"iqtisodiyot va menejment "


Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning 
individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Rahbarlik uslubi boshqarish usullari bilan muayyan o`zaro aloqada bo`ladi.
Boshqarish usuli ham boshqarish faoliyatini amalga oshirish usullari va yo`llari 
majmuidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta`sir ko`rsatishidan, 
ya`ni boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Lekin shuni 
alohida e`tiborga olish lozimki, 
usul 
– bu tamomila ob’yektiv, rahbarga bog’liq 
bo`lmagan va mustaqil tushunchadir. 
Uslub,
garchi u ta`sir o`tkazish usullari 
majmuidan iborat bo`lsada, usuldan farq qiladi, uslub rahbarning sub’yektiv, 
individual xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil 
bo’lsada, lekin musiqachilarnung ijro etish uslub(manera)lari har xildir.
Barcha rahbarlar xodimlarni rag’batlantirish maqsadida boshqarishning iqtisodiy 
usullaridan foydalanishlari kerak. Lekin ba’zi rahbarlar individual rag’batlantirishga, 
boshqalari esa jamoani rag’batlantirishga ko’proq mablag’ ajratishga harakat qiladi. 
Ba’zi rahbarlar yil choragi natijalariga, ba’zilari esa yillik ish natijalariga ko’ra 
mukofotlashni afzal ko’radi.
Buyruq va farmoyishlar chiqarish kabi 
boshqarishning tashkiliy-ma`muriy 
usullaridan
ham rahbarlar turlicha foydalanadi. Bular bo`lmasa ham buyruq 
chiqarish va aksincha, boshqarish funktsiyalarini buyruqsiz ham muvaffaqiyatli 
bajarish mumkin.
Buyruq chiqarib, uni nazoratsiz qoldirish ham, uning bajarilishi ustidan aniq va 
amaliy nazorat o`rnatish ham mumkin. Shunday qilib, muayyan usullarni amalga 


214 
oshirishga har xil rahbarlar o`z individual uslubi bilan yondoshadi. Shu bilan birga, 
rahbarlik uslubi butunlay individual asosga ega deb ham qarash noto`g’ri bo`ladi.
Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga bo`lgan 
yagona talablar, jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhit, yuqori rahbarlar tomonidan 
boshqarishda qo`llaniladigan usullar kabi ko`pgina ob’yektiv omillar ta`sir ko`rsatadi. 
Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik uslubining sub’yektiv va ob’yektiv 
unsurlari aralashib ketadi.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish