Ijobiy va salbiy tashqi samaraga ta`sir qilish. Salbiy tashqi samaraga ega bo`lgan tovarlar va hizmatlarni ko`p ishlab chiqarishni kamaytirish va ijobiy tashqi samarali tovarlar va hizmatlarni optimal hajmgacha oshirish uchun tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish (transformatsiya qilish) kerak. Tashqi samaralarni ichkiga aylantirish uchun xususiy chekli xarajatlarni (va mos holda chekli yutuqni) ijtimoiy chnekli xarajatlarga ( hekli yutuqlarga) yaqinlashtirish lozim. Ushbu muammoni yechish uchun soliqlardan va subsidiyalardan foydalanish A.S. Pigu tomonidan taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |