Iqtisodiyoti


 Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorlik darajasiga 
bir qancha omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar: 

qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, ulardan foydalanish darajasi; 

xo‘jaliklarning ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik va 
ulardan foydalanish darajasi; 

mehnat 
resurslaridan 
foydalanishning 
holati 
va 
mehnat 
unumdorligi darajasi; 

ishlab chiqarishning intensivlashganlik darajasi; 

qishloq 
xo‘jaligi 
ekinlarining 
hosildorligi 
va 
chorva 
hayvonlarining mahsuldorligi; 

baholar, soliqlar va to‘lovlar darajasi; 

suv resurslaridan foydalanishning holati; 

qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan 
ta’minlanganlik holati; 

xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorlik darajasi; 

davlat, mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablag‘ va boshqalar. 
Qishloq xo‘jaligining daromadlarini, yalpi va sof foydalarini 
kelajakda yanada ko‘paytirish uning barcha tarmoqlarida bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos keladigan tashkiliy, texnikaviy, texnologik 
hamda iqtisodiy tadbirlar tizimi hayotga o‘z vaqtida, sifatli tatbiq 
etilishini obyektiv ravishda taqozo etadi.
Qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun 
quyidagi tadbirlarga e’tibor berish lozim: 


362 
1) Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotinini ko‘paytirish va uning sifatini 
yaxshilash tadbirlari: 

ekinlarning serhosil navlarini, chorva hayvonlarining esa sermahsul 
zotlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minlash; 

yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minoti tadbirlarini 
rivojlantirish, sug‘orishning tejamkor usullarini joriy etish; 

chorva hayvonlarini sifatli ozuqa bilan ta’minlash va oziqlantirishni 
talab darajasida amalga oshirish; 

ekologiyani e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarida 
mahalliy va mineral o‘g‘itlardan hamda kimyoviy vositalardan 
maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni talab darajasida ta’minlash; 

mahsulotlarning sifatini, ularni tashish va saqlash jarayonlarini 
yaxshilash tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar. 
2) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari: 

ishlab chiqarishni samarali joylashtirish, ixtisoslashtirish va tashkil 
etishni jadallashtirish; 

yangi texnikalarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mavjud ishlab 
chiqarish vositalaridan samarali foydalanish natijasida ish jarayonlarini 
to‘liq mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish; 

ishchi-xizmatchilarni rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish; 

davr hamda moliyaviy faoliyat xarajatlarini tejash va boshqalar. 
3) Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga bozor munosabatlarini joriy etishni 
jadallashtirish tadbirlari: 

sanoat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘rtasidagi 
mutanosiblikni ta’minlash, sotish jarayonini erkinlashtirish; 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik turlarini rivojlantirish; 

investitsiyalar jalb etilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni 
joriy etish; 

qishloq xo‘jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish; 

qishloq 
xo‘jaligiga 
xorijiy 
investitsiyalarni 
jalb 
etishni 
jadallashtirish; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport 
qilishni qo‘llab-quvvatlash va hokazo. 
Bu tadbirlar, avvalo yetishtiriladigan mahsulotlar miqdorini talab 
darajasida ko‘paytirishga va ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan 
bo‘lishi zarur. Mahsulotlar miqdori ekin maydonlarini kengaytirish 
hamda ularning hosildorligini oshirish hisobiga ko‘paytirilishi mumkin. 
Ekin maydonlarini ko‘paytirish uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish talab 


363 
etiladi, lekin buning imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun asosiy 
e’tiborni ekinlarning hosildorligini oshirishga qaratish zarur. Buning 
uchun ekinlarning yangi, serhosil, tezpishar navlarini yaratish, irrigatsiya 
va melioratsiya inshootlari holatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlarni o‘z 
vaqtida amalga oshirish natijasida tuproqning unumdorligi oshishini 
ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda ekinlarni almashlab ekishni ilmiy 
asoslangan holda keng joriy etish maqsadga muvofiq. Alohida e’tibor 
ishchi-xizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilishi 
zarur.
Yuqoridagilar bilan birga ishlab chiqarish, davr hamda moliyaviy 
xarajatlarni tejab amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi texnika, ilg‘or texnologiyalarni hayotga joriy etish natijasida 
mehnat xarajatlari kamayishiga erishish mumkin. Bu jarayon ishlab 
chiqarishni 
ixtisoslashtirish, 
agrosanoat 
integratsiyasining 
rivojlantirilishi 
bilan 
bevosita 
bog‘liqdir. 
Chorva 
hayvonlari 
mahsuldorligini ham oshirish lozim, buning uchun naslchilik ishlarini 
rivojlantirish zarur. Chorva hayvonlarini to‘yimli ozuqa bilan 
ta’minlashga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu tarmoqda ham barcha 
xarajatlarni tejash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar sifatli amalga 
oshirilishini ta’minlash zarur. 
Korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda iqtisodchi 
kadrlarning ham o‘rni bor. Eng avvalo, ular yil boshida korxonaning 
biznes rejasini mukammal tuzishlari va iqtisodiy tahlil usullaridan 
foydalangan holda korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib borishi 
lozim. Amalga oshirilgan tahlil natijasida korxonada samaradorlikni 
oshirish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash 
va uni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, korxona 
rahbariyatiga taqdim etishi lozim.
Yalpi foydaning ko‘payishi mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlar tejalishini ham taqozo etadi. Shuning uchun 
mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni takomillashtirish 
lozim. Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni amalga oshirish qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligi oshishini ta’minlaydi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish