Ilmiy rahbar: E.Sh.Shodmonov Bajardi:BI 51-2 guruh talabasi Sh.A.Raimov Toshkent- 2021 Reja: Kirish 1. Monopol bozorlar mohiyati va asosiy xususiyatlari.
2. Sof monopoliya va monopolistik raqobat bozorlari.
3. O'zbekistonda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi faoliyating amaldagi holati
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ilovalar.
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda iqtisodiyot sohasida tadbirkorlik munosabatlarining tobora rivojlanib borayotganligi, mahsulot bozorida tovar, ish va xizmat turlarining sifat jihatdan yaxshilanishiga, narx-navoning isteʼmolchi ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishiga olib kelmoqda. Bu oʼz navbatida bozorda erkin raqobat muhitining qanchalik darajada ijobiy rivojlanayotganligi va tadbirkorlik subʼektlarining erkin faoliyat olib borish mexanizmining samaradorligi natijasi sifatida qarash mumkin. yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda”. Raqobatlashish bozor munosabatlari bilan bogʼliq tushuncha boʼlib, ushbu tushuncha oʼz navbatida oʼzida ham iqtisodiy ham huquqiy jihatlarini qamrab olib teng maʼnoda bozor munosabatlari ishtirokchilarining belgilangan qonun-qoidalarga muvofiq xalol, oshkora oʼzaro hurmat hamda bir-birini kamsitmagan holda daromad topish bilan bogʼliq faoliyati tushuniladi. Raqobat munosabatlarining qaror topishi va uni huquqiy tartibga solish mexanizmi oʼzida ikki muhim jihatni qamrab oladi. Birinchidan, bozor munosabatlarida erkin raqobatni tartibga solish ushbu sohada mavjud normativ-huquqiy hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Raqobatni huquqiy tartibga solishning mazkur jihati oʼzida imperativ qoidalarni mujassam etib huquqni buzgan shaxsga nisbatan tegishli huquqiy taʼsir chorasini qoʼllashni nazarda tutadi; ikkinchidan, erkin raqobat munosabatlari ishtirokchilarining mavjud qonun qoidalarga ixtiyoriy ravishda soʼzsiz amal qilishi sifatida qarash mumkin. Raqobat — bozor iqtisodiѐtining eng asosiy unsurlaridan biridir. Binobarin, erkin bozor - munosabatlarini rivojlantirish, sohaga oid huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishda raqobat toʼgʼrisidagi yaxlit qonun juda muhimdir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida taʼkidlanganidek, bozor munosabatlarining asosi boʼlgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari katta rolь oʼynaydi. Shuni eʼtiborga olgan holda, “Raqobat toʼgʼrisida”gi yangi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish davr talabidir. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida raqobatlashgan bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bular haqida yurtboshimizning 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yoʼnalishida milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish boʼyicha, “...printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʼzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash”20 boʼyicha ulkan vazifalar belgilangan.
Kurs ishining maqsadi: Ishning maqsadi turli bozorlarda raqobatni shakllanishi, raqobatlashgan bozorlardagi raqobat muhitini yanada rivojlantirish va raqobatlashgan va mukammal raqobatlashgan bozorlardagi raqobatlar holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish boʼyicha ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
- raqobat tushunchasiga atroflicha taʼrif berish hamda raqobat bozorlarini turlari va xususiyatlarini mazmun mohiyatini ochib berish;
- raqobatlashgan bozorlar iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi ekanligi hamda bozor va raqobat bir-biri bilan oʼzaro bogʼliqligi, bozor munosabatlari paydo boʼlishi bilan raqobat ham vujudga kelishi, binobarin, uning shakllanishiga qarab raqobat ham takomillashib borishini tahlil qilish;
- Monopol va oligopol raqobatlashgan bozorlardagi raqobatni umumiy va farqli tomonlarini sharhlab berish;
- Raqobatlashgan va mukammal raqobatlashgan bozorlardagi samarali raqobat muhitini yaratish hamda bozor tizimidagi monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish vazifalarini hal etish uchun ustuvor yoʼnalishlarini koʼrsatib berish;
Kurs ishining obʼekti va predmeti. Kurs ishini obʼekti boʼlib Oʼzbekiston Respublikasi raqobatlashgan bozor tizimi hisoblanadi. Kurs ishining predmeti esa, raqobatlashgan bozorda muhim yoʼnalishlarni tanlash bozor mahsulotlari hamda xizmatlarini rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlari boʼlib, mavjud imkoniyatlardan kerakli darajada foydalanish, strategik maqsadlarni belgilash, raqobatning barcha shakllarida zaruriy harakatlarni ishlab chiqish va yondashuvlar tizimini shakllantirishdir.