Bog'liq 4. Neyronli to’rlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasi va uslubiy jihatlari.
5. Neyronli to’rlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasi va uslubiy jihatlari. NTlarni obyektlarni anglab olishga o‘rgatishning umumiy sxemasi. NTlarni obyekt(misol)larni anglab olishga o’rganish uchun tanlov zarur bo’ladi obyektlardan iborat o‘rgatuvchi bo‘ladi. Har bir obyekt kiruvchi parametrlar tasvirlanadi va oldindan ma’lum bo’lgan javoblar bilan beriladi. Masalan, tibbiy tashxislash masalasida kiruvchi parametrlar sifatida bemorning tibbiy xususiyatlaridan foydalanilsa, oldindan ma’lum bo’lgan javob sifatida unga qoyiladigan diagnoz hisoblanadi.
NTlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasini qaraylik:
O’rgatuvchi tanlovdan joriy (boshida birinchi) obyekt olinadi va uning kiruvchi parametrlari o’rgatuvchi NTlarning kiruvchi sinapslariga uzatiladi. Odatda obyektning har bir kiruvchi parametri unga mos kiruvchi sinapsga uzatiladi.
NT berilgan sondagi faktlarning bajarilishini amalga oshiradi va kiruvchi signallarning vektori neyronlar o’rtasidagi bog’lanishlar bo’yicha tarqaladi (to’g’ri ishlash).
Neyronlar yordamida hosil qilingan chiquvchi signallar deb ataluvchi signallar o’lchanadi.
Hosil qilingan signallarni izohlash amalga oshiriladi va to’r yordamida obyektda mavjud bo’lgan javobning talab etilayotgan javob bilan farqli tomonlarini xarakterlaydigan baho hisoblanadi. Bu baho mos funksiyalar baholari yordamida hisoblanadi. Baho qancha kichik bo’lsa, u holda to’r yordamida olingan javob talab qilingan javobga shuncha yaqin bo’ladi. Agar baho nolga teng bo’lsa, u holda oldindan ma’lum bo’lgan javobga erishildi deb hisoblanadi.
Agar obyeki bahosi nolga teng bo’lsa, u holda hech qanday ish amalga oshirilmaydi. Aks holda baholar asosida aloqalar matritsasining har bir sinaptikli vazni uchun tuzatish koeffitsiyeNTlari hisoblanadi, undan keyin esa sinaptikli vaznlarni moslashtirish amalga oshiriladi (teskari ishlash amalga oshiriladi). To’rlarning vaznlarini bunday to’g’rilash esa-to’rlarni obyektni anglashga o’rgatish deb ataladi.
Navbatdagi obyekt olinadi va yonidagi qadamlardagi amallar takrorlanadi. O’rgatuvchi tanlovning birinchi obyektidan oxirgi obyektigacha barcha obyektlarni tekshirish to’rni obyektlarni anglashga o’rgatishning bitta sikli deb ataladi.
Siklning bajarilishida har bir obyekt o’zining bahosiga ega bo’ladi. Bundan tashqari o’rgatuvchi tanlovdagi barcha obyektlar to’plamining yig’indi bahosi hisoblanadi. Agarda siklning bir nechta qadamidan keyin obyektlar to’plamining yig’indi bahosi nolga teng bo’lsa, u holda to’r yordamida o’rganish jarayoni to’xtaydi, aks holda sikllar takrorlanadi.
To’liq o’rgatishga erishish uchun o’rgatish sikllarining soni ko’plab faktorlarga bog’liq bo’ladi. Bu faktorlarga o’rgatuvchi tanlovning hajmi, kiruvchi parametrlarning soni, obyektning ko’rinishi, NTlar turi va parametrlari hamda to’rlar nomlanganda ushbu to’rlarda vanlarning tavakkal joylashishi kiradi.
NTlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishda yana bir muhim jihatni e’tiborga olish zarur. O’rganish yutug’i umuman ko’p hollarda to’rlardagi neyronlar soniga yoki aniqrog’i to‘rlar soniga bog’liq. Chunonchi, tamoqlardagi “tajriba” to’rlarning vaznli koefitsiyeNTlarida saqlanadi. Nazariy jihatdan neyronlar va toq sonini cheksiz ko’paytirish natijasida hamma vaqt berilgan o‘rgatuvchi tanlovda NTlarni to‘liq o‘rganishga erishish mumkin. Bu holda eng muhim masala o’rgatuvchi NTlarning nafaqat o‘rgatuvchi tanlovdagi obyektlarni, balkim o’rgatuvchi tanlovga kirmagan yangi obyektlarni ham yaxshi anglab olishi eng muhim masala hisoblanadi.