"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Nominal daromad
– aholi tomonidan ma'lum 
vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori. 
Ixtiyorida 
bo`lgan daromad
- shaxsiy iste'mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin 
bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to`lovlar 
summasiga kam bo`ladi. 
Real daromad
- narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, 
aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish Mumkin bo`lgan tovar va 


125 
xizmatlar miqdori. Ya'ni, real daromad aholining ixtiyorida bo`lgan daromadning 
xarid quvvatini bildiradi. 
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan 
asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
a)
ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; 
b)
davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; 
c)
moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari. 
Korxona daromadlari:
Mahsulotni sotishdan tushgan tushum va sotishdan 
tashqari daromadlardan tashkil topadi. 
Tushum
- bu yuklangan mahsulot uchun 
korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushgan pul mablag’laridir. Tushum miqdori 
- ikkita omildan bog’liq bo`ladi: ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi
hamda korxonaning sotish narxi. Sotish narxi ishlab chiqarish narxi (tannarx plyus 
foyda) va soliqlarga asoslanib belgilanadi. Tushum miqdori - ikkita omildan bog’liq 
bo`ladi: ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi hamda korxonaning sotish 
narxi.
5.2.
 
Foyda ko`rinishlari va ularni hisoblash usullari. 
Sanoat va uning barcha bo`g’inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat 
ko`rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir.
Foyda 

korxona
pul daromadlaridan sarflangan barcha 
xarajatlar
 chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni 
sotishdan olingan mablag’lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. 
Foyda – korxona va 
tadbirkorlar 
xo’jalik va 
moliyaviy faoliyati natijalarini va ishlab chiqarish samaradorligini 
belgilovchi asosiy va umumiy ko`rsatkichlardan biri sanaladi. Foyda pul bahosida 
ifodalanadi va korxona faoliyati hamda uning rentabellik darajasini tavsiflab beradi. 
Korxona faoliyatining miqdor va sifat ko`rsatkichlari moddiy, mehnat va pul 
resurslaridan foydalanishning samaradorlik darajasi, olingan foyda miqdori va 
rentabellik darajasi bilan belgilanadi. 


126 
Foyda - kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy manbalaridan biridir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona sof daromadining formasi bu foyda bo`lib 
hisoblanadi.
Foyda korxonada iqtisodiy rag’batlantirish fondini yaratish, korxona xodimlarini 
moddiy rag’batlantirish, kapital qo`yilmalar, investitsiyalarni, ilmiy tadqiqot ishlarini, 
asbob-uskunalarni modernizatsiyalash, innovatsion faoliyatni moliyalash, korxona 
aylanma mablag’larini yaratish, har xil sabablarga ko`ra korxona tomonidan ko`rilgan 
zararlarni qoplash, bankning uzoq muddatli kreditlari uchun to`planadigan foizlarni 
va umuman shu muddatli kreditlarni qoplash manbaidir.
Foyda samaradorlik ko`rsatkichlari va korxona hamda birlashmalar, yakka 
ishlab chiqaruvchilar vа xususiy tadbirkorlar xarajatlarini qoplash manbai 
funktsiyalarini bajaradi.
Foyda - davlat byudjeti vositalarining asosiy manbai bo`lib hisoblanadi va uzoq 
muddatli strategik hamda joriy rejalarda tasdiqlangan ko`rsatkichlar tarkibiga kiradi. 
Iqtisodiy mohiyati jihatidan foyda sof daromadning bir qismi bo`lib hisoblanadi. Sof 
daromad qo`shimcha mehnat bilan yaratilgan qiymat bo`lib, miqdor jihatdan 
mahsulot qiymatidan uning tannarxi chegirib tashlangandan keyin qolgan qismidir. 
Sof daromad mustaqil kategoriya sifatida namoyon bo`ladi va ishlab chiqarish 
munosabatlarining ma`lum tomonlarini ifoda etadi.
Jamiyatning sof daromadi ikki ko`rinishda bo`ladi: 
1.
Davlatning markazlashtirilgan sof daromadi. 
2.
Korxonaning sof daromadi. 
Korxonalarda yaratiladigan sof daromadning bir qismi davlat byudjetiga soliq 
sifatida o`tkaziladi.
Mulk shaklidan qat`iy nazar, moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega 
bo`lgan yuridik shaxslar daromaddan soliq to`lovchilar hisoblanadi.
Korxonalar foyda solig’i bo`yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil 
ravishda amalga oshiradilar. Jami daromad bilan chegirmalar o`rtasidagi farq sifatida 
hisoblangan foyda soliq solish ob`yekti bo`lib hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishdan olinadigan foyda quyidagicha aniqlanadi:


127 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish