«iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan Kurs ishi


Industrial-iqtisodiy zonalar zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda beqiyos imkoniyatlar yaratmoqda



Download 165,69 Kb.
bet7/13
Sana22.07.2022
Hajmi165,69 Kb.
#839427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
kurs ishi Qodirov X

Industrial-iqtisodiy zonalar zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda beqiyos imkoniyatlar yaratmoqda

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotiga qanot baxsh etayotganligi nafaqat xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda, balki dunyodagi eng nufuzli ishlab chiqaruvchilarni ham o’ziga jalb qilayapti. Bu erkin bozor shakllari chegara bilmasligini, maqbul shart-sharoit yaratilgan joyda uning jadal rivojlanishini yana bir karra isbоtlovchi yorqin misoldir.


2014-yil 17-sentabr kuni “Angren” maxsus industrial zonasida “Angren shakar” -xorijiy korxonasi o’z faoliyatini boshladi va qisqa muddat ichida O’zbekiston birja -bozorida mazkur xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan sotilgan mahsulotning umumiy hajmi qariyb 700 tonnani tashkil etdi. Treyderlarning fikricha, birjada yangi zavod mahsulotining paydo bo’lishi tufayli mamlakatimiz o’z ichki ehtiyojini to’liq ta’minlashga erishdi. Chunki Xorazmdagi turdosh korxona ilgari iste’molchilar talabining yarmini qoplab kelar edi.
Yurtimizning shakar ishlab chiqaruvchi ikkinchi korxonasi yaydoq dalada bunyod etildi. Jahon tajribasiga ko’ra, bunday qurilishni yakunlashga kamida 3 yil ketadi. “Angren shakar” esa 20 oydan ortiqroq muddatda nafaqat tiklandi, balki uning hududi so’lim hamda go’zal oshyonga aylantirildi. Anvoyi gullaru barq urib o’sayotgan daraxtlardan bahridilingiz yayraydi.
Zavodga o’rnatilgan dastgohlar Germaniyaning eng mashhur kompaniyasida ishlab chiqarilgan bo’lib, ular ohangaronlik, nurobodlik va olmaliqlik yoshlar izmida. Aksariyati kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridir. Bu, o’z navbatida, “aqlli texnologiyalar” asosida harakatlanadigan uskunalarni boshqarishda qo’l kelayotir.
— Bizning laboratoriyamizda, — deydi yosh mutaxassis Feruza Aliyeva, — Braziliyadan keltirilayotgan yarimtayyor xom ashyoning tarkibidan tortib, undan tayyorlanadigan mahsulot sifatigacha o’ta aniq baho beriladi. Shu bois bugungi kunda zavodda ishlab chiqarilayotgan 1000 tonna mahsulot barcha xalqaro sifat talablariga to’liq mos keladi.
Angren shahrining kiraverishida joylashgan yana bir zamonaviy korxona ham tashqi mahobati va ko’rkamligi bilan kishi diqqatini tortadi. Uning ta’sischisi — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati. Bu yerda sovitkich, konditsioner va radiatorlar tayyorlashda qo’llaniladigan 4 millimetrdan 29 millimetrgacha hajmdagi mis quvurlari ishlab chiqarilayapti. Buning uchun zarur bo’lgan asosiy xom ashyo — mis katodi kombinat tomonidan yetkazib beriladi. Uni qayta ishlash jarayoni esa quyuv sexidan boshlanadi. Tasavvur qiling: avvalo, katta qozonda ikki soat mobaynida obdan qaynatilgan katod mis quvurlarga, so’ngra navbatdagi murakkab texnologik ishlovlar natijasida 50 dan ziyod xildagi kattayu kichik hajmli tayyor mahsulotga aylanadi.
Ta’kidlash kerakki, mis quvurlarimizning eksport jug’rofiyasi tobora kengayib -borayotir. Ayni paytda Yevropaning mashhur kompaniyalari bilan ham shartnomalar tuzilmoqda.
Hozirgi kunda “Angren” maxsus industrial zonasida jami 11 korxona faoliyat ko’rsatayapti. Ularda shakar va mis quvurlaridan tashqari, ko’chalar hamda binolar uchun tejamkor yoritqichlar, ko’mir briketlar, zamonaviy qurilish materiallari kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Korxonalarda ish bilan band bo’lganlar soni esa bir yarim ming kishiga yetib qoldi. Umuman olganda, “Angren” MIZ ma’muriy kengashi tomonidan 23 ta loyiha ma’qullangan bo’lib, ularning qiymati qariyb 458 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
Karmanadan Qiziltepa tomon yo’lga chiqar ekansiz, bu yerda barcha qulaylikka ega -zamonaviy shaharcha va dunyoga taniqli “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining ishlab chiqarish korxonalariga ko’zingiz tushadi. Ularning binolari oldida hilpirab turgan turli davlatlarning bayroqlari yurtimiz tadbirkorlari bilan hamjihatlikda ish olib borayotgan xorijiy kompaniyalar geografiyasini namoyon etadi: Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, XXR, BAA, Singapur, Hindiston…
Yaxshi bilasiz, 2008-yil 2-dekabrda davlatimiz rahbarining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. O’tgan davr mobaynida bu -hududda 22 loyiha hayotga tatbiq etildi. Yangi korxonalarda tayyorlanayotgan mahsulotlar turi salkam 100 taga yetdi. Masalan, avtomobillar uchun yuqori bosimli gazballonlari ishlab chiqaruvchi O’zbekiston — Janubiy Koreya qo’shma korxonasini olaylik. Ushbu zavod mintaqada yagona bo’lgan uskunalar bilan jihozlangan va kompyuterlashtirilgan tizimda faoliyat ko’rsatadi.
Uning yonidagi korxonada tayyorlanayotgan yuqori kuchlanishga chidamli kabel simlari ham har qanday kuchli raqobatga dosh bera oladi. Mahalliylashtirish dasturiga binoan, o’tgan yilning o’zida ishlab chiqarish o’zlashtirilgan emal simlari, startyor rotorlari, dori-darmonlar, mobil telefonlari, noutbuk, smartfon va boshqa elektrotexnika mahsulotlari haqida ham shunday fikrni bildirish mumkin.
Erkin industrial-iqtisodiy zona tarkibidagi korxonalar tomonidan bultur 184,4 milliard so’mlik mahsulot tayyorlanib, uning 5 million dollardan ortiq qismi eksport qilindi. Bu ishlab chiqarish hajmi avvalgi yildagiga nisbatan 32 foiz, eksport esa uch barobar o’sdi, deganidir.
Hududda, shuningdek, qurilish ishlari va gipsokartonlarni montaj qilishda qo’llaniladigan turli ashyolar, polipropilen quvurlar hamda ularni ulashda foydalaniladigan qismlar, transport vositalari uchun tormoz qismlari, quyosh issiqlik panellari, tikuv mashinalari, maishiy va elektrotexnika jihozlari, gilamlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan quvvatlar ham mavjud.
E’tiborli jihati, ularning hammasi yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar sirasiga kirsa, yana bir muhim tomoni shuki, bugungi kunda Prezidentimizning 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida”gi Farmoni asosida faoliyat yuritayotgan korxonalarda ham tayyorlanayapti.
“Jizzax” maxsus industrial zonasi uchun 364 gektar, uning Sirdaryo tumanidagi filialiga 108 gektar yer ajratilgan. Ularga elektr energiyasi, gaz, suv tarmoqlari tortilgan bo’lib, barcha ichki va tashqi yo’llar asfaltlangan. Davlat mablag’i evaziga yaratilayotgan bunday infratuzilma ob’yektlari esa innovatsion loyihalar ro’yobi uchun tagzamin vazifasini o’taydi. Zero, ularsiz biror-bir korxona faoliyatini tasavvur etib bo’lmaydi. Lekin sanoat hududidagi bo’sh yotgan ob’yektlarni rekonstruksiya qilib, zamonaviy quvvatlarga aylantirish ham oson ish emas. Xususan, “Roison Home White Goods” qo’shma korxonasining ma’muriy binosini qurish barobarida, ishlab chiqarish sexlarining 11 ming kvadrat metrlik sahnida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. Pirovardida bu yerda turli rusumdagi konditsioner, televizor, sovitkich, gazplitalari va boshqa elektr jihozlarini tayyorlash yo’lga qo’yildi. Korxona direktori o’rinbosari Abdulaziz Yunusovning qayd etishicha, loyihaning umumiy qiymati 26,6 million dollarga teng bo’lib, dastlabki bosqichda 325 ming dona maishiy texnika ishlab chiqariladi, keyingi bosqichda esa mazkur ko’rsatkich ikki baravar ortadi.
“Master Screw Systems” qo’shma korxonasining binosi ham tubdan rekonstruksiya qilinib, unga zamonaviy texnologik liniyalar o’rnatildi. O’tgan yildan buyon bu sub’yektda issiq, sovuq va oqova suv uchun mo’ljallangan o’ndan ortiq o’lchamdagi plastmassa quvurlar hamda ularni bir-biri bilan ulashda foydalaniladigan qismlar tayyorlanmoqda.
— Biz hozirgi paytgacha ulama qismlarning 300 dan ortiq turini, quvurlarning 24 xilini ishlab chiqarishni o’zlashtirdik, — deydi qo’shma korxona rahbari Sherzod Yunusov. — Mahsulotlarimiz sifatiga esa 50 yil kafolat beramiz. Ayni damda bir yilning o’zida ishlab chiqarish hajmini 6,5 milliard so’mlikdan 10 milliard so’mlikka oshirishga intilayapmiz. Sababi, chet ellardan ham buyurtmalar tusha boshladi.
“Juita Gulshana invest” qo’shma korxonasining asosiy mutaxassislari sanoatbop tikuv mashinalarini yig’ish bo’yicha tajribani xorijda orttirgan bo’lsa, bo’lajak ishchilarni tayyorlash jarayoni kollej o’quvchilarini kasbga yo’naltirishdan boshlangan edi. Natijada ularning malakasi tobora ortib borayaptiki, bu qo’shma korxona nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham o’z mahsulotlarini “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo belgisi ostida yetkazib berish imkoniyatini yaratmoqda. Yig’uv sexi boshlig’i Olim Hasanovning fikricha, korxona to’la quvvat bilan ishlay boshlaganidan so’ng yiliga 15 ming dona tikuv mashinasi tayyorlanadi. Yaqin muddat ichida esa ishlab chiqarish jarayonining 50 foizi mahalliylashtirilib, tayyor mahsulotlarning uchdan bir qismi eksport qilinadi.
Ma’lumot o’rnida yana shuni aytish kerakki, “Jizzax” MIZda bugungi kunga qadar 51 million dollarlik (uning yarmidan ko’pi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalar) 13 ta loyiha amalga oshirildi. Joriy yilda ularning sonini 11 taga ko’paytirish va buning uchun 156 million dollarlik investitsiya jalb etish mo’ljallangan.
Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizga yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlarni -ishlab chiqarish uchun yuksak texnologiyalarga asoslangan korxonalar zarur. Ularni barpo qilish uchun esa xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb etish yaxshi samara beradi. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy, “Angren” va “Jizzax” maxsus -industrial zonalarining faoliyati buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Download 165,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish