Iqtisodiyot” kafedrasi “mikroiqtisodiyot makroiqtisodiyot” fanidan Mavzu: Monopol bozorlar va ularning xususiyatlari


Tarmoqga kirish toʼsiqlaridan quyidagilarni koʼrsatish mumkin



Download 47,56 Kb.
bet4/11
Sana20.03.2022
Hajmi47,56 Kb.
#502134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 Raimov Sh BI-56-2 Makroiqsodiyot

Tarmoqga kirish toʼsiqlaridan quyidagilarni koʼrsatish mumkin.
1.Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan, mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati koʼrsatish, pochta xizmati koʼrsatish, kommunal xizmati koʼrsatish va aloqa xizmati koʼrsatish boʼyicha monopol huquqlar berib, rasmiy toʼsiqlar yaratadi. 2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq maʼlum muddatgacha kuchga ega boʼladi. АQSh da patent qonuniga koʼra ixtirochi oʼz ixtirosiga 17 yil egalik qiladi. 141 3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Аmerikaning “DeBirs” kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi. Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun toʼsiq boʼlishi mumkin. Masalan, avtomobilь zavodi maʼlum miqdorda avtomobilь ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal boʼladi. Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega boʼladi, qachonki u oʼzining sotadigan tovari narxiga taʼsir qilaolsa, yaʼni oʼzgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar oʼrnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega boʼlish uchun firmaning sof monopolist boʼlishi shart emas. Firma mahsulotiga boʼlgan talab chizigʼi raqobatlashgan bozordagiday garizontal boʼlmasdan, pastga yotiq boʼlishi kifoyadir. Аgar talab chizigʼi pastga yotiq boʼlsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini oʼzgartirishi mumkin. Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega boʼladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga koʼra kam boʼladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori boʼladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori). Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini koʼpaytiradi, aholining turmush darajasiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib oluvchilar koʼproq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. Shuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yoʼl qoʼymaydi. Monopolist mahsulotiga talab. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni taʼminlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa: MR- MC. Bunday mahsulot hajmi optimal boʼladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak boʼladi. Sof monopolist tovariga boʼlgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist oʼz tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab ortadi. Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan tovar ishlab chiqarishning oʼzgaruvchan xarajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun tovar hajmini qisqartiradi.
Oligopoliya – bu shunday bozor turiki, undagi tovar taklifining hammasi, yoki deyarli hammasi bir necha ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan boʼlib olingan va bu bozorga yangi firmalarning kirishi katta toʼsiq orqali cheklangan boʼladi. Oligopoliya soʼzi grekcha boʼlib (oligos – bir nechta, poleo – sotaman) sotuvchilarning kamligini bildiradi. Oligopol tarmoqlarga misol sifatida AQShning avtomobilь sanoati, poʼlat, alyuminiy, elektrouskunalar va kompyuter tarmoqlarini keltirish mumkin. Bu tarmoqda umumiy mahsulot hajmi bir necha firmalar hissasiga toʼgʼri keladi. Oligopolistik bozorni uning quyidagi uchta xususiyati ajratib turadi: birinchidan, tarmoqda faoliyat koʼrsatayotgan firmalarning kamligi; ikkinchidan, tarmoqga kiruvchi firmalar uchun kuchli toʼsiqlarning mavjudligi; uchinchidan, oligopolistik bozordagi firmalarning harakati bir-biriga bogʼliqligi. Oligopolistik bozorning uchinchi xususiyatiga koʼra, firmalarning iqtisodiy harakatlari bir-biriga bogʼliq, yaʼni har bir firma biror iqtisodiy strategiyani tanlaganda, boshqa firmalarning ushbu strategiyaga boʼlgan munosabatini eʼtiborga olish kerak boʼladi. Masalan, bir firma oʼz mahsulotiga talabni ragʼbatlantirish uchun mahsulotining narxini 10 foizga kamaytirsa, u asosan raqobatlashuvchi firmalar hisobidan oʼz mahsulotini sotish hajmini anchaga oshirib ular hisobidan qoʼshimcha foyda olishi mumkin. Lekin firmaning bu narx siyosatiga javoban boshqa raqobatlashuvchi firmalar har xil iqtisodiy siyosat olib borishi mumkin: birinchidan, boshqa firmalar eʼtibor bermasligi mumkin; ikkinchidan, ular ham narxni 10 foizga tushirishi mumkin, natijada firmalar oladigan foyda miqdori kamayadi, hatto nolga teng boʼlishi ham mumkin; uchinchidan, boshqa firma bu firmani sindirish maqsadida mahsulotiga boʼlgan narxni 10 foizdan yuqoriroqga pasaytirishi mumkin, lekin bunday holatni davom etishi narxlar jangiga olib kelishi mumkin. Narxlar janggi – bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolistik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir. Umuman olganda, oligopolistik bozorda firma tomonidan qabul qilingan har qanday iqtisodiy siyosat – narxlarni oʼzgartirish, ishlab chiqarish hajmini oʼzgartirish, reklamani kuchaytirish – raqobotlashuvchi 154 firmalarning ushbu siyosatga boʼlgan munosabatini bilishni va uni prognoz qilishni talab qiladi.
Narxlar jangi narx oʼrtacha xarajatga teng boʼlgunga qadar davom etadi, yaʼni P AC -MC . Bu tenglik oligopolistik bozor muvozanatini beradi. Muvozanat holatda hech bir firma narxini kamaytirishdan qoʼshimcha foyda olaolmaydi. Muvozanat holatda firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng. Kurno modeli. Ikki raqobatlashuvchi firma oʼrtasidagi munosabatlarni duopoliya sharoitida 1938 yil birinchi boʼlib oʼrgangan fransuz iqtisodchisi O.Kurno hisoblanadi. Bu munosabatni oʼrganishda quyidagilar faraz qilinadi: ikkala firma ham bir xil tovar ishlab chiqaradi va bu tovarlarga boʼlgan bozor talabi chizigʼi ularga maʼlum. Ikkala firma ham bir vaqtning oʼzida mustaqil ravishda tovar ishlab chiqarish boʼyicha qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish boʼyicha qaror qabul qilinganda, har bir firma shuni bilish kerakki, uning raqobatchisi ham ishlab chiqarish boʼyicha qaror qabul qiladi va mahsulotning pirovard narxi ikkala firma tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmiga bogʼliq boʼladi. Kurno modelida har bir firma mahsulot ishlab chiqarish boʼyicha qaror qabul qilganda, raqobatchi firma tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini oʼzgarmas deb qaraydi.
Monopollashgan bozor - ozchilik sotuvchilar va haridorlar hukmron, raqobat cheklangan yoki mavjud boʻlmagan bozor. Uning monopol raqobatli, oligopolistik, sof monopoliya bozori turlari bor. Monopol raqobatli bozorda firmalar koʻp boʻlganidan ulardan har birining tovarlar sotishdagi hissasi kichik boʻladi, natijada ular bozorni cheklangan holda nazorat qiladilar. Ular yashirin kelishuv asosida oʻzaro til biriktira olmaydilar, bu bilan mazkur bozor oligopolistik bozor (guruh monopoliyasi) dan farqlanadi. Monopollashgan bozorda firmalar mustaqil boʻlganidan oʻz bozorida bir-biri bilan raqobatlashadi. Lekin raqobatning asosiy usuli narx bilan raqobatlashuv emas, balki sifat jihatidan bir-biridan farqlanuvchi mahsulot bilan bozorga chiqish hisoblanadi. Monopollashgan bozor yangi firmalarning kirib kelishi uchun ochiq hisoblanadi. Shu bois bu yerda raqobat cheklanmaydi, aksincha, kengayib turadi. Yangi firmalar kirib kelganda taklif koʻpayib, narxlar tushib ketadi, natijada zarar ham koʻtariladi. Zarar koʻrganlar bozordan chiqib ketishgach, narxlar oshadi, foyda maksimumlashadi. Bunday bozorda tovarlarni mukammallashtirish sotish hajmini oshirib, foyda miqdorini koʻpaytiradi. Raqobatda modernizatsiyadan tashqari, reklama ham keng qoʻllanadi. Monopollashgan bozorning monopollashuv darajasi amerikalik iqtisodchi A. P. Lerner (1903—1983) indeksi (L) bilan aniqlanadi:P-Wm bu yerda R — narx; Wm — meʼyoriy harajatlar. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha oʻzgaradi. Uning qiymati 1 ga kanchalik yaqin boʻlsa, firma monopoliyasi shu qadar kuchli hisoblanadi.

Download 47,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish