Iqtisodiyot va Turizm Fakulteti 3-1 Mar-20 guruh talabasi


Forobiy hamda Ibn Sino asarlaridagi iqtisodiy qarashlar



Download 0,83 Mb.
bet3/3
Sana06.08.2021
Hajmi0,83 Mb.
#140145
1   2   3
Bog'liq
ITT dan mustaqil ish

Forobiy hamda Ibn Sino asarlaridagi iqtisodiy qarashlar


Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga extiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o’zlashtirib oladi, odam esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanishi kerak».

Tarixda shunday voqea bo’lib o’tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o’qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan harid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o’qib chiqishdayok Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to’la tushunib etadi. Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san’atdagi fazilatlari har doim ham tug’ma bo’lavermasligi, ko’pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo’li bilan ruyobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o’zaro uyg’unlashganda rivojlanish bo’ladi.





Forobiy (873-950) O’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o’z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan «qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «muallimas -«soniy» - «ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.

Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to’g’risidagi

g’oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o’zaro yordam va dustlikning zarurligi ko’rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne’matlarni to’g’ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g’oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko’rsatiladi. Fozillar shaxri xoqimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko’p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharxlagan va izohlagan.


Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun er yuzi fazilatli bo’ladi. O’ylashimizcha, yangi XXI asrda turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to’xtamga kelmoqdalar.



«Kim rahbar bo’la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy «Fozil odamlar shahri» nomli asarida bo’lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to’g’risida oqilona mushoxada yuritgan, 12 fozilat berilgan. Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shaxri» asari diqqatga sazovar bo’lib, unda mamlakatni boshqarish, xoqimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog’liq bo’lgan muhim g’oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Forobiy o’z ustozi Arastu g’oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to’ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta’limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo’lgan «Ehtiyoj»

ni ta’riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o’rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya’ni o’z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo’lgan holatdan, har bir operastiyani maxsus kishilarga bo’lib berish afzalligi ko’rsatiladi («Qushni so’ysa ham, qassob so’ysin»). Mehnat taqsimoti to’g’risidagi g’oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta’limotining (XVIII asr) asosidir.
Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish