Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda
dehqon xo‘jaliklarining ulushi, barcha toifadagi xo‘jaliklarga
nisbatan foizda
Mahsulotlar
2016
2017
2018
2019
Don va dukkakli don
18,3
19,7
18,6
11,8
Kartoshka
80,0
84,0
84,6
82,2
Sabzavotlar
66,7
69,4
71,8
66,7
Meva va rezavorlar
58,9
61,3
59,8
58,2
Go‘sht
94,4
93,9
92,0
90,2
Sut
95,6
95,9
95,5
94,8
Tuxum
57,3
63,5
58,1
57,8
Jun
85,4
89,2
88,3
86,7
Qorako‘l teri
83,7
84,3
83,3
84,8
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, dehqon
xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdagi
ulushi keyingi yillarda kamaymoqda.
Mamlakatimizda
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlari
ishlab
chiqarishning tarkibi 7.5-jadvalda keltirilgan.
192
7.5-jadval
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibi,
foizda
Yillar
Barcha
toifadagi
xo‘jaliklar
Shu jumladan:
Fermer
xo‘jaliklari
Dehqon
xo‘jaliklari
Qishloq xo‘jaligi
faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlar
Jami
2016
100,0
29,7
68,0
2,3
2017
100,0
29,3
68,4
2,3
2018
100,0
26,0
71,2
2,8
2019
100,0
27,9
68,3
3,8
Dehqonchilik
2016
100,0
52,0
46,4
1,6
2017
100,0
49,2
49,1
1,7
2018
100,0
45,3
52,2
2,5
2019
100,0
49,2
46,8
4,0
Chorvachilik
2016
100,0
3,9
92,9
3,2
2017
100,0
3,7
93,1
3,2
2018
100,0
4,6
92,3
3,1
2019
100,0
5,1
91,2
3,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibida dehqon
xo‘jaliklari yuqori salmoqqa ega bo‘lmoqdalar. Jumladan, 2019-yil
holatiga
mamlakatimizda
yetishtirilgan
jami
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarining 68,3 foizi dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon
xo‘jaliklarining
ulushi
juda
yuqori.
2019-yilda
chorvachilik
mahsulotlarining
91,2
foizi
dehqon
xo‘jaliklari
tomonidan
193
yetishtirilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, qishloq o‘jalik mahsulotlari
yetishtirishda, ayniqsa chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning
tarkibini takomillashtirish lozim. Fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi
faoliyatini
amalga
oshiruvchi tashkilotlarda
ham
chorvachilik
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda yirik ishlab
chiqaruvchilar quyidagi ustunliklarga ega bo‘ladi:
•
ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va shu orqali mehnat
unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda mahsulot
sifatini yanada yaxshilash mumkin;
•
ishlab chiqarish jarayoniga fan yutuqlarini joriy etish, ilmiy
tadqiqotlar (R&D – Research and Development) bilan shug‘ullanish
uchun mablag‘lar ajratish hamda shu orqali o‘z faoliyatini
takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish imkoniyatining mavjudligi;
•
chorvachilik tarmog‘ida chorva mollarini ilmiy asoslangan
ratsionlar asosida ozuqa bilan ta’minlash uchun zarur miqdordagi
ozuqani g‘amlash imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga
oshirilayotgan islohotlar natijasida chorvachilik mahsulotlari ishlab
chiqarishda fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlarning ulushi o‘sish tendensiyasidadir.
Turli tadbirkorlik shakllarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining
hosildorlik darajasi 7.6-jadvalda keltirilgan.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, dehqon
xo‘jaliklarida deyarli barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining
hosildorlik darajasi boshqa turdagi xo‘jaliklarga nisbatan yuqori. Chunki
ushbu tadbirkorlik shaklida mulkka egalik hissi va moddiy
manfaatdorlik ancha yuqori, ular o‘z mehnatlari natijalariga o‘zlari
egalik qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda barcha turdagi
tadbirkorlik shakllarida moddiy manfaatdorlikni oshirish, mulkdorlik
hissini rivojlantirish, faoliyat erkinligini ta’minlash kabi chora-
tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.

194
hissini rivojlantirish, faoliyat erkinligini ta’minlash kabi chora-
tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
7.6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |