarish-moliya rejasi bilan bir vaqtda tuzilib, uning 
ko‘rsatkichlarini aniqlashtiriladi va ishlab chiqarish bo‘linmalari 
faoliyatining bir yillik ish dasturi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat, mehnat qurollari va 
predmetlari o‘zaro birikadi, harakatga keladi, mehnatning mehnat 
vositalari orqali mehnat predmetiga ta’sir qilishi natijasida tayyor 
mahsulot olinadi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarini to‘g‘ri 
tashkil qilish mahsulot yetishtirishni ko‘paytirib borishning, shu bilan 
birga mehnatning o‘zidan, mehnat vositalari va predmetlaridan oqilona 
foydalanish, ularning har bir birligiga ko‘proq mahsulot yetishtirishni 
ta’minlashning asosidir. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatida operativ rejalashtirish 
ham muhim ahamiyatga ega. Korxonaning yillik rejalarida ishlab 
chiqarish umumiy holda, yirik masshtabda, asosiy ko‘rsatkichlarda aks 
ettiriladi. Korxona faoliyatini to‘g‘ri boshqarish, ishlab chiqarish 
dasturlarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun yillik rejalar 
bilan bir qatorda operativ yoki ish rejalarni tuziladi. Bu rejalar ishlab 
chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning asosiy hujjati hisoblanadi. 


400 
O‘simlikchilik va chorvachilik mavsumiy sohalarida ish rejalari ayrim 
ishlab chiqarish davrlari bo‘yicha tuziladigan rejalardan iborat bo‘ladi. 
Masalan, paxtachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda ekishgacha, ekish 
davri, g‘o‘zaga ishlov berish davri va hosilni yig‘ib-terib olish davri kabi 
muddatlarga ish rejasi tuziladi. Ko‘pincha soddalashtirib ish rejalarini 
ish grafigi deb ham aytiladi, ya’ni ekish grafigi, paxta terish grafigi va 
hokazo. Ish rejalarida belgilangan muddatda bajariladigan ishlarning turi 
va hajmi, ularni bajarish uchun talab qilinadigan ishchi kuchlari, 
mashina va uskunalar soni, xomashyo va materiallar miqdori 
ko‘rsatiladi. Ish rejasi ekin turi, ishlab chiqarish bo‘linmalari va korxona 
bo‘yicha tuzilishi mumkin. Ish rejasini boshqarishning hamma 
bo‘g‘inlari bo‘yicha tuzilishi ishchi kuchlari, texnika vositalari hamda 
xomashyo materiallarini to‘g‘ri taqsimlash, zaruratga ko‘ra, kerakli 
joyda ularni mujassamlashtirgan holda foydalanishni ko‘zda tutish 
imkonini beradi. 
Chorvachilikda mollarni o‘stirish va semirtirish rejasi, qo‘ylarni 
kuzgi qochirish, bahorgi qo‘zilatish, junini qirqib olish davri uchun ish 
rejalari tuziladi. 
Ishlab chiqarish nisbatan bir me’yorda kechadigan sohalarda, 
masalan, sut qoramolchiligida, go‘shtchilik majmualarida, sanoat 
asosidagi parrandachilik fabrikalarida ishlab chiqarish jarayonlarini 
to‘g‘ri tashkil etish choraklar bo‘yicha belgilangan mahsulot sotish reja 
topshiriqlarini bajarishni ta’minlash uchun oylar va choraklar bo‘yicha 
ish rejalari tuziladi. Korxonalardagi eng sodda va qisqa reja – bu, reja-
naryaddir. Uning xususiyati shundan iboratki, u bir vaqtning o‘zida ham 
topshiriq, ham bajarilgan ishni hisboga olish hujjati xizmatini o‘tashi 
mumkin. 
Reja-naryad ishning xususiyatiga ko‘ra, individual xodimga, 
ishchilarning kichik guruhiga qisqa muddatga (bir, besh kun va 
dekadaga) beriladi. 
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalarida 
moliyaviy rejalashtirish tizimi va undan foydalanish ham muhimdir. 
Sobiq ittifoq davrida rejalashtirish ma’muriy usulda qabul qilingan 
bo‘lib, asosan davlat fondi uchun mahsulot ishlab chiqarish 


401 
ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarishga yo‘naltirilgan edi va unda bozor 
munosabatlari sharoitida eng muhim bo‘lgan ko‘rsatkich – foyda asosiy 
maqsad qilib qo‘yilmas edi. Sobiq ittifoq davridagi ma’muriy 
rejalashtirish tizimida korxonalar zararga bo‘lsa 
ham davlat 
buyurtmalarini bajarishga majbur qilinar va ko‘radigan zararlari yuqori 
tashkilotlar tomonidan qoplanardi. Bunday sharoitlarda rejalashtirish 
tizimi ham asosan davlat buyurtmalarini bajarishga yo‘naltirilib, ishlab 
chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda moliyaviy va 
investitsion faoliyatdan olinadigan daromadlar, pul oqimlari kabi muhim 
sohalar rejalarda o‘z aksini topmagan. Shu munosabat bilan hozirgi 
kunda korxonalar faoliyatini moliyaviy rejalashtirish tizimidan keng 
foydalanish korxonalarning daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri 
rejalashtirish va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Moliyaviy rejalashtirish – muayyan muddat uchun moliyaviy 
resurslar harakatini va tegishli moliyaviy munosabatlar tizimini 
asoslashdan iborat jarayondir. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini 
moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifasi har bir xo‘jalikning pul 
mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini, daromadlar hamda xarajatlar hajmi va 
tarkibini rejalashtirishdan iborat. 
Korxonalar moliyaviy faoliyatini boshqarish mexanizmining asosini 
moliyaviy rejalashtirish tashkil etadi. Moliyaviy rejalashtirish o‘zida 
korxonalar rivojlanishini zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash 
bo‘yicha me’yoriy reja ko‘rsatkichlarini va joriy moliya yili hamda 
istiqboldagi 
moliyaviy 
faoliyatining 
samarali 
rivojlantirish 
yo‘nalishlarini aks ettiradi. Moliyaviy rejalashtirishning barcha tizimi 
o‘zaro aloqada bo‘lib, ulardan aniq ketma-ketlikda foydalaniladi. 
Moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish tizimi ishlab chiqilgan strategiya 
va moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo‘yicha moliyaviy siyosat 
negizida amalga oshiriladi. Bu rejalashtirish tizimining vazifasi joriy 
moliyaviy rejaning aniq shakllarini ishlab chiqishdan, korxona 
rivojlanishi oldida turgan barcha moliyalashtirish manbalarini 
aniqlashdan, daromadlar va xarajatlar tarkibini aniqlashtirishdan, 
korxonaning doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlashdan, rejalashtirilgan 


402 
davrda uning aktivlari va kapitallari tarkibini optimallashtirishdan 
iboratdir. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish