I bob. Mehnat bozorini mohiyati mazmuni va tamoyillari
1.1. Mehnat bozorini mohiyati va vazifalari
Mamlakatimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich joriy etila borishi, u bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mustaqil hal etish imkoni paydo bo’lganligi va boshqa xususlarida o’z aksini topmokda. Bu jarayonlar orasida mehnat bozorini samarali shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi alohida o’rin egallaydi. Bu masalaga mukammal yondashishdan avval, mehnat bozorining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni, uning mohiyatini ochiqroq bayon etmoq o’rinli bo’ladi. Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qushadigan institut yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg’i, tayyor mahsulot, qimmatli qog’ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi.
Bozorlar orasida mehnat bozori alohida o’rin tutadi. Bozor iqtisodiyotining ajralmas va muhim tarkibiy qismi — mehnat bozoridir. Aynan mehnat bozori orqali g’oyat muhim milliy resurs bo’lgan mehnat mintaqalar, tarmoqlar, firmalar va kasblar bo’yicha taqsimlanadi. Shu bozorda uning bahosi ham belgilanadi.
Mehnat bozori ish bilan bandlikni tartibga solishda faol rol o’ynaydi. Mehnat bozorida asosiy milliy resurs — ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi. Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur mikdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi.
Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi. Mehnat bozorida raqobatning mavjud bo’lishi, bir tomondan, yollanma xodimlar o’z professional mahoratini o’stirishi va kengaytirishini, malakasini oshirishini rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, ish beruvchilarni qulay mehnat va unga haq to’lash sharoitlarini yaratish hamda saqlab turishga undaydi. "Mehnat bozori" tushunchasi bo’yicha turli xil nuqtai nazarlar mavjuddir. Ba’zi birlari mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali ishchi kuchining taklifi va mehnatga bo’lgan talabini o’z-o’zidan tartibga solinish mexanizmi kabi aniqlaydilar.
Boshqalarning fikriga ko’ra esa, mehnat bozori yollanib ishlashni xohlovchilar va ish beruvchilar ehtiyojini kelishilgan vositachi orqali talab va taklifini qondirish uchun sharoit yaratadi va ishchi kuchini oldi-sotdi jarayonini bevosita tartibga solib turmaydi, deb tushuntiradilar. I.S. Maslovaning aniqlashicha, mehnat bozori - bu mulkchilik subyekti, ishchi kuchi va ish joyi taklifining nisbati va tuzilishini, ishlovchiga va yollanib ishlanadigan ishga talab hajmini shakllantira borib, ishlab chiqarish omillariga (mehnat vositalari va ishchi kuchi) o’zaro ta’sir etadigan dinamik tizimdir.2
Mazkur bozorning asosiy unsurlari, - bu talab va taklif, ishchi kuchi qiymati va uning bahosi hamda raqobat hisoblanadi. Mehnat bozori mexanizmini ishga solish masalasi ishchi kuchini jalb etish bo’yicha ish beruvchilar o’rtasidagi, ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimidagi bo’sh ish joyini egallash bo’yicha ishlovchilar o’rtasidagi hamda mehnat shartnomasi va ish haqi sharoitlari bo’yicha ishlovchilar va ish beruvchilar o’rtasidagi raqobat hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi nisbat mehnat bozori kon’yunkturasini ifodalaydi. Bu esa o’z navbatida turli xil omillar ta’siri ostida, ya’ni, ishchi kuchining umumiy tengligida, ortiqchalikda va yetishmovchiligida shakllanadi, bundan tashqari yollanib ishlovchilar sifatida turli xil aholi guruhlarining teng bo’lmagan holatini aks ettiradi. Amalda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifning umumiy tarkibiy tengligiga erishish juda qiyin.
Mehnat bozori kon’yunkturasi ishchi kuchining bahosiga bevosita ta’sir etadi, bu esa o’z navbatida amaldagi bozor bahosiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Mehnat bozori turli xil vazifalarni bajaradi. U mehnat munosabatlari subyektining iqtisodiy manfaatlarini kelishish vositasi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish muvofiqligini shakllantirish va o’zgarish mexanizmining organik qismi bo’libhisoblanadi.
Mehnat bozorini taqsimlash munosabatlari va mehnatni rag’batlantirish, ishlovchilarning kasbiy, malakaviy tarkibini shakllantirish vositasidir, u shaxsiy mehnat shijoatini ishga solish sharoitiga bevosita ta’sir etadi. Shunday qilib, to’laqonlik shakllangan mehnat bozorini yuzaga keltirish hozirgi sharoitda zamonaviy shakldagi bandlik tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy tashkil etish va tartibga solishning murakkab obyekti sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizda oqilona bandlik shakllanar ekan, bu jarayonning chuqurlashuvi va rivojlanishi mintaqaviy mehnat bozorini ham vujudga kelishiga olib keladi. Oqilona bandlik tizimini shakllantirishning muhim mexanizmi hisoblangan mintaqaviy mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etish yanada chuqur ilmiy, amaliy ahamiyatga egadir. Mehnat bozorini o’rganish ijtimoiy-iqtisodiy majmualar faoliyatining shakllanishi va rivojlanishini o’rganishda ham muhim asos bo’ladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy soha majmualari bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy majmualar ham faoliyat ko’rsatadi. Bu majmualarning shakllanishi alohida hududlar ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va omillar majmuining mavjudligi bilan izohlanadi
Iqtisodiyotni hududiy jihatdan tashkil etish hududda ishlab chiqarish va mehnatni jalb etish turlarining turli shakllarda uyg’un holda faoliyat ko’rsatishlariga asoslangan ishlab chiqarish kuchlari unsurlari o’zaro ta’sirining ko’p darajali tizimidir. Ularning mintaqalarda oqilona tarzda birlashishi tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga olib keladi. Hududda ishlab chiqarish kuchlari unsurlari turli darajada birlashadilar, iqtisodiy aloqalar va munosabatlar esa turli darajada lokallashadilar. Bu mamlakat iqtisodiyotining umumiy tuzilmasi tarkibida bevosita takror ishlab chiqarishning mintaqaviy yashhatlari bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ajratish imkonini beradi. Ushbu munosabatlar va aloqalar yig’indisi iqtisodiyotning hududiy tarkibini tashkil etib, u shahar poselkalari va ularni bog’lovchi kommunikasiyalar, eng avvalo, transport magistrallarining joylashishi bilan bog’liq.
Xo’jalikning hududiy tarkibi asosi bo’lib ishlab chiqarishni joylashtirish hisoblanadi va u hududiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Xo’jalikning hududiy tarkibi tarmoq tarkibi bilan uzviy bog’liq, chunki har bir tarmoq, korxona yoki ishlab chiqarish aniq hududda faoliyat ko’rsatadi, o’zining hududiy joylashuviga ega bo’ladi, ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar esa tarmoqlar, korxonalar joylashgan mintaqalar o’rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo’ladi. Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy obyekt sifatida tarmoqdan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Eng avvalo, mintaqaning farqli jihati shundan iboratki, unda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o’z ichiga qamrab olgan xo’jalikning turli tarmoqlari o’zaro birlashadi.
Demak, mintaqa xo’jalik majmuasi sifatida tarmoqqa nisbatan murakkab tuzilma hisoblanadi. Aynan mintaqa doirasida iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini hal etishga majmuaviy tarzda yondashishi mumkin. Agar tarmoqlar tor ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga asosiy e’tiborni qaratsalar, mintaqa oldiga tarmoqlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini o’zaro bog’lash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni muvofiqlashtirish masalalari qo’yiladi. Xo’jalikning hududiy tarkibi boshqa tuzilmaviy tavsiflar bilan yaqin aloqada bo’lar ekan, faqat o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar, iqtisodiyot rivojlanishining makon nuqtai nazaridan tahlil qilish va boshqarishning maxsus usullarini talab etuvchi ma’lum mustaqillikka ega bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmualari respublika ichki iqtisodiy rayonlarining asosi bo’lib hisoblanadi va u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida shakllanadi.
Hududiy-xo’jalik majmuasi — muayyan hududdagi korxonalar va inshootlar majmuasi hisoblanib, ular bir-biri bilan umummintaqaviy tabiiy va iqtisodiy shartsharoitlar va resurslardan foydalanish asosida o’zaro iqtisodiy bog’liq bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmualarining muhim mezoni ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma umumiy tizimining mavjudligi hisoblanadi. Majmualar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, aniq chegaralar bilan ajralib turmaydi. Shu sababli respublika mintaqalarining chegaralari muayyan darajada shartli bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmualari mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismidir. Ayni vaqtda ularga alohida ijtimoiy-iqtisodiy majmua sifatida 8 qarash mumkin. Har bir hududiy-xo’jalik majmuasi o’zaro bog’liq unsurlar to’plami sifatida yaxlit butunlikni tashkil etadi, o’z tarkibi va tegishli funksiyalariga ega bo’ladi. Hududiy-xo’jalik majmuasining tarkibiy unsurlari moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari hisoblanadi. Ular o’rtasida ma’lum aloqa mavjud bo’lib, u ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotning hududiy tarkibi shakllanishi ko’plab omillar ta’sirida yuz beradi. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jahon xo’jalik aloqalarida tutgan o’rniga bevosita bog’liq.
Iqtisodiyotning hududiy tarkibi shakllanishiga ta’sir etuvchi muhim omillar jumlasiga mineral xom ashyo, yoqilg’ienergetika, suv, o’rmon va yer resurslari, mehnat resurslari, iqtisodiy va ilmiy-texnika salohiyati, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma, aholining joylashishi va boglqalar kiradi. Alohida mintaqalar turli tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirish uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar bo’yicha birbiridan keskin tafovutda bo’ladi. Ma’lum hududdagi ishlab chiqarish faoliyatining tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa xususiyatlari xo’jalik rivojlanishining tarkibi, yo’nalishi. sur’atlari, miqyoslari va proporsiyalariga faol ta’sir ko’rsatadi va pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining hududiy tarkibini shakllantiradi. O’zbekiston iqtisodiyotida ichki respublika mintaqalarining tutgan o’rni va roliga baho berish uchun ularning jami aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlaridagi salmog’ini tahlil qilish lozim. Bugungi kunda O’zbekiston hududini iqtisodiy rayonlarga ajratish bo’yicha yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim iqtisodchi-olimlar fikricha, respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga ajratish maqsadga muvofiq:
1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
2. Farg’ona (Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari);
3. Zarafshon (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari);
4. Mirzacho’l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari);
5. Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);
6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati).
Ba’zi manbalarda Zarafshon iqtisodiy rayoni Markaziy, quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Orolbo’yi nomi bilan ataladi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda O’zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirishning quyidagi tasnifi ko’proq qo’llanilmoqda:
1. Toshkent iqtisodiy rayoni;
2. Jizzax-Sirdaryo iqtisodiy rayoni;
3. Farg’ona iqtisodiy rayoni;
4. Samarqand-Qashqadaryo iqtisodiy rayoni;
5. Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni;
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni;
7. Surxondaryo iqtisodiy rayoni.
Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo’shadigan institut yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg’i, tayyor mahsulot, qimmatli qog’ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo’lishiga, asosan, bozor negizi — mazkur bozorda oldisotdi obyekti bo’ladigan tovar ta’sir etadi. Shunga ko’ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik do’konchadan tortib, yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo’lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog’langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo’lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning 10 belgilangan majmuasiga ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z iste’mol sifatlarini yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko’rsatkichlari ham yaxshilanishi darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab investisiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib mazkur bozorning o’tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:
* ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
* bozor uslubida xo’jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
* mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko’rsatish;
* ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko’maklashish;
* ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o’zgartirish.
Bozor munosabatlariga o’tgan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, mavjud hozirgi kadrlar tayyorlash sohasidagi vujudga kelgan vaqtinchalik sustkashlik hamda ta’lim berish xizmatiga bo’lgan talabning pasayishi bu o’tkinchi holdir.
Agarda bozor munosabatlarining shakllanishi jadal sur’atlar bilan rivojlanaversa va bu hol mamlakatimiz xalq xo’jaligining rivojiga ham turtki bersa, xalq xo’jaligining bandlik sohasidagi tarkibiy qayta qurish haqiqiy kadrlar taxchilligini yuzaga chiqaradi, bunga esa tarmoq bo’yicha tegishli xizmatlarning tayyor bo’lishi gumondan holi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |