Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarning



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarning 
asosiy boshqichlari va yo‘nalishlari.
Mustaqillikning ilk davridan boshlab mamlakatimiz qishloq 
xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni ma’lum xususiyatlariga 
qarab turli bosqichlarga ajratish mumkin. Bizning fikrimizcha, qishloq 
xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi asosiy 
bosqichlarga ajratish mumkin: 
- 1991-1995-yillar. Ushbu davr mobaynida tarmoqda amalga 
oshiriladigan islohotlarning huquqiy asoslari ishlab chiqildi, davlat 
mulkini davlat tasarrufidan chiqarish amalga oshirildi. Shu yillar 
mobaynida davlat tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarini 
xususiylashtirish tugallandi. Tarmoqda faoliyat yuritib kelgan davlat 
xo‘jaliklari va chorvachilik fermalari xususiylashtirildi. Qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘ida jamoa mulkiga asoslangan tadbirkorlik shakllariga 
ustuvorlik berildi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirish hajmi kamayish tendensiyasida bo‘lgan. Chunki 
sobiq ittifoq davrida qo‘shni respublikalar bilan o‘rnatilgan iqtisodiy 
aloqalarning mustaqillikka erishilgandan so‘ng barham topishi, 
mamlakatimizda yangicha iqtisodiy tizimni barpo etish bo‘yicha 
islohotlarning boshlanishi va boshqa shu kabi omillar ta’sirida 1991-
1995-yillar mobaynida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 
11 foizga kamaygan. 
- 1996-2007-yillar. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilgan 
islohotlarning ushbu davrida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, 
iqtisodiy o‘sishga erishish bilan tavsiflanadi. Mamlakatimiz qishloq 
xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1996-yildan boshlab o‘sish 
tendensiyasiga o‘zgardi. Tarmoqda faoliyat yurituvchi xo‘jalik yuritish 
shakllarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 
bilan shug‘ullanuvchilarda haqiqiy mulkdorlik hissini ta’minlashga 
e’tibor berildi. Shu maqsadda faoliyat yuritib kelayotgan jamoa 
xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklarini tashkil etildi. Shirkat 
xo‘jaliklari ham kutilgan natijani bermagandan so‘ng ularning negizida 
fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularni rivojlantirish bo‘yicha 
islohotlar keng qamrovda amalga oshirildi. Bundan tashqari, davlat 
buyurtmasi asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni 
moliyalashtirish tizimi takomillashtirildi. 
- 2008-2016-yillar. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishi 
va mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturining ishlab 


21 
chiqilishi bilan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ham tub islohotlar belgilab 
berildi. Jumladan, fermer xo‘jaliklariga ajratib berilgan yer maydonlarini 
optimallashtirish bo‘yicha tegishli islohotlar amalga oshirila boshlandi, 
qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash chora-
tadbirlari kuchaytirildi. Bundan tashqari ushbu bosqichda qishloq 
joylarda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha ham islohotlar 
boshlandi, ya’ni qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar 
qurilishi ishlari boshlangan edi.
- 2017-yildan hozirgi vaqtgacha. Tarmoqda amalga oshirilayotgan 
islohotlarning ushbu bosqichi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida tub 
burilish davri bo‘lib, tarmoqqa bozor munosabatlarinig keng joriy 
etilishi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi 
bilan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini intensiv rivojlantirish maqsadida 
tarmoqda tadbirkorlikning yangi shakli bo‘lgan klasterlar tashkil etila 
boshlandi, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalardan keng 
foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish, resurs tejamkor texnologiyalar 
va usullarni joriy etishga e’tibor kuchaytirildi. Bundan tashqari, 
tarmoqda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarining 
faoliyat erkinligini ta’minlash, tarmoqda bozor munosabatlarini joriy 
etish maqsadida paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmalarining bekor 
qilinishi muhim islohotlardan biri hisoblanadi. Fermer xo‘jaliklarining 
faoliyatini diversifikatsiyalash, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini 
tashkil etish, ularda bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik kabi 
yo‘nalishlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor berila 
boshlandi. Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq 
aholisi daromadlarini oshirish maqsadida dehqon xo‘jaliklarida ham 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida aholiga imtiyozli shartlar asosida kreditlar berish ko‘lami 
kengaytirildi. 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni 
quyidagi asosiy yo‘nalishlarga ajratish mumkin: 
-
yer va suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha 
islohotlar; 
-
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mulkiy va tarkibiy islohotlar, mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

-
qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va krеditlash sohasidagi 
islohotlar; 
-
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxi shakllanishi va uni 
erkinlashtirish bo‘yicha islohotlar; 


22 
-
qishloq xo‘jaligida soliqqa tortish va to‘lash mexanizmini 
soddalashtirish bo‘yicha islohotlar;
 
-
qishloq xo‘jaligida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish hamda resurs 
tejamkor innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha islohotlar; 
-
qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini takomillashtirish sohasidagi 
islohotlar. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish