Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

UFF = AFF + MFD 

 MFX 
Bunda: 
UFF
– umumxo‘jalik faoliyatdan olingan foyda; 
MFD
– moliyaviy faoliyat daromadlari; 
MFX
– moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar. 
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: 
- olingan royaltilar va sarmoya transferi; 
- O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida boshqa 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda 
qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlar 
hamda obligatsiyalar va xo‘jalikka tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
daromadlar; 
- mol-mulkni uzoq muddatga ijaraga berishdan olingan daromadlar; 
- chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs tafovuti; 
- qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va boshqalarga 
sarflangan mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar; 
- moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
- olingan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar; 
- mol-mulkni uzoq muddatga ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni 
to‘lash xarajatlari; 
- chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari 
va zararlar; 
- qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va boshqalarga 
sarflangan mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar; 


359 
- o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq 
xarajatlar; 
- moliyaviy faoliyatdan boshqa xarajatlar.
4) soliq to‘langungacha bo‘lgan foyda. Ushbu ko‘rsatkichni 
aniqlash uchun umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydaga tasodifiy 
(ko‘zda tutilmagan) daromadlarni qo‘shish va tasodifiy zararlarni ayirish 
orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 
STF = UFF + TD – TZ 
 
Bunda: 
STF
– soliq to‘langungacha bo‘lgan foyda; 
TD
– tasodifiy (ko‘zda tutilmagan) daromadlar; 
TZ
– tasodifiy zararlar. 
Tasodifiy foyda - bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega 
bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan 
chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va 
olinishi kutilmagan foydadir.
Tasodifiy zararlar - bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi 
faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida 
vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar 
moddalaridir. U yoki bu xarajat moddasining favqulodda zararlar 
moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob 
berishi kerak: 
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga mos emaslik; 
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; 
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq 
emasligi. 
Tegishli xarajat moddalarini favqulodda zararlar moddasiga 
kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishda ishlar amalga 
oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar 
xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, 
u holda iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamasdan turib qolishlar 
favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda bir 
necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerakligi to‘g‘risidagi mezonga 
mos kelmaydi.
5) sof foyda. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun soliq 
to‘langungacha bo‘lgan foydadan to‘lanadigan soliqlar summasini 
ayirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi: 


360 
SF = STF 

 ST 
 
Bunda: 
SF
– sof foyda; 
ST
– to‘lanadigan soliqlar va boshqa to‘lovlar summasi.
Sof foyda xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoluvchi foyda 
bo‘lib, u muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorlikka baho 
berishda asosan sof foyda summasiga e’tibor berish kerak.
Iqtisodiy samaradorlikka baho berishda mutlaq ko‘rsatkichlar bilan 
bir qatorda nisbiy ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan biri 
rentabelluk darajasidir. 
Rentabellik 
darajasi 
korxonalar 
faoliyatining 
iqtisodiy 
samaradorligiga baho berishda qo‘llaniladigan asosiy mezon ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Rentabellik darajasi qilingan xarajatlarning samaradorligini 
tavsiflaydi, ya’ni qilingan har bir birlik xarajat evaziga qancha sof foyda 
olinganligini ko‘rsatadi. Uning darajasini aniqlash uchun sof foydani 
tannarxga kiritilga xarajatlarga taqsimlab, natija 100 ga ko‘paytiriladi. 
Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi: 
100

=
T
SF
Rd
Bunda: Rd – rentabellik darajasi, foizda. 
Bu ko‘rsatkich yordamida korxona, tarmoq miqyosida yoki alohida 
mahsulotlar turlari bo‘yicha xarajatlarning iqtisodiy samaradorlik 
darajasi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
bu iqtisodiy samaradorlik darajasi ham shunchalik yuqori ekanligidan 
dalolat beradi. Masalan, rentabellik darajasi 20 foiz bo‘lsa, bu korxonada 
sarflangan har 1000 so‘m xarajat evaziga 200 so‘m sof foyda 
olinganligini anglatadi. 
Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga baho berishda
rentabellik me’yori ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. Ushbu 
ko‘rsatkichni 
aniqlash 
uchun 
sof 
foyda 
summasi 
xo‘jalikda 
foydalanilayotgan barcha ishlab chiqarish fondlari umumiy qiymatiga 
taqsimlanadi va natija 100 ga ko‘paytiriladi. Bunda quyidagi tenglikdan 
foydalaniladi: 
100

+
=
AFq
OFq
SF
Rm


361 
Bunda: Rm – rentabellik me’yori, foizda; 
OFq
– aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda; 
AFq
– asosiy fondarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda; 

Bu ko‘rsatkich korxonada sarflangan barcha ishlab chiqarish 
fondlarining bir birligi evaziga qancha sof foyda olinganligini anglatadi. 
Hukumatimiz tomonidan barcha tarmoqlarda bo‘lgani singari 
qishloq xo‘jaligida ham iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha 
islohotlar izchil amalga oshirilmoqda va bu o‘zining ijobiy natijalarini 
bermoqda. Jumladan, ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanish 
natijasida tarmoqning yalpi mahsuloti hajmi oshmoqda va samaradorlik 
darajasi ham yaxshilanib bormoqda.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish