flegmatik
lar deb atalgan. Qadimgi yunonlar
shilliqni
“flegma”
deyishgan.
Flegmatiklar: ta`sirchanligi sust; bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga
sekinlik bilan ko`chadilar; faolliklari kam; yangi sharoitga qiyinlik bilan
moslashadilar; harakat va nutqlari sust; ko`ngilsiz hodisa yuz berganda
osoyishtaliklarini buzmaydilar; sabr-toqatli, chidamli bo`lib, so`zlaganda xotirjam,
o`zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar.
Flegmatiklar
chidamliligi, matonati, o`zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishida za`faron safro ustun tursa, bunday kishi
tezkor, qat`iy, harakatcha bo`ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat
xolerik
lar (qoni qiziq
kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni “xoley” deyishgan.
Xoleriklar
– ko`tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni yenga oladigan kishilar
bo`lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o`zgarishi mumkin.
Ular serjahl, o`zini yaxshi ko`radigan, tez gapiradigan odamlar bo`lib, boshqalardan
gapining ohangi o`zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.
Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo`ladi. Rahbar va
boshqa kishilarga nisbatan o`zini to`g’ri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli,
ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko`proq moyil bo`ladilar, arzimas
narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor
melanxolik
lar
deb atagan. Qadimgi yunonlarda melanxolik so`zi “qora safro” degan ma`noni
bildirgan.
224
Melanxoliklar
: o`ta ta`sirlanuvchan xususiyatga ega; tez toliqadigan va o`ziga
ishonmaydigan; tashvishsiz, lekin juda sezuvchan; nihoyatda arazchan; juda oz
kuladigan; faolligi sust, tortinchoq, kamg’ayrat; arzimagan sabablarga ko`zlaridan
yosh oqib ketaveradigan; yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan
kishilardir.
Melanxoliklar
qulay
sharoitda
oldiga
qo`yilgan
masalalarni
muvaffaqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya`ni vaziyat o`zgarsa, qiyinchilik
tug’ilsa, ular o`zlarini panaga olib turishadi.
Shaxsning temperamentidan kelib chiqib, uning qanday reaktsiya berishini
bilish, temperamentning ijobiy xususiyatlariga tayanish va salbiy xususiyatlariga
barham berish imkonini tug’diradi. Masalan, xolerikning keskinligiga
xushmuomalalik va bosiqlik bilan javob qaytarish, flegmatikning sustligiga faollikni,
ta`sirchanlikni qarama-qarshi qo`yish, melanxolikning qayg’usini optimizm bilan
engish mumkin.
Psixologlarning qayd qilishlaricha, sangviniklar ma`lumotnomalar tayyorlashda
odatda ko`pincha qoralamalarni qisqartirib yozadilar yoki ularni mutlaqo
yozmaydilar, xoleriklar ko`pincha e`tiborsizliklari tufayli oddiy xatolarga yo`l
qo`yadilar, flegmatiklar esa vaqtning o`tib ketganligini payqamay, ishni kechikib
tugatishlari mumkin.
Shaxsning temperamentidan kelib chiqib, uning ma’lum vaziyatda o’zini qanday
tutishi, qanday reaktsiya berishini baholash mumkin.
Xodimning individual-psixologik xususiyatlarini bilish u bilan qanday
muomalada bo`lish shaklini to`g’ri tanlashga yordam beradi.
Rahbar doimo o’z qo’l ostida ishlovchi xodimlarning qanday xususiyatlarga ega
ekanligini yaxshi bilishi, undagi ijobiy va salbiy xususiyatlarni to’g’ri baholay olishi
kerak. Shunda rahbar xodimlarni samarali boshqara oladi.
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so`zga
izohli lug’atlarda
boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo`naltirish, ko`rsatma
berish
degan turli ma`lumotlar berilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, hozirgi davrda
rahbarlar qondirishi lozim bo`lgan talablar juda ko`pdir.
225
Do'stlaringiz bilan baham: |