385
foydalanish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash, xo‘jaliklararo
va ichki xo‘jalik sug‘orish tizimining holatini yaxshilash orqali tejalgan
suv resurslaridan foydalangan holda ekin maydonlarini ko‘paytirish
mumkin. Bu borada mamlakatimiz hukumati tomonidan izchil islohotlar
amalga oshirilmoqda, jumladan, sug‘orishning tejamli usullaridan
foydalangan holda sug‘oriladigan maydonlarni ko‘paytirishga e’tibor
berilmoqda. Bunda tomchilatib sug‘orish usullarini qishloq xo‘jaligiga
joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Chorva mollari bosh
sonini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor berilmoqda.
b) intensiv usul, ya’ni sifat usuli. Bunda foydalanilayotgan
yerlarning unumdorligini oshirish,
fan-texnika yutuqlari, samarali
texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali mavjud
resurslardan oqilona foydalanish, ularning unumdorligini yuksaltirish,
urug‘chilik va naslchilik ishlarini rivojlantirish asosida qishloq xo‘jalik
ekinlari hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligini oshirish
orqali yalpi mahsulot miqdorini ko‘paytirishga erishiladi. Qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining hajmini ko‘paytirish
va sifatini yaxshilash
asosan intensiv usulda bo‘lishi, ya’ni fan-texnika yutuqlari va ilg‘or
texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva mollarining
zotlarini, o‘simliklar navlarini yaxshilash orqali bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini intensiv usulda rivojlantirish
bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud. Qishloq xo‘jalik
ekinlari hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini yanada oshirish
mumkin. Buning uchun, avvalo, qishloq xo‘jaligini
intensiv
rivojlantirish, tarmoqda mehnat qiluvchilarning moddiy va ma’naviy
manfaatdorligini oshirish lozim.
Qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishda
yerlardan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
Surxondaryo viloyati sharoitida yerdan bir yilda ikki-uch marotaba hosil
olish imkoniyatlari mavjud. Qish oylarida ham ko‘katlar yetishtirish,
sabzavot, poliz ekinlarini plyonka ostiga ekish va boshqa shu kabi
tadbirlar orqali qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini oshirish hamda shu
orqali yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishish lozim.
386
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor
talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish lozim. Buning uchun
avvalo, qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zida marketing masalalari
bilan muntazam shug‘ullanadigan guruhlar yoki bo‘limlarni
tashkil
etish, ularni bozor konyunkturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan
muntazam ta’minlash zarur. Shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
sotib olish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarning, korxonalarning
faoliyatini rivojlantirish, ularning bo‘limlarini ishlab chiqarishga
yaqinlashtirish
kerak.
Shundagina
ortiqcha
xarajatlarga,
nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi: qishloq xo‘jalik korxonalari tez
buziladigan mahsulotlarni uzoq masofadagi zavodlarga tashib, vaqtdan
yutqazmaydi, ortiqcha xarajatlar
qilmaydi va mahsulot sifati
yomonlashmaydi, mahsulotlarning ko‘proq, tezroq, arzonroq sotilishi
ta’minlanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish jarayonini bozor
iqtisodiyoti talablari asosida takomillashtirish lozim. Bundan tashqari
qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini sotish
bilan shug‘ullanuvchi uyushmalar, agrofirmalar tashkil etishlari
mumkin. Uyushmaga
kiruvchilar uchun erkin, qulay sharoitlar
yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlarni sotishda erkin
raqobatli bozor vujudga kelishida va sotish jarayonini to‘g‘ri tashkil
etishda muhim o‘rin tutadi. Natijada qishloq xo‘jalik korxonalari bozor
konyunkturasini o‘rganib, marketing tadqiqotlarini o‘tkazgan holda
mahsulotlarini sotish va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yalpi
va
tovar
mahsulotlarining
ko‘payishi
o‘z navbatida
daromadlarning oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: