2.2. Mehnat bozorida ish bilan bandlik xizmati
faoliyatining tahlili
Samarali bandlik – ijtimoiy mehnat unumdorligini o’stirish asosida jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromad, salomatlik, ta’lim va kasbiy darajasini oshirishni ta’minlash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi aholisi samarali bandligini ta’minlash bo’yicha mehnat bozori ishtirokchilari sa’y-harakatlari va kuchlarini birlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda viloyatlar, shahar va tuman hokimliklari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari tizimi o’rtasida aholi samarali bandligini ta’minlash bo’yicha ishlab chiqilgan birgalikdagi harakat Bosh kelishuvini har yili takomillashtirib borish va amalga oshirilishini ta’minlash lozim [10]. Samarali bandlik – jamiyat a’zolari sanalgan aholining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularni qanoatlantira oladigan hamda ularning mehnat salohiyatidan unumli foydalanishga imkon beruvchi bandliqdir.
Davlat uchun samarali bandlik quyidagilarda namoѐn bo’ladi:
milliy daromadning o’sishi, mahalliy ishlab chiqarishning taraqqiѐti, jamiyat uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiѐtning rivojlanishi;
aholi farovonlik darajasining oshishi, ularning kasbiy malaka darajasining ortishi;
mamlakatda ilmiy texnikaviy rivojlanish;
iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi;
davlat boshqaruvining ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi va korxonalarda ishchilar uchun shart-sharoitlar yaratilganligi kabi mezonlar bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan aholi bandligini tartibga solish usullarini qo’llashni talab etiladi (1-rasm).
1-rasm ma’lumotlariga e’tibor karatadigan bulsak, 1991 yilga nisbatan jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari 49 foizni tashkil etgan bulsa, 2017 yilga kelib esa jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari 59,7 foizni, ya’ni usish tendensiyasi kuzatilgan.
O’zbekiston Respublikasida 1991-2017 yillarda jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari, iktisodiy faol aholi soni va iktisodiyetda band aholi sonining uzgarish tendensiyalari taxlili amalga oshirildi (2-rasm).
Xuddi shunday usish tendensiyasi jami aholiga nisbatan iktisodiy faol aholi va iqtisodiyotda band aholi mos ravishda usish tamoyiliga, ya’ni iktisodiy faol aholi 1991 yilda 39,6 foizdan 2017 yilda 44,6 foizga, iqtisodiyotda band aholi 1991 yilda 39,6 foizdan 2017 yilga kelib 42,5 foizga ega bulgan.
3-rasm ma’lumotlarida esa 1991 yildan tortib 2017 yilgacha bulgan mexnat bozorini tavsiflovchi asosiy indikatorlarning utgan yillarga nisabatan uzgarishi keltirilgan bulib, bunda iktisodiy faol aholining mexnat resurslariga nisbatan va iqtisodiyotda band aholining iktisodiy faol aholiga nisbatan uzgarishi keltirilgan.
Bunaday tendensiyaning kuzatilishi albatta, mamlakatimizda mexnatga ayokatli yoshdagilarning oshishiga olib kelib, aholi bandligini ta’minlash muammosini keltirib chikarishga sabab buldi.Shu urinda O’zbekiston Respublikasida 1991-2017 yillarda iqtisodiyotdagi bandlarning tarmoqlar tarkibiy tuzilishi dinamikasini tadkik etish xam samarali yondashuv sanaladi.
Chunki, 4-rasmda keltirilgan statistik ma’lumotlar ushbu kursatkichni 2017 yilda 1991 yilga nisbatan 92,1 foizga usib 19440,8 ming kishiga yetganligini kursatmokda. O’zbekiston Respublikasida iktisodiy faol aholi soni 14,357 mln. kishini yoki umumiy aholining 44,3% ini tashkil etdi. Shu bilan birga, iqtisodiyotdagi bandlar soni utgan yilga nisbatan 1,7 %ga usib, 13,52 mln.kishiga etdi. Utgan yil bilan kiyoslaganda, eng yuqori bandlik darajasi tashish va saklash (2,6%ga), moliyaviy va sugurta faoliyati (2,4%), kurilish (2,1%), savdo (1,9%), yashash va ovkatlanish (1,7%) soxalarida qayd etildi. Bandlar umumiy sonida kishlok, urmon va balik xujaligi (27,3%), sanoat (13,5%), savdo (9,5%) va ta’lim (8,2%) soxalarining ulushi yuqoridir.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni xar tomonlama kullab-kuvvatlash xamda yanada ragbatlan- tirish buyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tufayli kichik biznesdagi bandlar ulushi ortib borayotganligi 78,3% ni (2016 yilda 78,2%) tashkil etganligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |