Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
 
 
 
 
 
 


355 
15-BOB: QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHINING 
IQTISODIY SAMARADORLIGI 
1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va ahamiyati.
2. 
Qishloq 
xo‘jaligida 
iqtisodiy 
samaradorlikni 
tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. 
3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari. 
Tayanch 
so‘zlar:
samaradorlik, 
daromad, 
foyda, 
sof 
foyda, 
xarajatlarning daromadliligi, rentabellik darajasi. 
1. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan korxonalar ishlab chiqarish faoliyatida har xil qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari yetishtiradilar, xizmatlarni bajaradilar. Ular 
dastavval natural shaklida hisobga olinadi, keyin ular sotiladi va bir 
qismi ichki iste’mol uchun ishlatiladi. Bunda mahsulot yetishtirish, ish 
va 
xizmatlar 
bajarish 
jarayonining 
samaradorligi 
tovar-pul 
munosabatlari yordamida aniqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – ko‘proq sof 
foydaga erishishdir. Har qanday iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda 
avvalo resurslar sarflanadi, ya’ni xarajatlar amalga oshiriladi. Ko‘proq 
sof foydaga erishish uchun esa ushbu xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish, 
sarflanayotgan xarajatlarning har bir birligini imkon qadar ko‘proq
foyda keltiradigan holda amalga oshirish talab etiladi.
Iqtisodiy samaradorlik - ma’lum davrdagi iqtisodiy faoliyat 
davomida amalga oshirilgan xarajatlar evaziga olingan sof foyda 
summasi 
bilan 
aniqlanuvchi 
muhim 
ko‘rsatkichdir. 
Iqtisodiy 
samaradorlik deganda amalga oshirilgan har bir birlik xarajat evaziga 
olingan sof foyda hajmi tushuniladi, ya’ni korxonada qilinayotgan 
xarajatlarning natijadorligini anglatadi. Sarflangan xarajatlar har bir 
birligi evaziga olingan sof foyda summasi qancha ko‘p bo‘lsa, iqtisodiy 
samaradorlik darajasi shunchalik yuqori hisoblanadi va aksincha. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yalpi mahsulot miqdorini 
ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, mahsulot tannarxini pasaytirish kabi 
chora-tadbirlar iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirishga xizmat 
qiladi. Bu esa o‘z navbatida, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, 
mahalliy va davlat budjetiga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va 


356 
nihoyat, korxona ishlab chiqarishini kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish shaklida rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Natijada ishlab 
chiqarishga yangi texnikalar, samarali texnologiyalarni joriy etish 
ta’minlanadi. Bu hol mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasini 
yuksaltirib, unumdorligi oshishini ta’minlaydi.
Demak, iqtisodiy samaradorlikning o‘sishi korxonalarning ham, 
davlatning ham iqtisodiyoti yuksalishi negizidir. Shuning uchun bu 
masalaga respublikamizda alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamiz 
hukumati tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatining 
samaradorlogini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ularga 
kredit olishda, soliqlar to‘lashda imtiyozlar yaratilmoqda, chet el 
investitsiyalarini jalb etishda yordam ko‘rsatilmoqda. Bularning barchasi 
korxonalar 
faoliyatining 
iqtsodiy 
samaradorligi 
yuksalishini 
ta’minlashga qaratilgandir. Buning uchun korxonalar o‘z faoliyatlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy, tashkiliy, texnologik hamda iqtisodiy 
tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishlari zarur.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish