Tartiblashtiriligan soliq - bu salbiy tashqi samaraga ega bo`lgan iqtisodiy ne`matlarni ishlab chiqarishga qo`yiladigan va xususiy chekli xarajatni ijtimoi chekli xarajatgacha kiritadigan soliq. Demak, yuqoridagi misolda soliq T tashqi chekli xarajatga teng bolsa, ya`ni T MEC bo`lsa, bozor muozanatini samarali muvozanatga yaqinlashtiradi:
MСB = MSС
Tartiblashtirilgan subsidiya - bu ijobiy tashqi samaraga ega bo`lgan iqtisodiy ne`matlarni ishlab chiqaruvchilarga va iste`mol qiluvchilarga beriladigan subsidiya bo`lib, u xususiy chekli yutuqni ijtimoiy chekli yutuqqa yaqinlashtiradi.
Agar tashqi chekli yutuqga teng bolgan subsidiya (S-MEB) talabalarga yoki ilmiy hodimlarga berilganda edi, u talabalarning ta`lim hizmatiga talabini va ilmiy izlanuvchilarni ilmiy izlanishga talabini va ilmiy izlanyvchilarni ilmiy izlanishga talabini MCB=MSC tenglikni taminlaydigan darajagacha oshirgan bo`lar edi lekin, tartiblshtiruchi soliqlar va subsidiyalar tashqi samara bilan bog`liq mummolarni to`liq yechishga yodam berolmaydi, nima uchun deganda, amalioyotda chekli yutuq va chekli xarajatlarni aniq hisoblash juda qiyin bo`lsa. Ikkinchidn ular yetkazadigan zarar viqdorini ham hisoblashda juda katta qiyinchiliklar mavjud.
Tashqi samara muammosini yechishning yangi yo`li R.Krouzning fikricha ushbu muammo tomonlar uchun umumiy muammo bo`lib, uning yechilishi ikkala tomonning birgalikda ma`suliyatini harakat qilish bilan bog`liq.
Bu yerda e`tabor ikki tomondan qaysi biri ko`proq, qaysi biri kamroq yo`qotishga berilmasdan, ikkala tomondan mumkin bo`lgan jiddiy yoqotishni oldini olishga berilishi lozimligi ko`rsatilgan. A.S Pigu tomonidan taklif qilingan yechimda alternativ xarajatlar prinsipidan foydalanilmagan va huquqiy omilga e`tibor berilmagan.
Krouzning ijtimoiy xarajatlar bilan bog`liq ishlarni umumlashtirib uni Dj. Stigler degan olim «Krouz teoremasi» deb atadi. Krouzning teoremasiga ko`ra, agar barcha tomonlarning mulkiy huquqlari yaxshi aniqlangan bo`lsa, transaksion xarajatlar nolga teng bo`lsa, pirovard natija (ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtiruvchi) mulkchilik huquqini taqsimlashdagi izlanishlarga bog`liq emas (agar daromad samarasi e`tiborga olinmaganda) Teoremadagi asosiy mazmun Dj. Stigler fikriga ko`ra quyidagicha «Mukammalashgan raqobat bozorda xususiy va ijtimoiy xarajatlar bir-biriga teng»
Krouz tashqi samara bilan bog`liq yo`qotishlarni hisobga olish ma`suliyatini o`z ichiga oluvchi narx belgilash tizimi bilan ushbu ma`suliyatni e`tiborga olmaydigan narx belgilash tiimini bir biri bilan taqqoslab, quyidagi fikrga keladi, ya`ni agar qatnashuvchilar tashqi samara muammosini xarajalarsiz birgalikda kelishib olsa, (kelishish bilan bog`liq transaksion xarajatlar nolga teng bo`lsa), u holda raqobatlashgan bozor sharoitida ishlab chiqarish qiymatin maksimallashtiradigan mumkin bo`lgan maksimal natijaga erishish mumkin.
Krouz quyidagi misolni keltiradi, bir-biri bilan qo`shni bug`doy yetishtiriuvchi va qoramollarni boquvchi fermerlar joylashgan. Mol boquvchi fermer vaqti-vaqti bilan mollarni qo`shni fermer yelariga qo`yib yuborib, uning bug`doylarini payhon qilib turadi. Ko`rinib turibdiki, bu yerda tashqi samara (eksternal samara) mavjud.
Krouz ko`rsatganki, bu muammo davlatning aralashuvisiz ikkala fermerning kelishuvi asosida yechilishi mumkin, agar mol boquvchi ikkinchi fermerga kelirgan zarari uchun ma`suliyatni his qilsa, u ikki variantda yo`l tutishi mumkin: yoki mol boquvchi yetkazgan zararni qoplaydi, yoki u ushbu yerni fermerdan ijaraga oladi. Pirovard natija ikkala holda ham bir xil bo`lib, ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtirishga olib keladi.
Agar yetkazilgan zarar uchun ma`suliyat sezilmasa tashqi aralashuv vujudga keladi. Transaksion xarajatlar nol bolganda fermerlarda ozaro kelishish uchun iqisodiy rag`batlantirish mavjud bo`ladi, nima uchun deganda, ikkala tomon ham oz daromadlarining o`sishidan manfaatdor va ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtirishga intiladi.
Lekin, tranksion xarajatlar hisobga olinsa, yuqoridagiday samarali natijaa erishmasligi mumkin. Bu yerda transaksion arajatlar, ya`ni axborot olishni qimmatligi, sud ishi xarajatlari, kelishuv xarajatlari, kelishuv bilan bog`liq xarajatlardan oshib ketishi mumkin.
Bunga yarasha yetkazilgan zararni hisoblashda ham qiyinchiliklar tug`iladi (bittasi yetkazilgan zararni boshqa tomonga qaraganda katta baholashi mumkin). Ushbu farqlarni hisobga olib, Krouz teoremasiga daromad samarasi degan so`z kiritilgan. Bitta tomon yetkazilgan zararni ikkinchi tomonga nisbatan yuqori baholasa kelishish qiyin eksperimental izlanishlar natijasi shuni korsatdiki, Krouz teoremasi kelishiladigan tomonlar cheklangan ikkita va uchta bo`lgandagina o`rinli.
Tomonlar soni oshgan sari transaksion xarajatlar oshib boradi, va ushbu xarajatlarni nolga tengligi to`g`risida faraz o`z kuchini yo`qotadi. Krouz teoremasi amaliy iqtisodiy hayotda muhim rol o`ynamoqda. Undan atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi davlat siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |