Yaponiyada
korxona va firmalarning kadrlar siyosati birinchi o`rinda
universitetlar va ilmiy markazlar bilan aloqalarni kuchaytirishga, ikkinchidan,
sanoatni robotlashtirish sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bo`lib, bu
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning o`sishidan
tashqari, ishchi va mutaxassislar o`rtasida raqobatchilik muhiti yaratilishiga ham
xizmat qiladi.
Germaniyada
iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohasidagi deyarli barcha
o`zgarishlar kadrlar siyosati bilan bog’liqdir. Korxonalarning kadrlar salohiyatini
shakllantirishda xodimlar malakasi va ma`lumot darajasi asosiy omil hisoblanadi.
Germaniya korxona va firmalari har yili xodimlarning ma`lumot olishi va malakasini
150
oshirishi uchun 10 mlrd. markadan ortiq mablag’ sarflaydi. Bundan tashqari, ular
mutaxassislarga ishdan bo`sh vaqtlarda qatnab kerakli bilimlarni olishlari mumkin
bo`lgan o`quv markazlari va kurslar haqida ma`lumot beradilar.
Kadrlar siyosati
Frantsiya
va
Italiya
korxonalarida ham yetakchi o`rinni
egallaydi.
Gretsiyada
raqobatchilik tufayli kompaniya va firmalar ishlab chiqarishni
doimiy ravishda modernizatsiya qilishlari, yangi texnologiyalarni qo`llashga yirik
miqdordagi mablag’larni sarflashlariga to`g’ri keladi. Biroq modernizatsiyalashning
yakuniy maqsadlariga xodimlar malakasi ishlab chiqarishning texnik darajasiga mos
kelgan holdagina erishish mumkin. Shu sababli ko`plab sanoat korxonalari ishchi va
mutaxassislarning malakasini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasini keng
ravishda amalda qo`llaydilar.
Demak, kadrlar siyosati barcha mamlakatlarda korxonalarning muvaffaqiyatli
faoliyat yuritishi uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bizning fikrimizcha,
mamlakatimizdagi korxonalar ham bundan mustasno emas. Ular chet elning ilg’or
korxonalari yutuqlarini o`zlashtirishdan tashqari, o`z kadrlar siyosatini yaxshilashi,
xodimlar malakasining o`sishi va hayotning mehnat bilan bog’liq davri sifatini
oshirishga e`tibor berishlari zarur. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishiga,
korxonalarning mustaqilligidan tashqari korxona va ishlab chiqarishni boshqarishning
aktsiyadorlik shakllari, shuningdek, iqtisodiyotda rivojlanib borayotgan bozor
munosabatlari o`z hissasini qo`shmoqda.
Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo`yish, ulardan oqilona foydalanish va
tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy iqtisodiyotning, shu jumladan,
makro va mikroiqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo`yish, foydalanish va tarbiyalash
borasida quyidagi tamoyillarga alohida e`tibor berish kerak:
aql-idrok, did va farosat;
qat`iylik, matonatlilik, printsipiallik, o`z vazifasiga puxtalik;
rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish;
o`z eliga, yurtiga, vataniga sadoqatli bo`lish.
151
Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya qilish
masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |