Iqtisodiyoti


Turli tadbirkorlik shakllarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Turli tadbirkorlik shakllarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining 
hosildorlik darajasi, sentner/gektar 
2016 
2017 
2018 
2019 
Fermer xo‘jaliklari 
Don va dukkakli don 
43,7 
37,9 
37,0 
43,4 
Kartoshka 
212,9 
178,1 
154,9 
168,2 
Sabzavotlar 
258,9 
212,0 
178,9 
200,5 
Poliz 
197,4 
169,8 
139,6 
134,1 
Dehqon xo‘jaliklari 
Don va dukkakli don 
56,9 
54,6 
51,9 
39,3 
Kartoshka 
228,7 
225,3 
238,2 
237,9 
Sabzavotlar 
280,8 
272,8 
266,3 
253,1 
Poliz 
226,7 
233,3 
243,3 
229,4 
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 
Don va dukkakli don 
27,7 
27,1 
25,9 
35,8 
Kartoshka 
205,0 
91,4 
118,0 
150,8 
Sabzavotlar 
171,6 
206,4 
106,0 
125,3 
Poliz 
145,9 
67,9 
67,5 
82,8 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida 
agrofirmalarning 
ham alohida 
o‘rni bor. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘yicha 200 dan ortiq 
agrofirmalar faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi “Surxondaryo viloyatida dehqon 
xo‘jaliklarining 
imkoniyatlaridan 
samarali 
foydalanishga 
doir 
qo‘shimcha 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi 
382-sonli 
qarorida 
Surxondaryo viloyatining har bir tumanida Kichik biznes subyektlari
xususiy tadbirkorlik va fermer xo‘jaliklari eksportini qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi va “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida 
mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirmalar 2016-yilning 10-


195 
dekabrigacha tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Ushbu qarorda 
yangidan tashkil etiladigan agrofirmalarning asosiy vazifalari etib 
quyidagilar belgilangan edi: 
-dehqon xo‘jaliklarining yer va mehnat resurslaridan samarali 
foydalanishni ta’minlash maqsadida ular bilan o‘zaro hamkorlikni 
tashkil etish, eksport salohiyatini ko‘paytirish va qishloq aholisi 
bandligini oshirish; 
- ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva-sabzavot 
mahsulotlari yetishtirishga buyurtmalarni joylashtirish; 
- dehqon xo‘jaliklarini urug‘lik fondi, ekish materiallari. mineral 
o‘g‘itlar va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash; 
- meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, 
saralash, kalibrlash, o‘rab-joylash, shuningdek, eksportdan oldin 
tayyorlash; 
- dehqon xo‘jaliklari bilan birgalikda issiqxonalar va sovutish 
kameralari, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi 
quvvatlarni tashkil etish; 
- “O‘zbekoziqovqatxoding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda 
respublika shaharlarida va tashqi sotish bozorlarida meva-sabzavot 
mahsulotlarini sotish tizimini tashkil etish. 
Mazkur qarorda tashkil etilayotgan agrofirmalarning har biriga ular 
tashkil etilgandan keyin bir oy muddatda ularning samarali faoliyat 
ko‘rsatishi, shu jumladan aylanma mablag‘lar shakllantirilishi uchun TIF 
Milliy banki tomonidan ikki milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda 
imtiyozli kredit ajratilishi nazarda tutilgan edi. Shuningdek, import 
bo‘yicha asbob-uskunalar, texnologiyalar xarid qilish va qo‘shimcha 
xizmatlar uchun haq to‘lashga kreditlar berish uchun hukumatlararo 
shartnomalar 
va 
davlat 
dasturlari 
doirasida 
O‘zbekiston 
Respublikasining davlat kafolatlari berilmasdan jalb etilgan xorijiy 
kredit liniyalari mablag‘larini yo‘naltirish mo‘ljallangan edi. 
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 
hamda Kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlik va fermer 
xo‘jaliklari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi birgalikda dehqon 
xo‘jaliklarida 

sotixdan 
10 
sotixgacha 
maydonda 
yengil 
konstruksiyalardan foydalanib issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha 
namunaviy biznes-rejani ikki oy muddatda ishlab chiqishi, unda 
Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 
eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot ekinlarini joylashtirishga, 
navlarni sifatli tanlashga e’tibor berish, urug‘lik va ekish materiali 


196 
yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilash nazarda tutilishi ko‘rsatib 
o‘tilgan edi.
Viloyatda tashkil etilayotgan agrofirmalarga ularning ustav fondi 
miqdoridan qat’i nazar, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari va uzum 
bilan ulgurji savdo qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan 
bo‘lib, bu mintaqada qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi shakllanishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart kuni xalq 
bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar 
bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida “Paxta va 
to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish fikrini ilgari surdi. Unda 
O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning 
ilmiy asoslari ko‘rsatib berildi.
Klasterlarni shakllantirishdan maqsad – shahar, tuman va viloyat 
ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona 
texnologik zanjirda bo‘lgan ta’lim, ilmiy, injiniring, konsalting
standartlashtirish, 
sertifikatlashtirish 
va 
boshqa 
xizmatlarni 
uyg‘unlashtirish – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida 
raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlarida klaster tizimi yaxshi samara bermoqda. Xususan, 
shuning natijasida paxtachilikka yangi texnologiyalar kirib keldi, 
moddiy 
manfaatdorlik 
oshdi. 
2020-yil 
holatiga 
paxta 
ekin 
maydonlarining 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar faoliyat 
yuritmoqda.
Respublikamizda mustaqillikkacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jalik 
tarmog‘ida xorijiy kapital asosida tashkil etilgan korxonalar va xorijiy 
investitsiya ishtirokidagi qo‘shma korxonalar mavjud bo‘lmagan. 
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng erkin bozor munosabatlari barpo 
etilishi mulkchilikning shu turini va unga asoslangan tadbirkorlik 
shaklini tashkil etish hamda faoliyat yuritishi uchun huquqiy, iqtisodiy 
asoslar yaratib berildi. Ularda qo‘shma tadbirkorlik mulkdorlarning 
moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan tashkil etilishi 
ta’kidlangan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida qo‘shma 
korxonalarning tashkil etilishi va ularning faoliyat yuritishi talab 
darajasida emas. Vaholanki hukumatimiz tomonidan xorijiy investorlar 
uchun barcha huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan. 
Jumladan, chet ellik tadbirkorlarning qonun doirasida erkin faoliyat 
yuritish va mulkiga egalik qilish kafolati ta’minlangan. Respublikamizda 
ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi chet ellik tadbirkorlarga 


197 
soliq hamda bojxona to‘lovlariga oid ko‘plab imtiyozlar ham joriy 
etilgan. Xorijiy investorlarni mazkur imkoniyat va shart-sharoitlar bilan 
tanishtirish orqali ularni mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga kengroq jalb 
etishga erishish lozim.
Kelajakda mamlakatimizda chet ellik tadbirkorlarga yanada qulay 
investitsion muhitni yaratib, ularni qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga kengroq 
jalb etish va ularning sarmoyalari evaziga mazkur tarmoqqa zamonaviy 
texnologiyalarni jalb etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash 
hajmini keskin oshirish muhim vazifalardan biridir. Qishloq xo‘jaligik 
mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetishtirilayotgan mahsulotlarni qayta 
ishlash, ularni iste’mol uchun tayyor bo‘lgan mahsulotlarga aylantirish 
uchun turli xildagi qo‘shma korxonalarni tashkil etish mumkin. Bu 
jarayon mamlakat qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalar, ilg‘or, samarali 
texnologiyalar kirib kelishini ta’minlaydigan chet el valyutalari oqimini 
ko‘paytiradi. 
Natijada 
tarmoqning 
moddiy-texnika 
bazasi 
mustahkamlanib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va maqsadga 
muvofiq joylashishi ta’minlanadi. Qishloq xo‘jaligida qo‘shma 
korxonalarning tashkil etilishi xalqaro miqyosda mehnat taqsimotini 
rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular tufayli qo‘shimcha ish 
joylari tashkil etilib, aholini ish bilan ta’minlash muammosi hal 
qilinishiga ma’lum darajada ulush qo‘shiladi. Bu korxonalarda faoliyat 
ko‘rsatayotganlarning moddiy sharoiti yaxshilanishini ta’minlaydi. 
Pirovard natijada aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanish darajasi 
yuksalib, turmush darajasi oshadi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish