qo‘llanmoqda. Masalan:
tejamlilik, unumlilik, likvidlilik.
Masalan:
Likvidlilik koeffitsenti
quyidagi formula asosida hisoblanadi
(Kred, 63-b).
4.
O‘zbekcha –lik va forsiy –dor affikslarining birikuvidan tashkil topgan
mazkur murakkab affiks iqtisodiy terminlar tarkibida ishtirok etmoqdaki,
buni quyidagi
misollar tasdiqlay oladi:
mahsuldorlik, mulkdorlik, aktsiyadorlik, samaradorlik,
unumdorlik
va b. Yana misollarga murojaat etamiz:
Samaradorlik –ishlab chiqarish
natijasining (mahsulotning) harajatlar nisbatiga ko‘ra aniqlanadi
(Iq. N. 113).
Mahsulot
miqdorining (MM) jonli mehnat sarfiga (JM) nisbati mehnat unumdorligini MM: Jmni
ifodalaydi
(Iq. N. 113).
Shu sababli, qishloq ho‘jaligida ishlab chiqarishning yuqori
samarali industrial uslublari, ilg‘or mexanizatsiya va agroximiya usullari nihoyatda
sekinlik bilan joriy etilmoqda. Buning natijasida unumdorlik darajasi ham, mahsuldorlik
darajasi ham past bo‘lmoqda
(IK, 11).
Samaradorlik sintetik va umumlashgan
ko‘rsatkich bo‘lib, integral xarakterga ega, ya’ni o‘zida ishchi kuchi, ishlab chiqarish
fondlari, moddiy xarajatlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxlit holda ifodalaydi
(BIA, 104-b).
Xulosa qilib aytganda, hozirgi o‘zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida
morfologik usul bilan terminlar hosil qilish anchagina faoldir, chunki bu jarayonda
xilma-xil affikslardan yoki affiksoidlardan keng foydalanib kelinayapti. Demak, hozirgi
bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida yangi-yangi terminlarning
kirib kelishi iqtisodiyot
terminologiyasining boyib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Tushunchalarni ifodalash maqsadida tilning ichki rivojlanish qonunlariga amal
qilinishi isbot talab etmaydigan aksiomadir.
Bu borada, birinchi galda, tub, yasama hamda qo‘shma leksemalardan
foydalanilsa, ikkinchidan, har qanday tilning katta imkoniyatlaridan biri-mustaqil ma’noli
ikki va undan ortiq so‘zlarni bir-biri bilan grammatik jihatdan birlashtirib ifodalash
usulidan ham foydalaniladi. Natijada tushunchalarni u yoki bu tarzda ifodalashning
qamrovi yanada kengayadi. Bu esa har qanday soha va tarmoq
terminologik tizimlarida
ularning barqarorlashuviga olib keladi. Haqiqatan, borliqdagi jamiki tushunchalarni tub,
yasama, qo‘shma leksemalar vositalari bilangina ifodalab bo‘lmaydi. Ayni shunday
holatda leksemalar birikmalaridan keng foydalanishga uriniladi. Terminologiya
masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot ishlar va monografiyalarda ham birikma
terminlarning o‘rni juda muhim ekanligi qayd etilgan.
O‘zbek tilining iqtisodiyot terminologiyasida, boshqa terminologik tizimlarida
bo‘lganidek, iqtisodiy tushunchalarni birikma vositasida ifodalashning o‘ziga
xos bir
yo‘li qaror topdi. Bu hol o‘zbek tilida yuzlab iqtisodiy terminlarning paydo bo‘lishiga
olib keladi.
Misol uchun “Ishbilarmon lug‘at” ni olib ko‘raylik. Unda bosh lug‘at maqolasi
qilib olingan jami mingtaga yaqin iqtisodiy termin o‘z ifodasini topgan.
Keltirilgan dalildan iqtisodga aloqador birikma terminlarning miqdori anchagina
ekanligi ayon bo‘lib turibdi. Endi ularning grammatik jihatida yasalishi haqida gap ketar
ekan, qator masalalarni ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi.
Shundan kelib chiqib, avvalo, iqtisodga aloqador birikma terminlarni tuzilishiga
ko‘ra tahlil qilib chiqamiz.
Barcha terminologiyada ham ikki va undan ortiq komponentli birikma
terminlardan foydalanilmoqda.
Yig‘ilgan materiallarning ko‘rsatishicha, bu sohada
ikki komponentli terminlar
miqdor jihatdan ko‘pligi bilan ajralib turadi. Yana “Ishbilarmon” lug‘ati”ga murojaat
qilamiz. Lug‘atda, yuqorida qayd etilganidek, jami birikma terminga izoh berilgan bo‘lib,
uning ko‘p qismi ikki komponentlari tashkil etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: