Boshqaruv mehnatining turlari
Mehnat jamoasini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish mumkin: evristik, ma’muriy va operatorli.
Evristik mehnat — avvalo rahbar va mutaxassislar mehnatidir. U ijodiy aqliy faoliyatining tabiati, ularning psixofiziologik mo- hiyatini to‘liq aks ettiradi.
o‘zining mazmuniga ko‘ra evristik mehnat operatsiyalarning ikkita turidan tashkil topadi: tahliliy va konstruktiv.Tahliliy operatsiyalar qarorlar qabul qilish uchun zarur axborotlarni qabul qilish va idrok etishdan iborat. Bunday operatsiyalarga, ularni bajarish shakl va usullariga ko‘ra, quyidagilar kiradi: turli hujjatlar va adabiy manbalarni ko‘rib chiqish va o‘rganish; og‘zaki suhbatlar, so‘rovlar va bevosita kuzatuvlar o‘tkazish, tahlil natijalarini tegishli hujjatlarda (ma’lumotnomalar, ma’ruzalar, tahliliy obzorlarda) bayon etish, mavjud holatning tashxisini qo‘yish yoki aniqlash.Konstruktiv operatsiyalar turli qarorlarni tayyorlash va qabul qilish bilan bog‘liq. Bu operatsiyalar qarorlarning mazmuni, xarakteri va murakkabligi hamda ularning yakka tartibda va jamoaviy qidirishning tegishli usullariga muvofiq ajratadilar.
Ma’muriy mehnat — aqliy mehnatning o‘ziga xos turi bo‘lib, uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va xulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita boshqarishdan iborat bo‘ladi.Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy-ma’muriy operatsiyalarni bajarishda vujudga keladi: xizmatli kommunikatsion (og‘zaki axborotni telefonda so‘zlashishlar yo‘li bilan uzatish va qabul qilish, ish joylarini aylanib chiqish, xodimlar va keluvchilarni qabul qilish, korxona doirasida harakatlanishlar); yo‘riqnomaviy (qarorlarni ijrochilarga og‘zaki farmoyishlar, yozma buyruqlar, ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan yetkazish; ijrochilarga vazifalarni belgilash yoki ular tomonidan tuzilgan ishning shaxsiy rejalarni tasdiqlash vazifalar va topshiriqlarni bajarish jarayonidan og‘zaki yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, yozma yo‘l-yo‘riqlarni tuzish va tasdiqlash); muvofiqlashtiruvchi (bo‘linmalar va xizmatlar ishini kengashlar va majlislar o‘tkazish yo‘li bilan o‘zaro bog‘lash; ishni bajarilishi reja-jadvalini ijrochilar va muddatlarni ko‘rsatish bilan tuzish); nazoratli baholovchi (buyruqlar, kengash qarorlari, rejalar, vazifalar, topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish, bo‘linmalar va ijrochilar ishini baholash, rag‘batlantirish va jazolash).
Do'stlaringiz bilan baham: |