Iqtisodiyot,boshqaruv,soliqlar va sug’urta” kafedrasi



Download 1,23 Mb.
bet9/10
Sana01.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#624248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyot Kurs ishi (3)

Ijtimoiy omillar:
- aholining qadriyatlar to’g’risida sobit tasavvurlari madaniy meroslarni asrab avaylashga bo‘lgan munosabati va diniy e’tiqodi;
- aholida shakllangan urf-odat va qadriyatlar;
- ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi;
- malakali kadrlarni tayyorlash;
- nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati;
- ekskursovod va mutaхassislarning malakasini oshirish;
- mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli va namunali xizmat ko’rsatish
2.3. COVID-19 sababli yuzaga kelgan inqirozning mahallalarga tasiri
COVID-19 ning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida quyidagi tadbirlar majmui taklif etiladi. 1. Mahallalardagi aholining iqtisodiy faolligini va bandligini tiklash bo‘yicha chora- tadbirlar 1,1. Ko‘p mehnat talab qiladigan sohalarda kichik va o‘rta biznesning tiklanishini tezlashtirishga yordam beradigan iqtisodiy siyosatga tuzatish kiritish. Bu maishiy xizmat ko‘rsatish va nooziq- ovqat mahsulotlarini sotish sohasidagi kichik biznes sub’yektlarining mahallalarda barcha sanitariya me’yorlariga amal qilgan holda ishlashiga ruxsat berishni nazarda tutadi. Iqtisodiy tiklanishni rag‘batlantirish choralari qiymat zanjirlari hamda mavsumiy omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak, shunda karantin qishloqlardagi o‘rim-yig‘im mavsumi va hosilni sotishga, ayniqsa, xususiy sektorga minimal ta’sir ko‘rsatadi. 1.2. Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qilish uchun maydonchalar yaratish orqali oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish. Oilaviy biznes xotin-qizlar va yoshlar (ham yigitlar, hamda ayollar) uchun ish va daromad manbai bo‘lishi mumkin. Mahalla aholisi tomonidan talab qilinadigan iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun uzoq muddatli sarmoyalarni jalb qilishga e’tibor qaratish orqali mahalla negizida kichik xususiy korxonalarni yaratishga yordam berish zarur. Shuningdek, taqchil tovarlarni import qilish yoki mahalliy miqyosda ishlab chiqarish borasida xususiy sektorni rag‘batlantirish lozim. Buning uchun boshlang‘ich mablag‘ga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish kerak, masalan, imtiyozli bank kreditlari berish, bank xizmatlari narxini sezilarli darajada pasaytirish va mahalla kafolati bilan kredit berishda garov talablarini kamaytirish 5 . Mahalla organlari xalqaro taraqqiyot uchun uzoq muddatli kreditlar va grantlarning kafillari sifatida ishtirok etishi mumkin. Oilaviy biznesda ayollarning rolini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan har qanday tashabbuslar ularning vazifasini yanada og‘irlashtirmasdan, maosh to‘lanmaydigan uy yumushlari va parvarish ishlarini yengillashtirish choralarini o‘z ichiga olishi lozim. 2. Ijtimoiy himoya siyosatini eng ko‘p zarar ko‘rgan qatlamlarga yo‘naltirish choralari 2.1. Eng yuqori darajadagi ko‘p tomonlama natijaga erishish uchun ijtimoiy himoya siyosati yanada samarali va maqsadli bo‘lishi lozim. Ijtimoiy himoya siyosati so‘rovda aniqlangan guruhlar, ya’ni kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar va mehnat migrantlaridan tashqari 18 yoshga to‘lmagan bolalarni tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar, nafaqaxo‘rlar, yolg‘iz keksalar yoki bolalari va nabiralari bilan birga yashaydigan qariyalar, nogironlar, rasmiy sektorda ish o‘rnini yo‘qotgan mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar va oiladagi zo‘ravonlikni boshidan kechirgan insonlarni qamrab olishi kerak. 2.2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi davlat-xususiy sherikligi doirasida qisqa muddatli kasb-hunarga 5 Xususan, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-sonli qarorining 5-bandidagi jamoatchilik asosidagi monitoring o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Unda ko‘rsatilishicha, «Mikrokreditbank» ATB tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan: tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi; mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida 225 million so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi. Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi. 12 Ushbu tadqiqot BMTTD O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan mamlakatning barcha mintaqalaridagi mahalla vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan sosiologik so‘rov orqali amalga oshirildi. Ushbu tadqiqot 2020 yilning may va iyun oylarida o‘tkazildi. BMT Taraqqiyot dasturining yashash uchun zarur mablag‘lar, aholi farovonligi va turmush sharoiti kabi sohalardagi gender farqlanishlarni baholash amaliyotiga muvofiq, so‘rovda pandemiyaning erkaklarga nisbatan xotin-qizlarga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida ma’lumot olish uchun bir nechta savollar ham kiritilgan. So‘rovnoma masofadan turib (onlayn platforma orqali) o‘tkazildi. Unda 3670 respondent, shu jumladan mahalla raislari (respondentlar umumiy sonining 84,7%), ularning o‘rinbosarlari (12,8%) va mahalla vakillari yoki faollari (2,5%) ishtirok etdilar. Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda 8973 ta mahalla mavjud bo‘lib, har bir mahallada o‘rtacha 3000 nafar fuqaro istiqomat qiladi. 24 . Tadqiqotda ishtirok etgan aksariyat mahallalar qishloq hududlarida joylashgan (respondentlarning 62,9%). Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 49,4% qishloq joylarda istiqomat qiladi, biroq ba’zi hududlardagi shaharlashish darajasi boshqalariga qaraganda yuqoriroqdir 25 . So‘rovda qatnashganlarning jins tarkibi quyidagini tashkil qilgan: Respondentlarning 75% erkaklar va har to‘rtinchi respondent ayol bo‘ldi. Mintaqalar bo‘yicha sezilarli farqlar mavjud bo‘ldi. Masalan, Andijon viloyatidan so‘rovda ishtirok etganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i ayollarni tashkil qilgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 9,9% ga teng bo‘ldi. Bundan tashqari, ayol respondentlar qishloq joylariga qaraganda ko‘proq shaharlarda istiqomat qiladilar. Tadqiqot uslubiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot ushbu hisobotning ilovasida keltirilgan. Respondentlarning muayyan guruhi, mahalla rahbariyati vakillari mahallalardagi holatdan yaxshi xabardor hisoblanadi, chunki ular mahallardagi ijtimoiy loyihalar va tadbirlarni amalga oshirishda asosiy rol o‘ynaydilar. Ularning qarashlari COVID-19 pandemiyasi paytida yuz bergan o‘zgarishlarning muhim mezoni bo‘lib, ular ijtimoiy jihatdan qiyin vaziyatlarga tushib qolgan kishilarni qo‘llab-quvvatlashni tashkil qilish bo‘yicha harakatlar rejalarini ishlab chiqish uchun ma’lumot manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq, tadqiqot metodologiyasida bir nechta muhim jihatlarni esdan chiqarmaslik kerak. Birinchidan, dala ishlarini boshlash vaqti karantin cheklovlarning birinchi yumshatilish paytiga (yuqoridagi 1-rasmga qarang), shuningdek aholining tomorqalardagi mahsulotlarining (ko‘plab qishloqlardagi uy xo‘jaliklari uchun oziq-ovqat manbai) ko‘payishi davriga to‘g‘ri keldi. Shu tarzda, dala ishlari davomida, pandemiyaga qarshi chora-tadbirlarning ijobiy ta’siri yaqin kelajakda holatning yaxshilanishiga umid yaratdi. Bundan tashqari, mahalla vakillaridan o‘z mahallalari aholisining hozirgi ahvolini so‘rovdan 30 kun oldin vaziyat bilan taqqoslash ham so‘ralgan. Shu orqali ulardan karantinning birinchi bosqichi darajasigacha cheklovlar yumshatilgan, aksariyat iqtisodiy faoliyat to‘xtatilgan va COVID-19 bilan kasallanganlar soni tobora ko‘payib borayotgan bir paytda vaziyatni baholash so‘raldi. Ikkinchidan, bir nechta savol mavjud holatning xotin-qizlarga bo‘lgan ta’sirini baholashga mo‘ljallandi. Biroq, respondentlar orasida xotin-qizlar nisbatan kam bo‘lganligi sababli, aksariyat mahalla rahbarlari ularning nomidan javob berdilar. Umuman olganda, mahalla rahbariyatining javoblari shuni ko‘rsatadiki, tibbiy xizmatlar faoliyatida ikkinchi darajali xizmatlar majburiy tarzda cheklangan koronavirusga qarshi kurash jarayonida kutilishi mumkin bo‘lgan aniq o‘zgarishlar aniqlamagan. Ushbu holat mahallalarda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari faoliyatini kuchaytirish muhimligini ko‘rsatadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, so‘rovda muayyan tibbiy xizmatlar turi ko‘rsatilmagan. Garchi O‘zbekiston uchun tegishli ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa-da, Markaziy Osiyoda shu davrda o‘tkazilgan boshqa baholashlarda ayollarning katta qismi jinsiy va reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanishdagi qiyinchiliklarni qayd etishgan 47 . Ayollar va erkaklarning o‘ziga xos ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ular uchun sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilishida doimiy qiyinchiliklar mavjudmi yoki yo‘qligini batafsil o‘rganish ham foydadan xoli bo‘lmas edi. Ta’lim olish imkoniyati Tadqiqotga ko‘ra, mahallalarda to‘rtinchi va beshinchi navbatda eng ko‘p uchraydigan muammolar maktabgacha ta’lim (32,1%) va majburiy o‘rta ta’limga (31,2%) tegishli bo‘ldi. Deyarli har uchinchi respondent shaharlarda ham, qishloq joylarida ham shu muammolarni mahalla aholisi uchun muhim deb ta’kidlagan. Tadqiqot savollarida ta’lim bilan bog‘liq aniq muammo ta’kidlanmagan bo‘lsa ham, natijalar aholi bunday choralar allaqachon joriy qilingani va maktablarda ta’til boshlanib bo‘lgani sababli, ehtimol, karantin choralari ta’lim sohasiga ta’sir qilishiga ishonmaydi. Biroq jamoatchilik cheklov sharoitidagi ta’lim jarayonlariga hozircha ancha umidsizlik bilan qaramoqda. Respondentlarning 20 foizga yaqini masofaviy o‘qitishni tashkil etishdagi qiyinchiliklarni qayd etdi. Umumiy boshqa xavotirlar maktablar yopilganidan keyin ta’lim va televideniye orqali olib beriladigan darslarda o‘qitish sifatining ancha pastligi bilan bog‘liqdir. Faqat bir necha maktablar, asosan xususiy maktablar onlayn-mashg‘ulotlarni COVID-19 avj olishiga qadar bo‘lgan jadvalga mutanosib tarzda o‘tkaza oldi. Butun respublika bo‘ylab olinadigan bo‘lsa, ta’lim tizimi masofaviy xizmatlarni bolalarning barchasiga taqdim etishga qodir emas. Savolnomaga maktablar yopilishining bevosita xotin-qizlarga ta’siri to‘g‘risida savollar kiritilmagandi, lekin respondentlarning yarmiga yaqini umuman xotin-qizlarning ro‘zg‘ordagi haq to‘lanmaydigan, shu jumladan bolalarni parvarishlash borasidagi majburiyatlari pandemiya davrida ko‘paydi degan fikrda. (Ushbu mavzu quyida 4-bo‘limda muhokama qilinadi). Haqiqatan, dunyoning ko‘p mamlakatlarida “o‘zini yakkalash” davrida bolalarning ta’lim olishini nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyatni ayollar o‘z zimmalariga oldilar. Shunday qilib, tadqiqot davomida bu masala ko‘tarilmagan bo‘lsa ham, bolalarning ta’lim olishi borasidagi cheklanishlar ularning kamol topishiga hamda ayollarning daromad keltiruvchi yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Aholi uchun keng tarqalgan muammolardan yana biri – maktab bitiruvchilarining oliy ma’lumot olish va ishga joylashish istiqboli. 2020 yilda O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarini 452 ming nafar yigit-qiz bitirdi. Ulardan 70 000 nafari oliy ma’lumot olishi va 85 000 nafari kasbiy ta’lim olishi kutilgandi. Agar taxmindagi 95 000 nafar yoshlar ish topa olsalar, avvalgidek, yana 200 000 nafar yigit-qizni ish bilan ta’minlash zarur bo‘ladi


XULOSA
COVID-19 inqirozi «hech kimni ortda qoldirmaslik» ning tashkilotchilik printsipi sifatida ahamiyatini ta’kidladi va bu tamoyil BMTning barcha sa’yharakatlariga nisbatan qat’iy qo’llanilishi kerak. Buning uchun mamlakatda istisno va tengsizlikni, shu jumladan doimiy gender tengsizlikni kamaytirishga e’tibor qaratish zarur. HKOQ printsipi ham yondashuv, ham maqsad sifatida ishlatilishi kerak. Bu qashshoqlikni keng ko’lamli, ko’p o’lchovli ta’rifini talab qiladi, bunda ko’p sonli kamsitishlar, mahrumliklar, adolatsizliklar va kamsitilishlarga e’tibor qaratiladi. Har qanday aralashuv HKOQ guruhlarini qamrab olishi kerak, bunda yoshlar, ayollar va nogironlarga alohida e’tibor beriladi. Sog’liqni saqlash sohasida, COVID-19 muammolaridan so’ng, barchaga sifatli va arzon tibbiy yordamni targ’ib qilishni davom etish; yuqumli va yuqumsiz kasalliklar, OIV va sil kasalligiga e’tibor qaratish; sog’lom turmush tarzini va soglom turmish tarzini targ’ib qilish; yuqori xarajatlarni kamaytirish uchun sog’liqni saqlash sohasidagi innovatsion moliyalashtirishni qo’llab-quvvatlash; va sog’liqni saqlash infratuzilmasini yaxshilash. Ta’limda ta’lim sifatini va ta’lim natijalarini yaxshilash; maktabgacha va o’rta ta’limga e’tibor qaratish; va ayollarning oliy va texnik ta’limga qabul qilinishini birinchi o’ringa qo’yish. Ijtimoiy himoyada, ijtimoiy himoya tizimida qamrov va samaradorlikni yaxshilash. Munosib ishga ega bo’lishda, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun munosib mehnat sharoitlarini rag’batlantirish va mavjud mehnat nazorati tizimlarini modernizatsiya qilish.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish