"iqtisodiyot va menejment "


Rahbar madaniyati = odob + iymon + insof + adolat + iqtidor



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Rahbar madaniyati = odob + iymon + insof + adolat + iqtidor 
Odob
 –
 
aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda 
“Aql bilan odob egizak” deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan yomonlikning farqini 
bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi o`z 
jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli 
fazilatlarni bezaydi. Odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql 
egalari bunday rahbardan har ishda rozi bo`ladilar.
Odobli rahbar esa kundan-kunga obro` topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq 
topadi. Ba`zi hakimlar odobni eng mas`um va ko`rkam fe`lga ega bo`lish desalar, 
ba`zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Umuman odob ikki xil 


227 
bo`ladi: hikmat odobi va xizmat odobi. 
Hikmat odobi
 
poklik va to`g’ri yo`lga 
yetaklaydi. 
Xizmat odobi
 
esa badavlatlik va obro`ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’ 
fazilat bo`lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
Iymon
 
arabcha so`z bo`lib, lug’aviy ma`nosi – ishonchdir. Iymonli kishini, 
xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin: e
`tiqodli,
 
maslakli,
 
taqvodor,
 
sharm-hayoli,
 
oriyatli,
 
andishali,
 
vijdonli.
Sodda qilib aytganda: Iymon uch narsaning butunligidan hosil bo`ladi: e`tiqod, 
iqror va amal. e`tiqod – bu ishonch. Iqror – so`zda buni tan olish. Amal – yaxshi 
ishlar bilan buni isbotlash. 
Insof 
– bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda, 
kishilarga munosabatda halollik, to`g’rilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgo`ylikdir. 
O`zgani o`z o`rniga va shuningdek, o`z o`rniga xayolan qo`yib ko`rib ham insofga 
olib keladi. Insof – har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-
atrofidagi kishilar oldida o`z hatti-harakati bilan ma`naviy mas`uliyatini his etishning 
ifodasidir.
Adolat
– bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar 
rahbarning axloqiy xislatlari bemalol qonun o`rnini bosa oladi. Ulug’ alloma 
Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat 
taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi. Adolatning 
birinchi talabi: aholi turli tabaqalarining o`zaro uyg’un bo`lishini ta`minlashdir. 
Adolatning ikkinchi talabi: el-ulusning haq-huquqi teng ta`minlangan holda kishilarni 
xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish. 
Adolatning uchinchi talabi: barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga 
bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o`z 
ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Iqtidorli deganda biror soha bo`yicha layoqatini ongli ravishda sezgan, o`zidagi 
qobiliyatni to`la namoyon qilish uchun qat`iyat ko`rsata oladigan kishilar tushuniladi. 
Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga – maqsadiga 
etadi.


228 
Amaliyotda rahbar madaniyati aniq ko`rsatkichlarda ifodasini topadi. Ularni 
quyidagi uch guruhga bo`lish mumkin.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish