1.Monopol bozorlar mohiyati va asosiy xususiyatlari
XIX asrning oʼrtalarigacha rivojlangan mamlakatlarga mukammal (erkin) raqobat xos edi. Bunda korxonalar soni koʼp, hajmi kichik, raqobatchilar soni koʼp edi. Аmmo XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vaziyat oʼzgardi. Fan-texnika taraqqiyoti bozorda raqobatning oʼzgarishiga olib keldi. Erkin, mukammal raqobat bilan birga nomukammal raqobat vujudga keldi. Raqobatning toʼrtta turi mavjud, bular: sof raqobat yoki mukammal raqobat; monopolistik raqobat; oligopoliya; sof monopoliya.
Hozirda sof raqobat va sof monopoliya juda kam hollarda uchraydi. Har bir raqobat xususiyatlari jadvalda keltirilgan. Mukammal raqobatga misol qilib, bozorda oʼz mahsulotini taklif qiluvchi, mustaqil ish yurituvchi koʼp sonli sotuvchilarni olish mumkin. Masalan, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarida narx talab va taklif asosida shakllanadi. Mukammal raqobat deganda koʼp miqdordagi firmalar bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan; xoʼjalik agentlarining tarmoqqa kirish va chiqishlari cheklanmagan; xaridorlar soni juda koʼp boʼlgan; barcha sotuvchi va xaridorlar sotilayotgan mahsulotlar narxi haqida toʼliq maʼlumotga ega boʼlgan bozor tizimi tushuniladi. Bunday shartlarda hech qaysi firma mahsulot narxiga taʼsir koʼrsata oluvchi bozor ulushiga ega boʼlmaydi. Bozordagi biron-bir firmaning ishlab chiqarish hajmi ortganda, tarmoqdagi umumiy mahsulot hajmi sezilarli darajada oʼzgarmaydi va bozordagi mahsulot narxiga taʼsir koʼrsatmaydi. Monopolistik raqobatda koʼp sonli unchalik yirik boʼlmagan, lekin oʼxshash tovarlar taklif qiladilar. Xaridorning tanlash imkoniyat bor.Sotuvchining oʼz tovariga jalb qilish kurashi ketadi.Oligopoliyada kam sonli firmalar hukmronlik qiladi. Bu tarmoqda standartlashgan hamda tabaqalashgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Standartlashgan mahsulotlarga moddiy shakli aniq mahsulotlar (poʼlat, mis, ruh, alyuminiy, qalay, sement, texnik spirt) kiradi. Tabaqalashgan mahsulotlarga har turli isteьmol buyumlari (avtomobillar, elektr maishiy asboblar, sigaretalar) kiradi.Sof monopoliyada faqat bitta firma faoliyat koʼrsatadi. Mahsulot noyob hisoblanib, xaridor oldida ikki yoʼl, olish yoki olmaslik. Unga misol qilib uy-joy xizmati sohasi, aloqa kampaniyalari, havo-yoʼl kompaniyalari xizmati kiradi.
Har bir kishi oʻz kapitalini koʻproq naf ketiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga taʼsir koʻrsatishga harkat qilmaydi, lekin unga ancha taʼsir koʻrsatayotganini sezmaydi. U faqat oʻz manfaatini nazarda tutadi, faqat oʻz foydasini koʻzlaydi. Shunday boʻlsa-da, bunday sharoitda bozorning «koʻrinmas qoʻl» i uni maqsad sari yoʻnaltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga kirmagan boʻlsa ham. Oʻz manfaatini koʻzlagan holda, jamiyatga ataylab foyda keltirishni niyat qilgan odamdan koʻra, u jamiyat manfaatlariga koʻproq xizmat qilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |