Mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari. O‘qituvchi: Nasibaxon Komilovna Reja: - Reja:
- Ilmiy-ommabop uslub.
- Sohaviy terminlar va ularni qo‘llash xususiyatlari. Ilmiy-ommabop matnlar.
Tayanch tushunchalar:
Atama (termin), terminologik leksika, ilmiy atama, terminologik tizim, kasb-hunar atamalari.
Ma’lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus – “chegara”, logos - “fan” degani) leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning birligi termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin ma’lum bir terminlar tizimidagina termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan so`zdan farq qiladi. Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim tushunchasini ifodalaydi.
2) bitta terminologik tizimda har doim bir ma’noli bo`ladi. Masalan, ot so`zi atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”, “otmoq”, “ichmoq” ma’nolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi.
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi.
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan).
Atamalarni quyidagi mezonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin:
1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra:
a) kasb-hunar atamalari ma’lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar:
- o`qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik va h.
- duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h.
b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir.
Masalan:
- kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h.
- matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h.
- mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h.
- kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl,disk, internet va h.
2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bundatilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi atamalar bunga misol bo`la oladi.
b) chet tillardan olingan terminlar. Bundatilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga oid activator, barion, diproton, kvant;botanikaga oidazaliya, valeriana, gortenziya, magnoliya; logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi, zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi atamalar shunga misol bo`la oladi.
- Biror yozuvchi yoki badiiy asarlarining til xususiyatlarini o‘rganuvchi soha Oybek stili. “Navoiy” romanining tili va stili
2. San’atkor ijodining yoki ma’lum davr san’ati va adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, belgilari yig‘indisi: romantik stil, qasida stili, doston stili.
3. Sintaksis va umuman adabiy til me‘yorlariga mos nutq qurilishi: sodda, ravon stil; dag‘al, g‘aliz stil; stil kamchiliklari.
4. Ish – harakat, faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari: rahbarlik stili, suvda suzish stili, gapirish stili.
Chog‘ishtiring! - Chog‘ishtiring!
- - Pushti panoho, - dedi hudaychi, - xiyonatkor o‘z ixtiyori bilan kelib, domi adolatingizga taslim bo‘lmoqchi! - Xiyonatkoring kim? - Mirzo Anvar!.. (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”)
- Bu javob Xudoyorxonni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida terlar ko‘rindi, ga‘zab o‘ti alanga oldi. - Sening qog‘on ishing musulmonchilikda bormi, it uvli?! - Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga, bir kambag‘al uylanmoqchi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qiblayi olam?! - Chiqar buni, jallod!!! (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”)
- Matndagi jargonizmlar (pushti panoho), istorizmlar (hudaychi, jallod), arxaik grammatik shakl (-liq, - g‘on).
Adabiyotlar:
- Абдураҳмонов Ғ. Стилистик нормалар ҳақида//Ўзбек тили ва адабиёти, 1969, № 6, 51-б.
- Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Адабий норма ва нутқ маданияти. Т., 1983.
- Иброҳимов С. Нутқ маданияти ва адабий талаффуз ҳақида Т., 1972.
- Нутқ маданиятига оид масалалар. (Мақолалар тўплами) Т., 1973.
- Тожиев Ё., Ҳасанова Н., Тожиматов Ҳ. Йўлдошева О. Ўзбек нутқи маданияти ва услубият асослари. Т., 1994.
- Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. Т., 1983.
- Қиличев Э., Қиличев Б. Нутқ маданияти ва услубият асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент, 2006, 114 б.
- Қўнғуров Р., Каримов С. А., Қурбонов Т. Нутқ маданияти асослари. 1-2-қисм Самарқанд, 1986.
- Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. Т., 1992.
Қўчқортоев И. Адабий тилнинг стилистик табақаланиши ва нутқ маданияти // Нутқ маданиятига оид масалалар. – Тошкент, 1973, 110-б.
- E’tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |