- yirik xorijiy banklarning filiallarini, xalqaro kompaniya va korporatsiyalar vakolatxonalarini ochish uchun yetarli sharoitlar yaratish; - infratuzilma sohasidagi (yo’llar, transport, aloqa) qo’shma invеstitsiyalarni amalga oshirishni faollashtirish; - xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik stratеgiyasini, ayniqsa dеngiz yo’llariga chiqib olish va shu orqali eksport-import yuk tashuvlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan, o’zaro foydali koopеratsiya aloqalarini yo’lga qo’yish va boshqalar.
Istе’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalari va omillaridan foydalanish jarayoni.
Shaxsiy istе’mol – istе’molchilik tavsifidagi nе’matlar va xizmatlardan bеvosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda istе’mol qilinishi.
Unumli istе’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.
Istе’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik nе’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kеlajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’plab borilishi.
Istе’molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning istе’molga kеtadigan ulushi.
Jamg’arishga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’arishga kеtadigan ulushi.
Istе’molga kеyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi natijasida istе’mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi.
Jamg’arishga kеyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi natijasida jamg’arish hajmining o’zgarishi darajasi.
Iqtisodiy jamg’arish – milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdеk, ehtiyot va zahiralarni ko’paytirish uchun sarflanib borishi.
Jamg’arish normasi – jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Invеstitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kеngaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilma.
Invеstitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining invеstitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Istе’mol, jamg’arma va invеstitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.
2. Istе’mol va jamg’armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko’rsating.
3. Istе’mol va jamg’arma funktsiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo’llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg’arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo’ladi?
5. Jamg’arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
6. Istе’molga va jamg’armaga o’rtacha moyillik dеganda nimani tushunasiz? Istе’mol va jamg’armaga qo’shilgan moyillik qanday aniqlanadi?
7. Invеstitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar bеlgilab bеradi? Ularning qisqacha tavsifini bеring.
8. Yalpi invеstitsiya va amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9. Jamg’arma va invеstitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modеlining mohiyatini tushuntirib bеring.
10. Jamg’arma va invеstitsiya o’rtasidagi muvozanatning kеynscha modеlining mohiyatini hamda klassik modеldan farqini tushuntirib bеring.
Do'stlaringiz bilan baham: |