155
g) mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash
uchun haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur:
YM
MS
Mu
=
Bunda:
MS
– ma’lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni,
kishi-
soat;
YM
– ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori
yoki qiymati.
Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan bir birlik (sentner, tonna, so‘m)
mahsulot uchun qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu
ko‘rsatkich mehnat sig‘imi ham deyiladi va mehnatni tejash iqtisodiy
qonunining talabidir.
Amaliyotda esa mehnat unumdorligi haqiqatda ishlab chiqarilgan
mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga
sarflangan ish vaqtiga taqsimlash orqali aniqlanadi:
MS
YM
Mu
=
Mazkur ko‘rsatkich sarflangan bir birlik (kishi-kuni, kishi-soat)
mehnat sarfi evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, xizmatlar
bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Bu
ikki usul bir-birini inkor
etmaydi, balki to‘ldiradi. Mahsulot birligiga sarflangan mehnat miqdori
kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat sarfi evaziga yetishtirilgan
mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat
beradi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligida ayrim
mahsulot turlari bo‘yicha hamda xo‘jalik miqyosida natural hamda
qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir
necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Shunda qishloq xo‘jalik
mahsulotlari baholari
o‘zgarishining mehnat unumdorligi o‘zgarishiga ta’siri bartaraf etiladi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishida
qatnashayotgan
mehnat
resurslaridan
qanday
foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik
darajasi aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.
Shunga asoslangan holda kelajakda mehnat resurslaridan
foydalanishni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning
unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi
belgilanadi.
156
h) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida band bo‘lgan mehnat resurslarining
salmog‘i. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun tarmoqda band bo‘lgan
mehnat resurslari soni mamlakat miqyosida band bo‘lgan mehnat
resurslari soniga taqsimlanadi va natija 100 ga ko‘paytiriladi. Uni
aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
100
x
MMRus
TBMR
TMRs
=
Bunda:
TBMR
– tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy
soni;
MMRus
– mamlakat miqyosida mehnat resurslarining umumiy
soni.
Ushbu ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band
bo‘lgan mehnat resurslarining mamlakat
mehnat resurslari umumiy
sonidagi salmog‘i aniqlanib, tahlil qilinishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkich
tarmoqdagi mehnat resurslarining mehnat unumdorligiga baho berishda
ham foydalanilishi mumkin. Masalan, 2020-yil 1-yanvar holatiga
mamlakatimiz aholisining 49,5 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va
2019-yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar jami soni tarkibida qishloq
xo‘jaligining ulushi 26,2 foizni tashkil etgan. Niderlandiyada esa
aholining 8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot
tarmoqlarida band bo‘lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo‘jaligi
tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. Niderlandiya qishloq xo‘jalik
mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu
Niderlandiyada qishloq xo‘jaligi tarmog‘i intensiv rivojlanganligidan,
qishloq
xo‘jaligi
tarmog‘i
moddiy-texnika
bazasining
mustahkamlanganligi,
zamonaviy
texnika
va
texnologiyalar,
innovatsiyalardan foydalanilishi natijasida
mehnat unumdorligining
yuqori bo‘lishiga erishilganligidan dalolat beradi. Ushbu ko‘rsatkich
bo‘yicha AQSh, Isroil, Germaniya va boshqa shu kabi qishloq xo‘jaligi
intensiv rivojlangan mamlakatlarda ham yuqori natijalarga erishilgan.
Intensiv texnologiyalar qo‘llanilishi natijasida qishloq xo‘jaligi
tarmog‘idan bo‘shayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash
uchun qishloq joylarda tadbirkorlikning boshqa shakllarini, sanoat va
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish lozim.
Mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar
hisoblanadi. Qonuniy jihatdan ishsiz hisoblanishi uchun ular o‘zlari
istiqomat qiladigan hududdagi bandlikka ko‘maklashish markazlariga
murojaat etishi zarur. Bandlikka ko‘maklashish markazi murojaat etgan
ishsizlarni belgilangan tartibda ro‘yxatga olib, ularga mutaxassisligi
157
bo‘yicha ish topib bera olmasa, ularga ishsiz maqomini beradi.
Ishsiz
maqomini olgan fuqaro esa ijtimoiy jihatdan himoyalanishi uchun unga
belgilangan miqdordagi mablag‘ ma’lum davr mobaynida berib boriladi.
Bandlikka
ko‘maklashish
markazlari
ish
bilan
ta’minlanmaganlarga tumandagi imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda
malakasini oshirish yoki kasblarini o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarni
amalga oshiradi. Shular natijasida ularning ish bilan ta’minlanishi
yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti
yuksalishini ta’minlaydi.
Qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi
tarmoqdagi mehnat resurslarining ma’lum bir qismini sanoat va boshqa
tarmoqlarga o‘tishiga ta’sir etmoqda. Shu orqali qishloq joylardagi
mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi oshirilmoqda.
Tarmoqda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga
jalb etish, ularning mehnatlari unumdorligini
yuksaltirishda moddiy
hamda ma’naviy rag‘batlantirishning, ya’ni ularning mehnatlariga
yarasha haq to‘lash, yaxshi ishlaganlarni esa rag‘batlantirishning
ahamiyati ulkan. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimiz
miqyosida mehnatga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori
belgilanadi. Uning yuqori darajasi esa xo‘jaliklarning iqtisodiy
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamda ishchi-xizmatchilarning
qobiliyatlariga, imkoniyatlariga va tashabbuskorligiga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: