"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Haqiqiy foyda
- bu haqiqatda hisobot ma`lumotlari, ya`ni haqiqiy xarajatlar 
asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil 
etishda asosiy manba bo`lib hisoblanadi. 


130 
O`rtacha foyda
deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga 
bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo`lish tushuniladi. O`rtacha foyda 
korxona (firma)ning faoliyat ko`rsatayotgаn sohada, tarmoqda qolishini ta`minlaydi. 
Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka 
erishganidan dalolat beradi. O`rtacha foydani ko`pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. 
Iqtisodiy foyda qachon paydo bo`ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, 
haqiqatda 100 ming so`m foyda olgan bo`lsa-yu, ana shu mablag’ni boshqa mahsulot 
ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming so`mlik foyda olsa, bunday foydani 
iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy 
foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashigа rag’batlantirsa, ijobiy haqiqiy 
foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. 
Monopol foyda
yoki 
iqtisodiy renta
- bu cheklangan ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanish natijasida sodir bo`lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita 
korxona bir xil yerga ega bo`lib, yerni olish bilan bog’liq xarajatlar bir xil bo`lishi 
sharoitida birinchi yer transport tarmog’iga yaqin bo`lganligi uchun mahsulotni 
tashishga 10 mln. so`m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln so`m uning 
qo`shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari 
cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini 
bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o`rtasidagi farqdan iborat bo`ladi. 
Maksimal foyda
- bu bir birlik qo`shimcha mahsulotni sotishdan olingan 
daromadni shu bir birlik qo`shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-
barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori 
darajasiga erishilgan bo`ladi. Shunga ko`ra, foydani maksimallashtirish degani, eng 
yuqori rentabellikni ta`minlash deganidir. 
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi. 
Korxonaning foyda olishi daromadlarning korxona faoliyati bilan bog’liq bo`lgan 
xarajatlardan ko`p bo`lishini anglatadi hamda u rag’batlantirish vazifalarini ham 
bajaradi. Bu esa foyda bir paytning o`zida moliyaviy natija bo`lish bilan birga 
korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi ekanligi; daromadning turli 
darajadagi byudjet shakllanishi uchun asosiy manba bo`lib xizmat qilishi bilan 


131 
izohlanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o`tkazilayotgan tub iqtisodiy 
tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o`rin tutadi, zero uni, adolat 
yuzasidan va to`g’ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini 
uyg’unlashtirish uchun sharoit yaratadi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish