"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Del’fa usuli
aksariyat hollarda qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi 
a’zolarni to’plash imkoniyati bo’lmagan hollarda, ya’ni boshqaruvning markaziy 
apparatidan uzoqda yashaydigan, filial va bo’limlarda ishlayotgan xodimlarni yig’ish 
maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bu usulga binoan yechilishi 
lozim bo’lgan muammo bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi 
a’zolarining bir-biri bilan uchrashish va fikr almashishiga ruxsat bermaydi.
Del’fa usulini qo’llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
1)
muammo yuzasidan tuzilgan savollar javob berilishi uchun qatnashchilarga 
tarqatiladi; 
2)
har bir qatnashchi savollarga mustaqil va yashirin javob beradi; 
3)
javoblar markaziy apparatda yig’iladi va ulardagi takliflar asosida umumlashgan 
hujjat tayyorlanadi; 


200 
4)
tayyorlangan hujjatning nusxasi har bir qatnashchiga jo’natiladi; 
5)
har bir qatnashuvchining umumlashgan hujjatga nisbatan bildirgan fikri yana 
markaziy apparatda to’planadi. U ko’rilayotgan muammo yechimiga o’zgartirish 
kiritishga asos bo’lishi mumkin.
Shu sababli: 
6)
bu ish umumiy qarorga kelinmagunga qadar takrorlanaveradi. 
Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda har bir qatnashuvchi fikrining 
mustaqilligi ta’minlanadi. 
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari boshqarish usullari tizimida alohida 
o’rin tutadi. Boshqarishning bu usuli yakkaboshchilik munosabatlari -intizom va 
mas’uliyatga asoslanadi. 
Tashkiliy-ma'muriy usullarga: 

boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish; 

har bir boshqaruv bo’g’inining funktsiyalarini belgilash; 

kadrlarni to’g’ri tanlash; 

buyruqlar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat 
qilish; 

topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga 
nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi. 
Tashkiliy-ma'muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi rganlarning 
bo’ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko’pincha ma'muriy usullar deb 
yuritiladi. Yuqori ma'muriy organlar boshqariluvchi ob'yektning bajarishi majburiy 
bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysunuvchi organlarga 
farmoyishlar beradi. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning rahbari o‘ziga 
bo‘ysunuvchi tsex rahbariga, tsex rahbarlari shu tsexdagi ishlab chiqarish 
uchastkalarining ustalariga bevosita bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalarni berishi 
mumkin va bu ko‘rsatmalar bajarilishi lozim. Bunday ko‘rsatmalar jumlasiga 
mahsulot turlarini rejaga asosan bir maromda ishlab chiqarishni yuqori darajada 
tashkil qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat me’yorlarini o‘z vaqtida ko‘rib 


201 
chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tez hal qilinadigan masalalar 
to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi. 
Quyi pog‘ona rahbarlari bajarishi shart bo‘lgan farmoyish va ko‘rsatmalarni 
berish, ularning bajarilishini nazorat qilish, normalarni ishlab chiqish, xodimlarni 
to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ishchilarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish, 
taqdirlash yoki jazolash yuqori pog‘ona rahbarlarining vazifasiga kiradi. 
Tashkiliy usullar shu yo’l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning 
tarkib topishiga yordam beradi. Bu usullar boshqarish funktsiyalari bajarilishining: 

tashkiliy barqarorligini; 

intizomliligini; 

muvofiqliligini; 

uzluksizligini ta'minlaydi. 
Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqaruv organlarining o’zaro aloqada ishlashini, 
boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob'ektlarga ma'muriy ta'sir 
ko’rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi. Shu bilan birga, ma'muriy yoki 
to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik yurituvchi sub'yektning tanlash erkinligini 
cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi. O’z mohiyatiga ko’ra 
ma'muriy boshqarish bozorga xos bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi. 
Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma'muriy usullari o’z 
ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma'muriy usullar vositasida 
monopoliyaga 
qarshi 
siyosat 
amalga 
oshiriladi. 
Davlat 
bozorning 
monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma'muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, 
monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish