Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining mohiyati, ahamiyati va tarkibi.
2. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo‘nalishlari.
3. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini ko‘paytirish va uning tovarlilik
darajasini oshirish yo‘llari.
391
17-BOB: QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHINI
REJALASHTIRISH
1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari.
2. Qishloq xo‘jalik korxonalarida qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari.
3. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yillik ishlab chiqarish biznes-rejasi.
Tayanch so‘zlar:
rejalashtirish, rejalashtirish tamoyillari, rejalashtirish
uslubiyati, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan rejalar, biznes reja.
1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik ko‘rsatkichlari
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va nisbatlarni ta’minlash, rivojlanish
yo‘llari va sur’atlari, tarmoqlar va bo‘linmalar, takror ishlab
chiqarishning asosiy bo‘g‘inlari o‘rtasida to‘g‘ri mutanosiblikni
shakllantirish jarayoniga rejalashtirish deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasi va uning ichki ishlab chiqarish
bo‘linmalari hamda tarmoqlari faoliyatini ifoda etuvchi rejalar ichki
xo‘jalik rejalari deb ataladi. Rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona
faoliyatini uzluksiz va jadal rivojlantirish, tarmoqlar o‘rtasida zarur
mutanosiblikni ta’minlash orqali ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishni ta’minlashdan iborat.
Rejalashtirishning ahamiyati to‘g‘risida gap ketganda, amerikalik davlat
arbobi B.Franklinning quyidagi fikrini keltirib o‘tish maqsadga
muvofiqdir: “Muvaffaqiyatsiz rejalashtirish – bu muvaffaqiyatsizlikni
rejalashtirishdir” (“
Fail to planning is planning to fail
”). Darhaqiqat,
korxonalarda rejalashtirish jarayoniga mas’uliyat bilan yondoshish talab
etiladi. Chunki, to‘g‘ri rejalashtirish muvaffaqiyatga erishishning
asosidir.
Qishloq
xo‘jaligi
korxonalari
faoliyatini
rejalashtirish
quyidagi tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi:
392
•
rejalarning realligi.
Bu tamoyilga rioya qilmaslik rejalashtirishni
ma’nosiz qilib qo‘yadi, chunki rejaning biror soha va korxonada
bajarilmay qolishi, u bilan bog‘liq bo‘lgan soha shartnomalari
bajarilmay qolishiga, jarimalar to‘lashga, ishonchni yo‘qotishga olib
keladi.
•
ilmiy jihatdan asoslanganligi. Rejalar bajarilishi uchun ular ilmiy
jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Rejalar jamiyatni va ishlab
chiqarishni
rivojlantirishning
obyektiv
iqtisodiy
qonunlari
va
qonuniyatlariga mos kelishi, fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlariga,
tabiiy, iqtisodiy va mahalliy shart-sharoitlarga, ilg‘orlar tajribalariga
tayanishi va korxonaning mavjud resurs salohiyatiga asoslanishi lozim.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi rejalashtirishda ilmiy tadqiqot institutlari
tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlardan foydalanilishi muhm
hisoblanadi.
•
uzviylik va o‘zaro bog‘liqlik. Ushbu tamoyilga
ko‘ra strategik,
tarmoqda tuzilayotgan istiqbolli, joriy va operativ rejalar o‘zaro bir-biri
bilan bog‘liq, bir-birini to‘ldiradigan holda tuzilishi va mamlakatning
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti rejasi bilan bog‘liqligi ta’minlanishi
kerak.
•
mutanosiblik
va
muvozanatlilik.
Ushbu
tamoyil mamlakat
iqtisodiyotining tarmoqlarini mutanosib va uyg‘un rivojlantirish
qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Unga ko‘ra korxona faoliyatining barcha
sohalarini tashkil qilish yagona uyg‘unlikda va mutanosiblikda amalga
oshiriladi. Buning uchun tarmoqlararo mehnat, moddiy va moliyaviy
resurslar balanslari tuziladi.
•
reja intizomiga to‘la rioya qilish va uni operativ nazorat
qilish.
Rejalarni amalga oshirish jarayonida turli sabablarga ko‘ra reja
ko‘rsatkichlaridan chetga chiqishlar va belgilangan vazifalarning
bajarilmay qolish ehtimollari vujudga kelishi mumkin. Shu tufayli reja
ko‘rsatkichlarining bajarilishini doimo nazorat qilib borish, yo‘l
qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, zarur ichki
imkoniyatlarni qidirib topish va zarur bo‘lganda reja ko`rsatkichlariga
tuzatishlar kiritib borish talab etiladi.
393
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish qoidalar,
yo‘llari va usullari yig‘indisi rejalashtirish uslubiyotini tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida rejalarni tuzishda quyidagi usullardan
foydalaniladi:
•
balans usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |