Oligopolistik bozorda sanoqli, ozchilik firmalar va
kompaniyalar hukmron bo‘ladi
(BINA, 21-b).
31.......
Zoologiya terminlari ham iqtisod termini vazifasini
bajarib kelishi mumkin. Masalan:
o‘rmalovchi
inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi
inflyatsiya.
Masalan:
O‘rmalovchi, evida bo‘ladigan inflyatsiya. Bunda narx-navo sekin,
o‘rmalagan holda orta boshlaydi. . . .
(IN, 254).
Suzib yuruvchi inflyatsiya. Bunda narx-
navo tezroq o‘sa boshlaydi
(IN,254).
Yuguruvchi inflyatsiya yoki giperinflyatsiya. Bu
haddan tashqari inflyatsiya, narx-navoning shiddat bilan o‘sishi, pul qadrining g‘oyat
tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga
kelishi bilan xarakterlanadi
(IN,254).
Suzib yuruvchi foiz stavkalarini evrodollarli kreditlar misolida ko‘rib chiqamiz
(Kredit, 88-b)
Qisqasi, keltirilgan materiallar o‘zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida
semantik va semantik-sintetik usul, ya’ni leksik birliklarning ma’nosini ko‘chirish yo‘li
bilan ko‘plab terminlar hosil qilinganini yaqqol tasdiqlaydi. Bu jarayonda metaforaning
o‘xshatish printsipi muhim rol o‘ynaydi.
Turkiy tillarda leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo‘llaridan biri affikslar
orqali so‘z yasashdir. Bu usulning terminlar yasash ko‘lami keyingi davrlarda yanada
kengaydi, terminologik tizimga mansub terminlarning ayni shu usul bilan
yasalayotganligi shunday dalolat beradi.
Ma’lumki, terminlar ham adabiy til doirasida mavjud bo‘lgan so‘z yasash qolip
(model)lari asosida, shuningdek, derivatsion affikslar asosida yaratiladi.
Terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri adabiy tilda birmuncha
kammahsul bo‘lgan affiks, terminologiyada yoki uning biror tizimida faol yoki, aksincha,
kammahsul bo‘lishi mumkinligidir.
Masalan, o‘zbek tilining texnika terminologiyasida-
gich
affiksi o‘ta mahsuldor
bo‘lsa, tadiqot ob’ektimiz bo‘lgan iqtisodiyot terminologiyasida ushbu affiks ishtirokida
termin yasalganligini tasdiqlovchi bironta misolga ega emasmiz.
Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, terminologiyaga oid tadqiqotlardan ma’lum
bo‘lishicha, biror terminologik tizimda affiksatsiya usuli bilan terminlar yasash bir qadar
faol bo‘lsa, boshqasida esa kammahsuldir. Masalan, o‘zbek tilining texnika,
muzikashunoslik, terminologiyalarida termin yasashda ko‘plab affikslar ishtirok etgani
holda, kasalliklar, dorishunoslik, ximiya terminologiyalarida termin yasovchi
affikslarning miqdori ancha cheklangan.
Shu nuqtai nazardan va dallilardan kelib chiqib yondoshilganda, o‘zbek tili
iqtisodiy terminlarining ma’lum qismini affikslar ishtirokida yasalgan terminlar tashkil
etishi ma’lum bo‘ldi. Bu masalaga oydinlik kiritishdan oldin iqtisodiyot
terminologiyasida ishlatilayotgan tub asosli, yana noyasama terminlar ham mavjud
ekanligini ko‘rsatib o‘tish lozim bo‘ladi. Chunki ularning aksariyati yasama yoki birikma
iqtisodiy terminlar paydo bo‘lishining asosi hisoblanadi.
Hozirgi bosqichda iqtisodiyot sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni
yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma
(ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zbek tilida
morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi)terminlar kiradi. Mana
shunday tub, ya’ni noyasama iqtisodiy terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib
keltirish mumkin:
garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, daromad, narx, qarz,
raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond,
Do'stlaringiz bilan baham: |