2 Iqtisodiy tizimlarga xos alohida belgi va xususiyatlar.
Iqtisodiyot masalalarini o‘rganishda tizimli modellashtirish, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Bu esa murakkab iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va o‘rganishga tizimli taxlil nuqtai nazaridan yondashish zarurligini anglatadi.
Iqtisodiy tizim deterministik, ya’ni uni aniqlovchi barcha parametrlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar mavjud bo‘lishi yoki ehtimoliy tizim, ya’ni tizimda jarayonlardagi tasodifiylik elementlari o‘z ifodasini topgan bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy tizim odatda vaqtga bog‘liq holda o‘zgaradigan dinamik tizimdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy ob’ektlarning muayyan davrdagi joylashuvini vaqtga bog‘liqsiz statik tizim deb qarash ham mumkin.
Iqtisodiy tizimlar tashqi muhit bilan ta’sirlashuvchi (ochiq) va tashqi muhit bilan ta’sirlashmovchi (yopiq) bo‘lishi mumkin. Masalan, import, eksport hisobga olinmaydigan sodda holdagi iqtisodiy tizim yopiq tizim bo‘ladi. Eksport va importni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar kiritilgan mamlakat iqtisodi ochiq tizim bo‘ladi.
Iqtisodiy tizimlar o‘zida ishlab chiqarish jarayonini, undagi almashinuvlarni, moddiy boyliklarni tarqatish va sarflashni hamda turli servis xizmatlarni qamrab olgan ehtimoliy, dinamik, moslashgan tizimlardir. Odatda iqtisodiy tizimning kiruvchi parametrlari: X – ishlab chiqarish uchun xomashyo, tabiiy resurslar, moddiy buyumlar oqimidir; chiquvchi parametrlari: U – iste’mol uchun buyumlar oqimi, uskunalar, harbiy mahsulotlar, to‘ldirish va eksport mahsulotlaridan iborat buladi (2.1-rasm).
Istalgan iqtisodiy tizim muayyan harakat parametrlari, boshqaruvdagi xatoliklar natijalari va tashqi ta’sirlar muhiti doirasida faoliyat ko‘rsatadi (2.2-rasm).
Х
resurslar
tovarlar
muhit
2.2-rasm.
Iqtisodiy tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvi parametrlari: kiruvchi parametrlar, muhim ko‘rsatkichlar, ekzogen parametrlar ( X ); chiquvchi parametrlar, natijaviy ko‘rsatkichlar, endogen parametrlar ( Y); tasodifiy omillar ( Z); boshqaruv parametrlari ( U).
Murakkab strukturali tizimlar ichki ko‘p bog‘lanishlarga ega va murakkab matematik tavsiflanadigan, chambarchas ta’sirlar va aloqalarni ifodalovchi, umumiy maqsadga xizmat qiluvchi alohida tizim ostilari kompleksidan iboratdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ko‘p pog‘onali, ko‘p darajali tizimlardir. Iqtisodiy ob’ektlarni matematik modellashtirish ishlab chiqarishdagi jarayonlarni iqtisodiy tahlil qilishni ularning matematik tahliliga keltirish va samarali qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |