"iqtisodiyot va menejment "


.2-chizma. Axborot almashuvi jarayonining oddiy modeli



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

11
.2-chizma. Axborot almashuvi jarayonining oddiy modeli.


274 
Uzatish.
Bu bosqichda jo`natuvchi axborotni qabul qiluvchiga etkazish uchun 
kanaldan foydalanadi. Axborotni uzatish muhim bosqichlardan biri hisoblanadi, 
chunki shu orqali g’oya boshqa kishiga etkaziladi. 
Har bir bosqichda axborot ma`nosi buzilishi va yo`qolishi mumkin. 
Dekodlashtirish.
Qabul qiluvchi axborotni dekodlashtiradi, ya`ni jo`natuvchi 
simvollarini qabul qiluvchi ongiga kiritish. Agar qabul qiluvchi g’oyani 
tushunganini namoyish etsa, axborot almashuvi samarali hisoblanadi. 
Axborot almashuvi yo`lida turadigan to`siqlarni o`rganishda ikki muhim 
kontseptsiyani o`zlashtirish lozim – 
teskari aloqa va shovqin.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko`p tomonlama va xilma-xil 
aloqalar mavjudligi sharoitida teskari aloqaning ahamiyati ayniqsa, ortadi. 
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq bergandan keyin shu farmoyish yoki 
buyruq qanday bajarilayotganligi to`g’risida teskari aloqa yo`li bo`yicha o`z 
vaqtida axborot bilan taminlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va 
boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqadi.
Teskari aloqa bo`lganda jo`natuvchi va qabul qiluvchi kommunikativ rollarni 
almashtiradi. Qabul qiluvchi jo`natuvchiga aylanadi va hamma bosqichlardan o`tib 
jo`natuvchiga axborot qanday qabul qilinganligini yyetkazadi.
Teskari aloqa yordamida axborotni jo`natuvchi bilan uni qabul qiluvchi 
o`rtasida aloqa o`rnatiladi. Bu jarayonda axborotni qabul qiluvchi axborot bilan 
o`zaro almashuv jarayonining barcha bosqichlarini takrorlaydi, natijada axborotni 
yuboruvchi endi uni qabul qiluvchiga aylanadi, ya`ni har ikkala tomon o`z 
vazifalarini o`zaro almashgandek bo`ladi (11,3-chizma). 
Teskari aloqa
– bu eshitganga, o`qiganga yoki ko`rganga nisbatan aks ta`sir 
yoki ta`sirlanish tayanchi. Bunda mazkur axborotni olgan shaxs shu axborotga 
bo`lgan munosabatini, tushunganligi yoki to`liq tushunmaganligi, qo`llab-
quvvatlanishi yoki inkor etishini shu axborotni yuborgan shaxsga bildiradi. Bunday 
aloqa har ikala tomonning bir-birini qanchalik tushunganini bilish uchun zarur. 
Rahbar berilgan topshiriq yoki aytilgan so’z har doim bo’ysunuvchilar 
tomonidan birdek qabul qilinadi, deb o’ylamasligi kerak. Bunday xato fikrga 


275 
boruvchi rahbar o’zini real voqelikdan uzoqlashtiradi. Teskari aloqani samarali 
o’rnatmagan rahbarning boshqaruv faoliyati zaiflashadi va inqirozga yuz tutadi. 
Teskari aloqa axborot almashuvi samaradorligini oshiradi va shovqinni 
kamaytiradi. Axborotni yetkazish nazariyasi tilida shovqin deb, ma`noni buzadigan 
omillarga aytiladi. 
Shovqin doimo mavjuddir. U axborotni noto`g’ri tushunishda, uzatishda 
namoyon bo`ladi va axborot almashuv jarayonida salbiy ta’sir ko’rsatuvchi 
unsurlardan hisoblanadi. Agar shovqin darajasi kuchli bo`lsa, axborot butunlay 
ma`nosini yo`qotishi mumkin. Shu sababli axborotni uzatish jarayonida shovqinni 
e`tiborga olish kerak.
Hozirgi davrda milliy iqtisodiyotning turli bo’linmalari faoliyatini boshqarish, 
eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga 
bog’liq. Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob’yekti faoliyatining ko’p 
tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi. 
Axborot, 
to`plangan tajriba 
G’oyani 
yuzaga 
keltiruvchi 
shaxs 
Verbal yoki 
noverbal 
simvollar 
Nutq, xat, 
elektron aloqa 
vositalari 
Dekodlashtiradi va
to`g’ri yoki noto`g’ri 
tushunadi 
Jo`natuvchiga 
javob berish 
Kodlash-
tiradi 
JO`NATUVCHI 
АХБОРОТ 
Tanlaydi 
KANAL 
QABUL QILUVCHI 
Axborotni 
etkazadi 
Kodlash-
tiradi 
Tanlaydi 
KANAL 
G’oyani yuzaga 
keltiruvchi javobni 
dekodlashtiradi 
Axborotni 
etkazadi 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish