"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

tezkorligi
ham juda muhimdir. U boshqaruv 
jarayonining, binobarin, ishlab chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. 
Shuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli maqsadlar uchun oson o`zgarish, 
undan boshqaruvning barcha bo`g’inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-
kesil ishlanishi, undan qo`shimcha ishlov bermasdan foydalanish ham katta 
ahamiyatga ega.


272 
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kech 
berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi.
Ishlab chiqarish vaziyatiga to’g’ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun 
boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta’min etilishi, axborot hajmi maqsadga 
muvofiq bo’lishi kerak. Axborot yetishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib ketishi 
tezkor va to’g’ri boshqarishga xalal beradi. Va nihoyat, boshqarish apparati xodimlari 
qanchalik yuqori malakali bo’lsalar, axborot qimmati ham shunchalik yuqori va 
tartibga solingan bo’ladi. 
Boshqarish organlari ma`lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan 
qanchalik mukammal ta`minlangan bo`lsa, rahbarlarga ortiqcha, befoyda ma`lumotlar 
shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa, o`z navbatida axborot oqimidagi 
tejamkorlikni
ta`minlaydi. Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur 
sharti faqat to`g’ri aloqagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjudligidir. 
Teskari aloqa har qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal 
mexanizm hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga kelib tushadigan axborotni, ya`ni 
berilgan farmoyish va buyruqning natijalari to`g’risidagi axborotni teskari aloqa deb 
tushunish qabul qilingan.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko`p tomonlama va xilma-xil 
aloqalar mavjudligi sharoitida ayniqsa teskari aloqaning ahamiyati ortadi. 
Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin uning qanday 
bajarilayotganligi to`g’risida teskari aloqa yo`li bo`yicha o`z vaqtida axborot bilan 
ta`minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va boshqaruv tizimi butunlay 
izdan chiqishi mumkin.
Axborot almashuvi jarayonida 4 elementni ajratish mumkin:
1.
Jo`natuvchi – axborotni to`plovchi va uzatuvchi shaxs. 
2.
Axborot – simvollar bilan kodlashtirilgan informatsiya. 
3.
Kanal – axborotni uzatish vositasi. 
4.
Qabul qiluvchi – axborot tegishli bo`lgan shaxs.


273 
Axborot almashuvida jo`natuvchi va qabul qiluvchi bir necha o`zaro bog’liq 
bosqichlarni o`tadi. Ularning vazifasi – har ikkala tomon tushunishi uchun axborotni 
to`g’ri tuzish va uzatish uchun muvofiq kanaldan foydalanish (11.2-chizma).
Bu bosqichlar quyidagilar: 
1.
G’oyaning tug’ilishi. 
2.
Kodlashtirish va kanalni tanlash. 
3.
Uzatish. 
4.
Dekodlashtirish. 
G’oyaning tug’ilishi.
Qanday g’oyani almashuv ob’yekti sharoitida olish 
mumkinligini jo`natuvchi hal qiladi. «O`ylamasdan gapirishni boshlamang» – bu 
bosqichning printsipi. G’oya aniq vazifalarni bajarishdan va kutiladigan natijadan 
iborat bo`lishi kerak: 1. Qanday o`zgarishlar kerakligini ishchilar bilishi kerak
masalan, 6% ishlab chiqarishni oshirish qo`shimcha ish haqisiz. 2. Nima uchun bu 
o`zgarishlar kerakligi ishchilar bilishi kerak. 3. Qanday qilib bu o`zgarishlarni 
amalga oshirish kerakligini ishchilar bilishi kerak.
Kodlashtirish va kanalni tanlash.
Jo`natuvchi axborotni jo`natishdan oldin uni 
simvollar ya`ni so`zlar, intonatsiya va imo-ishora yordamida kodlashtiradi. Bunday 
kodlashtirish g’oyani axborotga aylantiradi. Jo`natuvchi bundan tashqari 
simvollarga mos uzatish kanalini tanlanishi kerak. Ularga nutq va yozma 
materiallarni uzatish, hamda elektron aloqa vositalari (komp’yuter, 
videomagnitofon va boshqalar) kiradi. Agar kanal tanlangan simvollarga mos 
bo`lmasa axborot almashuv samarasiz bo`ladi.
Shakllantiradi yoki 
tanlaydi 
Kodlashtiradi va 
kanalni tanlaydi 
Jo`natuvchi 
G’oya 
Axborot 
Qabul 
qiluvchi 
G’oya 
tushunarlimi? 
Kanal bo`yicha 
uzatadi 
Dekodlashtiradi 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish