Ms = Mx/Tmx
Kopincha amaliyotda mehnat sigimining boshqacha manosini bildiruvchi mehnat unumdorligi (Mu) korsatkichidan foydalaniladi:
Mu =Tmx/Mx
Mehnat unumdorligi - inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - kopmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.Ishlab chiqarishning material sigimi maxsulot (ish bajarish yoki xizmat korsatish) birligiga ketadigan va unda ifodalanadigan moddiy resurslar (xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, sotib olinadigan botlovchi buyumlar va yarimfabrikatlar, yoqilgi va energiya) yalpi sarfini tavsiflovchi korsatkichdir.
Ishlab chiqarishning fondtalabligi mahsulot birligiga (natural yoki qiymat doirasida) togri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini tavsiflovchi korsatkichdir. Fond sigimi (Fs) asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning samaradorligini korsatadi va bu fondlar ortacha yillik qiymatining (F) mahsulot hajmiga (Mx) nisbatini ifodalaydi:
Fs =F/Mx
Bu midqorning teskarisi fond samarasi (natijasi) yoki fond qaytimi (Fk) deb yuritiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Fk =Mx/F
Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini baholashda kapital qoyilmalardan foydalanish korsatkichlari ishlab chiqarish fondlarini qayta takror ishlab chiqarishning yangi asosiy va aylanma fondlarini yaratish uchun zarur bolgan jamgarma fondlari samaradorligini tavsiflaydi. Bunday korsatkichlardan eng muhimi kapitaltalablik yoki kapital sigimi hisoblanadi. Bu korsatkich (Ks) kapital mablaglar (K) yordami bilan tayyorlangan mahsulotning kopaygan qismiga nisbati bilan ifodalanadi:
Ks =K/∆ Mx
Yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator tabaqalashtirilgan (differentsiyalangan) ko’rsatkichlar ishlab chiqarish samaradorligini baholash va tashkil etishda muhim o’rin egallaydi, xarajatlar va resurslar asosiy turlarining qaytarib berilishini tavsiflaydi. Lekin, faqat bu korsatkichlar asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ozgarishiga baho berish qiyin, chunki ular ozgarishning xarakteri va dinamikasini taqqoslay olmaydi. Undan tashqari, bazi davrlarda ular har xil yonalishda ozgaradilar. Masalan, sanoatda mehnat unumdorligi juda sekinlik bilan oshmoqda.
Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat xarajat va resurslar asosiy turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni, balki uning butunlay ozgarishini, yigindi (integral) samaradorligini baholashni ham oz ichiga oladi. Mana shu maqsadda iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks korsatsichlari hisoblab chiqiladi va ishlab chiqarishning oqibat-natijalari shu korsatkichlar yordamida tahlil etiladi. Bunday korsatkichlar turli xarajatlar va resurelarning darajasini yigilgan turda, har xil omillarning tasirini hisobga oladi.
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bogliq bolgan omillar tasirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oishrishning oziga xos omillari mavjud.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda kop, xilma-xil omillari va asosiy yonalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bolinishi mumkin: manba boyicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yonalishlari boyicha, omillarning orni va amalga oshirish darajasi boyicha.Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari boyicha tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini aniqlashga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sigimi, material sigimi, fond sigami hamda kapital mablag talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yonalishlari boiicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu yonalishlar goyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini kotarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda ragbatlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yolga qoyish.
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish samaradorlikni oshirishning asosiy yonalishi hisoblanadi.Sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yollaridan yana biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdir. Texnik va texnologik omil mehnat unumdorligini ostirishning kamida uchdan ikki qismini taminlaydi.Malumki, iqtisodiy taraqkiyotning turli bosqichlarida texnika taraqkiyotining xarakteri va mazmuni oz xususiyatlariga ega boladi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga otish natijasida fan-texnika taraqqiyoti undagi mikdoriy ozgarishlargagina emas, balki koproq sifat ozgarishlariga qaratiladi. Umuman, samaradorlik iqtisodiyotdagi sifat ozgarishlari bilan bogliqdir, bu talab fan-texnika taraqqiyotiga ham toliq joriy etiladi.
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga kotarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-gayrati, jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning qudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. Shu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi deb aytadilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilgor texnika-texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Biroq inson faqat asosiy ishlab chiqaruvchi kuchgina emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning subekti hamdir. Odamlar faoliyati shu munosabatlar orqali ruyobga chiqadi. Bu faoliyat yonalishi va natijalari hodimning oz faoliyatida qanday oy-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy yol-yoriqlarga, muddaolarga va psixologik etiqodlarga amal qilishiga bogliq. SHu sababli inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni ragbatlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |