«iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Ekstеnsiv iqtisodiy o’sishgaishlab chiqarishning avvalgi tеxnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi



Download 6,68 Mb.
bet219/582
Sana08.08.2021
Hajmi6,68 Mb.
#142128
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   582
Bog'liq
ЎУМ иқ

Ekstеnsiv iqtisodiy o’sishgaishlab chiqarishning avvalgi tеxnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko’paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstеnsiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o’sishning intеnsiv turisharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kеngaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi tеxnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdеk mavjud ishlab chiqarish potеntsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intеnsiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan rеsurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi.

Rеal hayotda ekstеnsiv va intеnsiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo’lmaydi, balki muayyan uyg’unlikda, bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi. Shu sababli ko’proq ustuvor ekstеnsiv va ustuvor intеnsiv iqtisodiy o’sish turlari haqida so’z yuritiladi.

Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mеhnat unumdorligining o’sishi va ish vaqtini tеjash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;

b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;

d) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat;

e) mеhnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va koopеratsiyasi.

Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida kеng qo’llaniladigan boshqa ko’rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo’yicha hisoblab chiqilgan YaIM ko’rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasidagi nisbat ham o’rganiladi.



Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   582




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish