Meva-sabzavotlar eksporti to‘g‘risidagi ma’lumotlar
(mln. AQSh dollari)
2016
2017
2018
2019
Meva va rezavorlar
217,4
254,4
357,7
406,8
Sabzavotlar
183,6
217,7
307,7
549,7
Uzum
142,1
159,5
179,7
223,7
Yeryong‘oq
9,3
10,6
22,9
14,4
Yangi qovun va tarvuz
2,0
3,3
6,5
13,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2016-2019-yillar
mobaynida meva-sabzavotlar eksporti o‘sish tendensiyasida bo‘lgan.
Faqat yeryong‘oq eksporti 2019-yilda 2018-yilga nisbatan kamaygan.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari
eksportini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida
e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan chegaradosh
hududidagi 26,0 gektar maydonida “Termiz xalqaro savdo markazi”
erkin savdo zonasi hududi tashkil etilmoqda. Ushbu erkin savdo
zonasida logistika, xizmat ko‘rsatish, savdo, ijtimoiy xizmatlar va
yordamchi binolardan iborat majmua barpo etilmoqda. Afg‘oniston
381
Islom Respublikasi fuqarolari hamda ushbu davlat hududidan kiruvchi
boshqa davlat fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘n
kun davomida xalqaro savdo markazi hududida bo‘lib, savdo faoliyati
olib borishi, davolanishi va madaniy hordiq chiqarishi mumkin.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan yaratilayotgan bu kabi chora-
tadbirlar mamlakatimizning eksport salohiyatini kuchaytiradi.
2021-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4949-sonli qarori qabul
qilindi. Unga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy
bo‘linmalarida doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablari
tashkil etiladi. 2021-yil 1-fevraldan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi
moliyalashtirish ajratiladi. 2021-yil 1-apreldan esa mahalliy eksportchi
korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor
binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil
qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Eksportni
rivojlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha xo‘jaliklarda bir vaqtda
tayyor bo‘lishi shu davrda ularning bozordagi taklifini keskin oshiradi
va tabiiy ravishda ularning narxi pasayadi. Bundan tashqari ko‘pchilik
qishloq xo‘jalik mahsulotlari tez buziluvchan bo‘lganligi sababli fermer
xo‘jaliklari mahsulot tayyor bo‘lgan paytda arzon narxlarda sotishga
majbur bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z
mahsulotlarini qayta ishlaydigan minitexnologiyalarga ega bo‘lishi
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari yurtimizda yetishtiriladigan yuqori
sifatli meva-sabzavotlarni, jumladan, olma, anor, uzum, xurmo va
boshqa shu kabi mahsulotlarni saqlab, ma’lum muddatdan so‘ng ichki va
tashqi bozorda sotish imkonini beradigan saqlash omborlarini tashkil
etish lozim. Bunda xalqimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash
bo‘yicha boy tajribasi va an’analaridan ham foydalanish mumkin. Bu
orqali nafaqat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish jarayoni
takomillashadi, balki aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan yil
davomida bir maromda ta’minlash, qish oylarida ularning narxlari
382
keskin oshib ketishining oldini olish masalalari ham o‘z yechimini
topadi.
Qishloq
xo‘jalik
korxonalari
ishlab
chiqarishi
samarali
rivojlanishini ta’minlash maqsadida yetishtirgan mahsulotlarining
ma’lum qismini o‘z ichki ehtiyojlari uchun taqsimlaydilar. Shu sababli
ko‘pgina qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi 100
foizdan
past bo‘ladi. Masalan,
qishloq
xo‘jalik korxonasida
yetishtirilgan g‘allaning bir qismi urig‘lik uchun, chorva mollariga yem-
xashak sifatida berish uchun, xo‘jalikdagi umumiy ovqatlanish
korxonasi uchun sarflanishi mumkin. Bundan tashqari xo‘jaliklar
ijtimoiy maqsadlarga, jumladan, iqtisodiy nochor oilalarga, keksalarga,
bolalar uylariga, shifoxonalarga xayriya shaklida ham o‘z mahsulotlarini
beradilar. Qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan yetishtirilgan
mahsulotlarining taqsimlanish yo‘nalishlari quyidagi ikki guruhga
ajratiladi:
a) xo‘jalikning ichki ehtiyojlari uchun;
b) ijtimoiy maqsadlarda.
Xo‘jalikning ichki ehtiyojlari uchun taqsimlashda urug‘likka,
ozuqa fondiga, mehnat haqiga, umumiy ovqatlanishga, zahira fondiga va
boshqa maqsadlarga sarflanadi. Ijtimoiy maqsadlar uchun taqsimlaganda
esa kam ta’minlangan oilalar va boquvchisini yo‘qotganlarga moddiy
yordam sifatida, bolalar bog‘chalariga, shifoxonalarga va turli
tadbirlarga homiylik sifatida sarflanishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamiz aholisining ayrim qishloq xo‘jaligi
mahsulotlariga, jumladan baliq, parranda go‘shti va boshqa ayrim
mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmayapti. Ularni chetdan
import qilish orqali ehtiyoj qondirilmoqda. Shuning uchun ushbu
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni yanada ko‘paytirish eng
dolzarb masaladir.
Hukumatimiz
tomonidan
qishloq
xo‘jalik
mahsulotlari
yetishtirishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi “Oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni
to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1047-sonli
383
Qarori, 2008-yil 20-oktabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan
maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 4041-sonli Farmoni va boshqa bir qator
me’yoriy hujjatlar shu maqsadga qaratilgan. Bundan tashqari 2009-
yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning agrar tarmog‘i samaradorligini
oshirish bo‘yicha kompleks choralar doirasida, eng avvalo, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalarni
barpo etish ishlarini jadallashtirish evaziga hisobot davrida meva-
sabzavot,
go‘sht
va
sut
mahsulotlarini
qayta
ishlovchi
minitexnologiyalar bilan jihozlangan 66 ta korxona tashkil etildi.
Umumiy maydoni 341 gektarga teng bo‘lgan yengillashtirilgan
konstruksiyali, muqobil issiqlik manbalaridan foydalanuvchi 648 ta
issiqxona tashkil etildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka
yetishtirish uchun avans ajratish, ularni xarid qilish, tayyorlash, saqlash
va ulgurji sotish bo‘yicha 13 ta hududiy ixtisoslashtirilgan
“Mevasabzavottayyorlovsavdo” kompaniyalari tashkil etildi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta
ishlash,
yetishtirilgan
mahsulotlarni
saqlash
infratuzilmasini
rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2015-yilda qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800
tonna sig‘imga ega bo‘lgan 114 ta yangi sovutish kamerasi tashkil etildi
va
modernizatsiya
qilindi.
Mamlakatimizda
meva-sabzavotlarni
saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil
davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo‘l
qo‘ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish,
narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida bozorni o‘rganib, savdo-sotiq
ishlarini rivojlantiradigan marketing bo‘limlari tashkil etib, ularni
rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda va sotishda tabiiy
sharoitlarni hamda xalqimizning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini,
albatta, e’tiborga olish zarur. Chunki ayrim mahsulotlarni yetishtirishga
tabiiy sharoitlar, ayrimlarini yetishtirishga milliy urf-odatlarimiz ta’sir
384
ko‘rsatadi. Masalan, cho‘chqachilik serdaromad soha hisoblanadi, lekin
mazkur tarmoq milliy an’analarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki
musulmon diniga mansub bo‘lgan aholi cho‘chqa go‘shtini, cho‘chqa
go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olmaydi, chunki ularni
iste’mol qilmaydi. Lekin un, non mahsulotlarini, guruchni ko‘proq sotib
oladi. Demak, mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotishda
aholining milliy xususiyatlarini ham e’tiborga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |