Koronavirusdan oldin O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida ushbu o‘zgarishlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilib turdi, bu Sovet davridan keyingi davr uchun xos bo‘lgan 27 yillik kuchli markazlashgan boshqaruvdan uzoqlashishni anglatadi. XVF ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiyaga qadar O‘zbekiston iqtisodiyotida yillik o‘sish sur’ati 4,1 foizni tashkil etgan edi.
Siyosiy nuqtai nazardan, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va boshqaruvga siyosiy aralashuvlar tez sur’atlar bilan amalga oshirildi. 2019 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Parlament saylovlari demokratik erkinliklarni oshirishga qaratilgan bir qadam bo‘ldi va hukumat harakatlarini tanqid qilingani uchun bunday ochiqlik va ta’qib qilish xavfini kamaytirilishi fuqarolar tomonidan ma’qullandi. 1 O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi va oliy ma’lumotga ega bo‘lish sifatini oshirish uchun ham o‘z sarmoyalarini oshirdi. Majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish kabi boshqa xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirilishi kutilmoqda. Keng jamoatchilik ham, xalqaro hamjamiyat ham islohotlarni mamnuniyat bilan qabul qildi va “The Economist” gazetasi O‘zbekistonni 2019 yilda eng yaxshi rivojlangan mamlakat” deb baholadi.2 Jahon Bankining “Biznesni yuritish-2020 (Doing Business 2020)” hisoboti O‘zbekistonni dunyoning eng yaxshilangan 20 ta biznes-iqlimiga ega davlatlar qatoriga kiritdi. 2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakatdagi Jamoasi va BMTning resident bo‘lmagan agentliklari Umumiy Mamlakat Tahlilini (UMT) yakunladilar; ushbu xujjat BMTning tashkilotlar oilasi tomonidan O‘zbekiston hukumatini rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida, shu jumladan Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan tahliliy asoslarni belgilab berdi (BRM). Ammo shu vaqtdan beri COVID-19 pandemiyasi O‘zbekiston jamiyati va iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 2020 yil oxiri va 2021 yil boshlarida iqtisodiy tiklanishning ba’zi
bir alomatlariga qaramay, pandemiyaning o‘zbek jamiyatiga ta’siri juda kuchli bo‘ldi va u hali ham davom etmoqda; COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun hukumat xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlari qayta taqsimlanganligi haqida gapirmasak ham, pandemiya
nafaqat xalq salomatligini, balki biznes va savdoni ham qamrab oladi, iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi, ta’lim tizimiga og‘irlik
keltiradi, va kambag‘al va marginal (qasshoklikga tushib qolgan) odamlar sonini ko‘paytiradi. Shunday sharoitda BMT Mamlakat Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 yil boshida kelishilgan asosiy tahlilni qayta ko‘rib chiqishni va COVID-19 tomonidan yuzaga keltirilgan uzilishlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston oldida turgan rivojlanish muammolarini jamoaviy tushunishni takomillashtirishni zarur deb bildi. Shunday qilib, ushbu UMT hukumatning tezkor ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlovchi tahliliy bazani takomillashtirish istagini hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishini tiklash va yaxshilashga yordam berishning uzoq muddatli maqsadini aks ettiradi. Shu munosabat bilan,
yangilangan UMT, BMT oilasining qiyosiy ustunliklarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonni BRMga erishishda yordam beradigan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda, xususan “hech kimni ortda qoldirmaslik” va inson huquqlari - 2030 yil Dasturidagi ikki ajralmas tamoyilga alohida urg‘u berilayapti.