5-mavzu: Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va samaradorlik. 1. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini tashkil etadi:
A) mulkchilikning turli-tumanligi va ularning tengligi qonun
tomonidan birday muhofaza qilinishi;
B) xususiy mulkchilikning qonun asosida alohida qo‘llab-quvvatlanishi;
C) hamkorlikdagi mulk alohida qo‘llab-quvvatlanishi;
D) jamoa mulkiga alohida e’tibor berilishi;
2. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy sharti (tamoyili) nima?
*A) tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
B) daromadlarni bir tekis taqsimlash;
C) ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalanish;
D) iqtisodiyotning rivojlanishini barqarorlashtirish;
3. Quydagilardan qaysi biri ayirboshlanadigan obyektning turiga ko‘ra bozorning turkumlanishini anglatadi?
*A) ko‘chmas mulk bozori;
B) sof raqobatli bozor;
C) mahalliy bozor;
D) dehqon bozori;
4. Bozorni alohida belgilariga qarab segmentlarga ajratishga nima asos qilib olinadi?
A) iste’molchilar talabining o‘zaro farqlanishi va tovar ishlab chiqaruvchilar tabaqalashishi;
B) bozorning tuzilishi;
C) raqobatning yetuklik darajasi;
D) bozorning geografik joylashishi;
6-mavzu: Davlatning iqtisodiy roli. 1. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini ifodalamaydi?
*A) amortizatsiya siyosatini yuritish;
B) huquqiy normativlar ishlab chiqish;
C) ma’muriy tartibga solish;
D) iqtisodiyot sektorida faoliyat yuritish;
2. Qaysi oqim davlat xususiy firmalar va xo‘jalik faoliyatiga aralashmasligi zarur degan qarashni qo‘llab chiqadi?
*A) neokonservatizm;
B) neoklassik;
C) monetarizm;
D) ratsional kutish;
3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) qanday xarakterdagi tadbirlar tizimidan iborat?
*A) qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish;
B) boshqarish, buyruq berish va rejalashtirish;
C) istiqbolni belgilash, ishlab chiqarish, prognozlash;
D) tartibni saqlash, mudofaa, ijtimoiy himoya;
4. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bilvosita usullariga kirmaydi?
*A) narxlarni “muzlatib” qo‘yish;
B) hisob stavkalarini o‘rnatish va o‘zgartirish;
C) tijorat banklari majburiy ehtiyojlari minimal darajasini belgilash;
D) davlatning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari;
7-mavzu: Ish haqini aniqlash. 1. Nominal ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:
*A) ma’lum vaqt oralig‘ida pul shaklida olingan ish haqi;
B) ish haqining sotib olish layoqati;
C) barcha pul daromadlari (foyda, renta, foiz) summasi;
D) a) va b) to‘g‘ri;
2. Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:
*A) nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori;
B) pul shaklida olingan ish haqi;
C) ish haqining pul shaklida qat’iy belgilangan stavkasi;
D) ish haqining soliqlar chegirilgan qismi;
3. Real ish haqi darajasi quyidagilarning qaysi biri o‘zgarishiga to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi?
*A) tovar (xizmat)lar narxi;
B) nominal ish haqi miqdori;
C) soliqlar darajasi;
D) majburiy to‘lovlar;
4. Mehnat qilishning aniq sharoitlarini hisobga olib ish haqi
to‘lashning qo‘llaniladigan turlari qanday nomlanadi?
*A) ish haqi tizimi;
B) ta’rif tizimi;
C) ishbay ish haqi tizimi;
D) vaqtbay ish haqi tizimi;
8-mavzu: Daromadlarning taqsimlanishi,tengsizlik va qashshoqlik. 1. Quyidagi usullardan qaysi biri aholini eng kam iste’mol
byudjetini hisoblashda foydalanilmaydi?
*A) aholi jon boshiga yaratilgan milliy daromadni avvalgi yillar bilan
taqqoslash;
B) iste’mol savati asosida hisoblash;
C) regressiv model: turli xarajatlar va daromadlar, eng kam iste’mol qiymati bo‘yicha aniqlash;
D) ekspert baholash usuli;
2. Pareto qonuniga ko‘ra:
*A) jamiyat doimo o‘rta sinfga tayanadi;
B) jamiyat boy qatlamga tayanadi;
C) jamiyat kambag‘allikka qarshi kurashadi;
D) jamiyat a’zolari ular uchun xayriya qilishni yoqtirganlarga taya-
nadi;
3. Sarf-xarajat va jamg‘arish miqdori quyidagi omilga bog‘liq:
*A) olayotgan daromad miqdoriga;
B) talabga;
C) inflyatsiya darajasiga;
D) taklifga;
4. Oilalarning turli qatlamlari o‘rtasidagi daromadlar tengsizligini qanday qilib miqdoriy aniqlash mumkin?
*A) Lorens egri chizig‘i;
B) Ditsel koeffitsiyenti;
C) Djinni koeffitsiyenti;
D) Engel qonuni;
9-mavzu: Makroiqtisodiyotga kirish. 1. Yalpi ichki mahsulot bu - …
*A) mamlakat hududida yaratilgan barcha pirovad mahsulot(tovar va xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi;
B) sotilgan tovar va xizmatlar summasi;
C) ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlar summasi;
D) mamlakatning o‘zida va chet elda ishlab chiqargan tovar va xizmatlar summasi;
2. Makroiqtisodiyot qaysi darajadagi iqtisodiyot?
*A) yaxlit milliy iqtisodiyot;
B) iqtisodiyotning davlat sektori;
C) iqtisodiyotning kooperativ sektori;
D) iqtisodiyotning xususiy sektori;
3. Mamlakatlarning iqtisodiy potensialini qaysi ko‘rsatkich bilan umumiy baholash mumkin?
A) yalpi milliy mahsulot;
B) tarmoqlar mahsuloti;
C) sof milliy mahsulot;
D) milliy daromad;
4. Quyida sanab o‘tilganlarning qaysi biri Milliy daromad tarkibida hisobga olinmaydi?
*A) korporatsiyalar foydasi;
B) davlat transfert to‘lovlari;
C) renta daromadlari;
D) ish haqi;
10-mavzu: Makroiqtisodiy ko’rsatgichlar. 1. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning qaysi usulida yalpi talab tarkibiy qismlari qo‘shib chiqiladi?
*A) sarf-xarajatlar bo‘yicha hisoblash usulida;
B) daromadlar bo‘yicha hisoblash usulida;
C) qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha;
D) a) va b) usullarda;
2. Qaysi sof moliyaviy bitim davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi?
*A) transfert to‘lovlari;
B) xususiy pul o‘tkazmalari;
C) qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshirilgan bitimlar;
D) pulning aylanishi;
3. SMMdan egri soliqlar summasi chiqarib tashlansa, qaysi ko‘rsatkich hosil bo‘ladi?
*A) milliy daromad;
B) yalpi milliy mahsulot;
C) yalpi ichki mahsulot;
D) yalpi investitsiyalar;
4. Nominal YAMM bu pirovard tovar va xizmatlarning quyi-
dagi narxlardagi qiymati…
*A) joriy (hozirgi) narxlardagi;
B) real narxlardagi;
C) bazis davri narxlaridagi;
D) o‘tgan davr narxlaridagi;
11-mavzu: Qisqa muddatli iqtisodiy o’sish. Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish modellari. 1. Agar aholining turmush darajasini taqqoslash zarurati bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:
*A) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
B) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
C) kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
D) aholi daromadlarining o‘sish sur’ati;
2. Agar mehnatning kapital bilan qurollanishi mehnat unumdorligiga nisbatan tezroq o‘ssa, u holda:
*A) kapital qaytimi pasayadi;
B) kapital qaytimi o‘sadi;
C) aholi jon boshiga milliy daromad o‘sadi;
D) mamlakatning milliy boyligi ortadi;
3. Intensiv iqtisodiy o‘sish qanday amalga oshadi?
*A) mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish orqali;
B) yangi korxonalar qurish yo‘li bilan;
C) ishlovchilar sonini mutloq oshirish hisobiga;
D) qo‘shimcha pul resurslarini jalb qilish bilan;
4. Iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiladigan omilni aniqlang:
*A) atrof-muhitni himoya qilishga ketadigan xarajatlarning ortishi;
B) mehnat unumdorligining ortishi;
C) investitsiyalarning ko‘payishi;
D) malaka va ta’lim uchun xarajatlarning ortishi;